Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʼurta qilish qoidalari Umumiy qoidalar




Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana20.12.2023
Hajmi0,91 Mb.
#124860
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hisobot

sugʼurta polisi - majburiy sugʼurta qilishni amalga oshirishni tasdiqlovchi 
belgilangan namunadagi hujjat;
sugʼurta hodisasi - majburiy sugʼurta qilish shartnomasiga koʼra transport 
vositasidan foydalanishda jabrlanuvchining xayoti, - sogʼligi va (yoki) mol-mulkiga 
yetkazilgan, sugʼurta qildiruvchining sugʼurta tovonini amalga oshirishiga sabab 
boʼladigan zarar boʼyicha javobgarligi sugʼurta qilingan, sugʼurta qildiruvchi yoki 
boshqa shaxsning fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi; 
sugʼurtalovchi - majburiy sugʼurta qilishga haqli tijorat tashkiloti boʼlgan 
yuridik shaxs;
transport vositasi - yoʼllarda odamlarni, bagajni, yuklarni yoki oʼziga 
oʼrnatilgan asbob-uskunalarni tashish uchun moʼljallangan qurilma. 
3. Transport vositasiga egalik huquqi vujudga kelganda (u mulk qilib, xoʼjalik 
yuritishiga, operativ boshqarishga yoki boshka konuniy asosda olinganda) transport 
vositasi egasi unga egalik qilish huquqi vujudga kelgan kundan eʼtiboran oʼn kundan 
kechiktirmay oʼzining fuqarolik javobgarligini sugʼurta qildirishi shart. 
4. Fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish majburiyati kuyidagi transport 
vositalari egalariga nisbatan tatbiq etilmaydi:
eng katta konstruktiv tezligi soatiga 20 kilometrdan oshmaydigan transport 
vositalari;


tirkamalar va ikki, uch g‘ildirakli yoki ish hajmi 50 kub santimetrgacha bo‘lgan 
dvigatel yoki inson yoxud hayvon kuchi bilan harakatga keltiriladigan boshqa 
transport vositalari; 
O‘zbekiston 
Respublikasi Qurolli Kuchlarining transport vositalari, 
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining xo‘jalik faoliyatini ta’minlash 
uchun foydalaniladigan avtobuslar, yengil avtomobillar, boshka transport vositalari 
bundan mustasno; 
Chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan transport vositalari, agar ular 
egalarining fuqarolik javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi hududida amal 
qiladigan xalqaro majburiy sug‘urta tizimlari doirasida sug‘urta qilingan bo‘lsa; 
egalarining fuqarolik javobgarligi qonunga muvofiq boshqa shaxs tomonidan 
sug‘urta qilingan transport vositalari.
5. O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishda va O‘zbekiston 
Respublikasi hududida amal qiladigan xalqaro majburiy sug‘urta tizimlarining 
sug‘urta polislari mavjud bo‘lmagan taqdirda chet davlatlarda ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan va O‘zbekiston Respublikasi xududida vaqtinchalik foydalanilayotgan 
transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligini ushbu transport vositalaridan 
O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtinchalik foydalanishning butun muddatiga, 
lekin kamida o‘n besh kunga sug‘urta qildirishi shart. 
6. Transport vositalaridan foydalanishda transport vositalari egalarining 
jabrlanuvchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini 
qoplash bo‘yicha fuqarolik javobgarligi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga kelishi 
bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari majburiy sug‘urta obyektidir. 
Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchining va (yoki) 
majburiy sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan transport vositasi boshqa egasining 
fuqarolik javobgarligi sug‘urta qilinishi mumkin.
7. Kuyidagilar oqibatida transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligining 
yuzaga kelishi sug‘urta hodisasi hisoblanmaydi: 
majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilmagan transport 
vositasidan foydalanishda zarar yetkazish;
ma’naviy yetkazilgan zarar va (yoki) boy berilgan foydaning o‘rnini qoplash 
bo‘yicha majburiyatning yuzaga kelishi; 
transport vositasidan maxsus ajratilgan joylarda musobaqalar, sinovlar yoki 
o‘quv haydovi davomida foydalanishda zarar yetkazilganligi; 
atrof muhitning ifloslanishi: 


tashilayotgan yuk ta’sirida zarar yetkazilishi, agar bunday javobgarlik majburiy 
sug‘urtaning tegishli turi to‘g‘risidagi qonun Hujjatlariga muvofiq majburiy sug‘urta 
qilinishi kerak bo‘lsa;
xodimlar xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarayotganida ularning hayoti 
yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi, agar bu zararning majburiy sug‘urtaning tegishli 
turi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq qoplanishi lozim bo‘lsa;
xodimga zarar yetkazilganligi tufayli kelib chiqqan zararning o‘rnini ish 
beruvchi tomonidan qoplash bo‘yicha majburiyati;
yo‘lovchining hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga ziyon yetkazilganligi 
tufayli kelib chiqqan zararlarning o‘rnini tashuvchi tomonidan qoplash majburiyati; 
haydovchining o‘zi boshqarayotgan transport vositasiga va uning tirkamasiga, 
ularda tashilayotgan yukka va (yoki) ularga o‘rnatilgan asbob-uskunalarga zarar 
yetkazilganligi; 
yukni ortish yoki tushirishda, shuningdek transport vositasi mazkur transport 
vositasining egasi bo‘lgan korxona, muassasa yoki tashkilot xududida 
harakatlanganida zarar yetkazilganligi; 
nodir va boshqa noyob buyumlar, me’moriy yodgorliklar, qimmatbaho va yarim 
qimmatbaho toshlar va metallardan ishlangan buyumlarga, diniy qadriyatga ega 
buyumlar, san’at asarlari, qo‘lyozmalar, noyob audiovizual asarlarga hamda 
intellektual faoliyatning boshqa mahsullariga, qimmatli qog‘ozlar, naqd pullarga, 
shu jumladan chet el valyutasiga shikast yetkazilganligi yoki ularning yo‘q 
kilinganligi; 
jabrlanuvchilarning sug‘urta hodisasi yuzaga kelishiga qaratilgan qasddan 
qilgan xatti-harakatlari natijasida yetkazilgan zarar. 
Ushbu bandda ko‘rsatilgan hollarda transport vositasi egalarining fuqarolik 
javobgarligi yuzaga kelgan taqdirda yetkazilgan zararning o‘rni ular tomonidan 
qonun hujjatlariga muvofiq qoplanishi kerak. 
8. Yul harakatida qatnashayotgan transport vositasi haydovchisida majburiy 
sug‘urta bo‘yicha sug‘urta polisi mavjud bo‘lishi, transport vositasining o‘zida esa 
maxsus davlat belgisi o‘rnatilgan bo‘lishi shart. 



Download 0,91 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʼurta qilish qoidalari Umumiy qoidalar

Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish