Transport vositalari egalarining fuqarolik
javobgarligini majburiy sugʼurta qilish qoidalari
1. Umumiy qoidalar
1. Ushbu qoidalar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini
majburiy sugʼurta qilish (keyingi oʼrinlarda “majburiy sugʼurta qilish” deb ataladi)
tartibini belgilaydi.
2. Ushbu qoidalarda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
transport vositasining egasi - transport vositasining mulkdori,
shuningdek
transport vositasiga xujalik yuritish xukuki yoki - operativ boshqarish huquqida
yoxud boshqa qonuniy asosda (mulk
ijarasi shartnomasi, transport vositasini
boshqarish
xukukini beruvchi ishonchnoma, tegishli organning mazkur shaxsga
transport vositasini topshirish toʼgʼrisidagi farmoyishi va shu kabilar)
egalik
qiluvchi shaxs. Oʼz xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi tufayli, shu
jumladan transport vositasining mulkdori yoxud oʼzga
egasi bilan mexnat
shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi asosida transport vositasini
boshqaruvchi shaxs transport vositasining egasi hisoblanmaydi;
haydovchi- transport vositasini boshqaruvchi shaxs.
Transport vositasini
boshqarish oʼrgatilayotganda oʼrgatuvchi shaxs haydovchi hisoblanadi;
transport vositalari egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʼurta
qilish shartnomasi (keyingi oʼrinlarda majburiy sugʼurta
shartnomasi deb
ataladi)- sugʼurta shartnomasi boʼlib, unga koʼra sugʼurtalovchi sugʼurta hodisasi
sodir boʼlganda jabrlanuvchilarga ularning hayoti, sogʼligʼi va (yoki) mol-mulkiga
ushbu sugʼurta hodisasi oqibatida yetkazilgan zararning oʼrnini
shartnomada
shartlashilgan haq (sugʼurta mukofoti) evaziga sugʼurta puli doirasida qoplash
majburiyatini oladi;