• kompensatsiya toʼlovlari
  • jabrlanuvchi
  • sugʼurta puli
  • transport vositasidan foydalanish -




    Download 0,91 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/9
    Sana20.12.2023
    Hajmi0,91 Mb.
    #124860
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Hisobot

    transport vositasidan foydalanish - transport vositasidan uning yoʼllarda (yoʼl 
    harakatida), shuningdek ularga tutash, transport vositalari harakati uchun 
    moʼljallangan hududlarda harakatlanishidan iborat boʼlgan foydalanish. Transport 
    vositasiga oʼrnatilgan va transport vositasining harakatlanishda ishtirok etishi bilan 
    uzviy bogʼliq boʼlmagan uskunalardan foydalanish transport vositasidan 
    foydalanish hisoblanmaydi; 
    kompensatsiya toʼlovlari - majburiy sugʼurta buyicha sugʼurta toʼlovini 
    amalga oshirish mumkin boʼlmagan hollarda jabrlanuvchilarning hayoti, sogʼligʼi 
    va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʼrnini qoplash hisobiga amalga 
    oshiriladigan toʼlovlar;
     jabrlanuvchi - transport vositasi boshqa shaxs tomonidan foydalanilayotganda 
    hayoti, sogʼligʼi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan shaxs: 


    maxsus davlat belgisi - majburiy sugʼurta qilish shartnomasida majburiy 
    sugʼurta qilish boʼyicha sugʼurta polisi bilan birga sugʼurta qildiruvchiga beriladigan 
    va transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligi sugʼurta qilinganligini 
    koʼrsatadigan belgi; 
    sugʼurta qildiruvchi - sugʼurtalovchi bilan majburiy sugʼurta qilish 
    shartnomasini tuzgan transport vositasining egasi;
    sugʼurta mukofoti - sugʼurta qildiruvchi majburiy sugʼurta qilish shartnomasiga 
    muvofiq sugʼurtalovchiga toʼlashi shart boʼlgan pul mablagʼlari summasi: 
    sugʼurta puli - bu shunday summaki, sugʼurtalovchi sugʼurta hodisasi sodir 
    boʼlganda yetkazilgan zararning oʼrnini uning doirasida jabrlanuvchiga (uning 
    merosxoʼriga yoki huquqiy vorisiga) qoplash majburiyatini oladi; 
    sugʼurta tovoni - sugʼurtalovchi majburiy sugʼurta qilish shartnomasiga 
    muvofiq sugʼurta hodisasi sodir boʼlganda jabrlanuvchiga uning hayoti, sogʼligʼi va 
    (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʼrnini qoplash hisobiga sugʼurta puli 
    doirasida toʼlashi shart boʼlgan pul mablagʼlari summasi;

    Download 0,91 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,91 Mb.
    Pdf ko'rish