Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʼurta qilish qoidalari Umumiy qoidalar




Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana20.12.2023
Hajmi0,91 Mb.
#124860
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hisobot

VІІ. Sugurta tovonini to‘lash 
52. Sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchining (fuqarolik javobgarligi majburiy 
sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxsning) tashabbusi bilan 
yoki sug‘urtalovchining talabiga binoan zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish 
yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rilishi munosabati bilan yuzaga 
kelgan sug‘urta qildiruvchining (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta 
shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxsning) barcha bildirilgan va 
isbotlanadigan xarajatlarini, hatto bu choralar Muvaffaqiyatsiz bo‘lgan hollarda ham 
qoplaydi. 
53. Zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish bo‘yicha xarajatlar sug‘urta 
tovoni miqdoridan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
54. Sug‘urta tovoni sud xarajatlarini, shuningdek jarimalar va boshqa shu kabi 
to‘lovlarni qoplamaydi.
55. Sug‘urta tovoni yetkazilgan zarar miqdorida, lekin sug‘urta pulidan oshmagan 
miqdorda sug‘urtalovchi tomonidan bevosita jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga 
yoki huquqiy vorisiga) to‘lanadi. 
56. Agar sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta 
shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxs) jabrlanuvchiga yetkazilgan 
zararning o‘rnini sug‘urtalovchining yozma roziligi bilan o‘z hisobidan qoplasa, 


sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha 
sug‘urtalangan boshqa shaxs) yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibida o‘zi 
amalga oshirgan to‘lovlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganidan keyin 
sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta to‘lovini to‘laydi. Sug‘urta 
qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha 
sug‘urtalangan boshqa shaxs) jabrlanuvchiga yetkazilgan zararning o‘rnini o‘z 
hisobidan qisman qoplasa sug‘urtalovchi sug‘urta tovonining tegishli qismini 
sug‘urta qildiruvchiga (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi 
bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxsga), qolgan qismini esa - jabrlanuvchiga 
(uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) to‘laydi. 
Kuyidagilar yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash tartibida sug‘urta qildiruvchi 
to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi:
sug‘urta qildiruvchilar - yuridik shaxslar uchun - bankning to‘lov amalga 
oshirilganligi to‘g‘risidagi belgisi qo‘yilgan to‘lov topshiriknomasi nusxasi; 
sug‘urta qildiruvchilar - jismoniy shaxslar uchun - jabrlanuvchining (uning 
merosxuri yoki huquqiy vorisining) sug‘urta tovonini olganligi to‘g‘risidagi tilxati. 
57. Agar sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta 
shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxs) transport vositasidan 
foydalanish natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini jabrlanuvchiga (uning 
merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) sug‘urtalovchining yozma roziligisiz har 
qanday usulda qoplasa yoki qoplashni va’da qilsa, sug‘urta qildiruvchining 
(fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan 
boshqa shaxsning) bu harakatlari sug‘urtalovchi uchun majburiyatlarni keltirib 
chiqarmaydi. 
58. Jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri) hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan 
zararning o‘rnini qoplash hisobiga boshqa manbalardan olgan to‘lovlar 
sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash bo‘yicha majburiyatini kamaytirmaydi. 
59. Sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi 
bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxs) sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda zararni 
bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish choralarini ko‘rganligi yoxud jabrlanuvchiga 
kechiktirib bo‘lmaydigan yordam ko‘rsatganligi sug‘urtalovchining ushbu 
Qoidalarga muvofiq o‘zi uchun belgilangan majburiyatlarni bajarishni rad etishiga 
asos bulolmaydi.
60. Agar majburiy sug‘urta obyekti bir vaqtning o‘zida ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha 
ham sug‘urtalangan bo‘lsa, ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta tovoni majburiy 
sug‘urta bo‘yicha sug‘urta tovonini to‘lash shartlaridan qat’i nazar to‘lanadi. 
Majburiy va ixtiyoriy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha mol-mulkka yetkazilgan 
zarar uchun sug‘urta tovoni to‘lash yuzasidan sug‘urtalovchilarning majburiyatlari 


paydo bo‘lgan taqdirda, birinchi navbatda majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha 
sug‘urta tovoni to‘lanadi, mol-mulkka yetkazilgan zararning to‘lanmagan qismi 
ixtiyoriy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha qoplanadi. Bunda majburiy va ixtiyoriy 
sug‘urta bo‘yicha to‘langan sug‘urta tovonining umumiy summasi jabrlanuvchining 
mol-mulkiga yetkazilgan haqiqiy zarardan ortiq bulishi mumkin emas. 
61. Agar sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishi natijasida jabrlanuvchi halok bo‘lgan 
yoki uning sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan bo‘lsa, sug‘urta tovoni ushbu koidalarning 
48 va 49-bandlari talablari inobatga olinmagan holda, shunday hodisa uchun to‘lovni 
nazarda tutuvchi barcha turdagi sug‘urta shartnomalariga muvofiq to‘lanadi. 
62. Agar bitta sug‘urta hodisasi natijasida ikki yoki undan ortiq sug‘urta 
qildiruvchining (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi buyicha 
sug‘urtalangan boshqa shaxslarning) fuqarolik javobgarligi yuzaga kelgan bo‘lsa, 
sug‘urtalovchilar jabrlanuvchiga (uning merosxuriga yoki huquqiy vorisiga) har bir 
sug‘urta qildiruvchining (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi 
bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxsning) aybi darajasiga muvofik sug‘urta 
tovonini to‘laydi. Sug‘urta qildiruvchilardan har birining aybi darajasini aniqlash 
mumkin bo‘lmaganda javobgarlik ular o‘rtasida teng taqsimlanadi. 
63. Agar sugurta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urta tovoni to‘lovlari bir nechta 
jabrlanuvchiga (ularning merosxo‘rlariga yoki huquqiy vorislariga) to‘lanishi kerak 
bo‘lsa va ularning sug‘urtalovchiga bildirilgan talablari summasi sug‘urta tovoni 
mikdoridan ortiq bo‘lsa, sug‘urta tovoni har bir jabrlanuvchining barcha 
jabrlanuvchilar (ularning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislari) talablarining 
umumiy summasidagi ulushiga mutanosib ravishda to‘lanadi. 
64. Urni qoplanishi lozim bo‘lgan zararning miqdori to‘liq aniqlanguniga qadar 
sug‘urtalovchi jabrlanuvchining (uning merosxuri yoki xuquqiy vorisining) 
arizasiga ko‘ra sug‘urta to‘lovining mazkur zararning amalda aniqlangan qismiga 
muvofiq bo‘lgan qismini to‘lashga haqli. 
65. Jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) bilan kelishuvga ko‘ra 
va majburiy sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan shartlar asosida sug‘urtalovchi 
shikastlangan mol-mulkning sug‘urta tovoni hisobidan ta’mirlanishini va (yoki) 
uning qoldiqlari utilizatsiya qilinishini tashkil qilishga va haqini to‘lashga haqli. 
66. Sug‘urta tovonini to‘lash sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash 
to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran besh ish kuni mobaynida amalga 
oshiriladi.
67. Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi yoki uni 
to‘lash haqidagi qarori sug‘urta qildiruvchiga u sug‘urta tovoni to‘lash to‘g‘risida 
yozma murojaat etganidan keyin o‘n besh kundan kechiktirmay xabar qilinishi kerak 


va tovon to‘lash rad etilganda, qarorda rad etishning asoslantirilgan sabablari 
ko‘rsatilishi lozim.
68. Agar sug‘urta tovonini to‘lash ushbu Qoidalarda belgilangan muddatda 
amalga oshirilmagan bo‘lsa, sug‘urtalovchi jabrlanuvchiga (uning merosxuriga yoki 
huquqiy vorisiga) sug‘urta tovoniga qo‘shimcha ravishda, sug‘urta tovonini to‘lash 
to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundagi bank foizining hisob stavkasidan kelib 
chiqqan holda penya to‘laydi.
69. Agar majburiy sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan davrda sug‘urtalovchi 
jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) sug‘urta tovoni to‘lasa, 
u holda sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchidan sug‘urta tovoni to‘langanligi 
to‘g‘risidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran ikki hafta muddatda to‘langan 
sug‘urta tovoni summasiga va majburiy sug‘urta shartnomasi amal qilishining 
qolgan muddatiga mutanosib ravishda qo‘shimcha sug‘urta mukofotini to‘laydi. 
To‘lanadigan qo‘shimcha sug‘urta mukofoti hisob-kitobi ushbu qoidalarga 5- 
ilovada nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 
70. Sug‘urtalovchi majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilishi davrida 
vujudga kelgan zararlarning o‘rnini, agar jabrlanuvchi (uning merosxuri yoki 
huquqiy vorisi) zararlarni keltirib chiqargan sug‘urta hodisasi haqida zararlarning 
o‘rnini majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin 
uch yil ichida undirish to‘g‘risida da’vo arizasi bergan bo‘lsa, qoplaydi. 
71. Jabrlanuvchining hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan 
zararning o‘rnini qoplash hisobiga To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasidan 
kompensatsiya to‘lovi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta to‘lovi 
quyidagilar oqibatida to‘lanishi mumkin bo‘lmagan hollarda amalga oshiriladi: 
sug‘urtalovchiga nisbatan bankrotlik tartib-taomili qo‘llanilganligi; 
jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsning noma’lumligi; 
noqonuniy yo‘l bilan transport vositasini egallagan shaxs tomonidan transport 
vositasidan foydalanish natijasida zarar yetkazilishi;
foydalanilayotganda zarar yetkazgan transport vositasining egasi o‘z fuqarolik 
javobgarligini sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyatini bajarmaganligi. 
72. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslar, shuningdek 
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki joriy kalendar yilda 
yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi o‘n ikki oylik davr mobaynida jami 
bir yuz sakson uch kun va undan ortik muddat O‘zbekiston Respublikasida turgan 
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kompensatsiya to‘lovlarini olish 
huquqiga ega. 


73. O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet davlatlar 
fuqarolari kompensatsiya to‘lovlarini olish huquqiga, agar shu chet davlatlarning 
qonun hujjatlariga muvofiq shunday huquq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga 
berilgan bo‘lsa, egadir.
74. 
Kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi talab 
jabrlanuvchining hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan kundan 
e’tiboran uch yil mobaynida bildirilishi mumkin.
75. Sug‘urtalovchiga nisbatan bankrotlik tartib-taomili qo‘llanilganligi oqibatida 
sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta tovonini to‘lash imkoni bulmagan takdirda 
sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani va 
sug‘urtalovchiga nisbatan bankrotlik tartib-taomili qo‘llanilganligini tasdiqlovchi 
hujjatlarni ilova qilgan holda To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga 
jabrlanuvchilarga (ularning merosxo‘rlariga yoki huquqiy vorislariga) 
kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish to‘g‘risida yozma ravishda murojaat 
qiladi. 
76. Foydalanilayotganda yoki noqonuniy yo‘l bilan transport vositasini 
egallagan shaxs tomonidan transport vositasidan foydalanish natijasida zarar 
yetkazilganda jabrlanuvchiga zarar yetkazilgan transport vositasi egasining 
noma’lumligi yoki fukarolik javobgarligi sug‘urtalanmaganligi sababli sug‘urta 
tovonini to‘lash imkoni bo‘lmagan takdirda jabrlanuvchi yoki uning merosxurlari 
(agar jabrlanuvchining ahvoli mustaqil ravishda murojaat etish imkonini bermasa, 
qarindoshlari yoki boshqa vakillari) yoxud xukukiy vorislari kuyidagi hujjatlarning 
aslini yoki nusxalarini ilova qilgan holda To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga 
kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish to‘g‘risida yozma ravishda murojaat 
qiladi:
sug‘urta polisi (agar bo‘lsa); 
yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi sud qarori, agar ish sud 
tomonidan ko‘rilgan bo‘lsa; 
zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (yo‘l-
transport hodisasi to‘g‘risidagi xulosa yoki qaror. tibbiyot muassasalaridan olingan 
ma’lumotnoma yoxud hayotga yoki sog‘liqqa zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi 
boshqa hujjatlar, o‘lim haqidagi dalolatnoma yoxud guvoxnoma); 
mol-mulkka zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi 
hujjatlar (tijorat dalolatnomalari, yuk xatlari, asosiy vositalar daftaridan 
ko‘chirmalar, to‘lov hujjatlari, shartnomalar, mol-mulkni mustaqil baholash 
dalolatnomalari va boshqa shu kabilar); 


jabrlanuvchining shaxsini yoki uning davlat ro‘yxatidan o‘tganligini 
tasdiqlovchi hujjatlar; 
meros hukukini yoki huquqiy vorislikni olganliklarini, shuningdek 
merosxo‘rlarning shaxsini yoki huquqiy vorislarning davlat ruyxatidan 
o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar sug‘urta tovoni jabrlanuvchilarning 
merosxo‘rlariga yoki xukukiy vorislariga to‘lanishi lozim bo‘lsa).
77. Kompensatsiya to‘lovlari qonun hujjatlarida, shu jumladan To‘lovlarni 
kafolatlash jamg‘armasi qoidalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
 
 
 
 
 
 
 
Evro protocol ko’rinishi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 


 
 

Download 0,91 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʼurta qilish qoidalari Umumiy qoidalar

Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish