ІV. Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda shaxslarning




Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana20.12.2023
Hajmi0,91 Mb.
#124860
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hisobot

ІV. Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda shaxslarning 
harakatlari 
34. Jabrlanuvchilarga zarar yetkazilishiga olib kelgan yo‘l-transport hodisasi 
ishtirokchisi bo‘lgan sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta 
shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxs) mazkur hodisaning boshqa 
ishtirokchilari talabiga ko‘ra ularga ushbu transport vositasi egalarining fuqarolik 
javobgarligi sug‘urtalangan majburiy sug‘urta shartnomasi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni xabar qilishi shart. 
Sugurta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi 
bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxs) yoki uning vakolatli vakili sugurta hodisasi 
sodir bo‘lganda: 
jabrlanuvchiga (uning merosxo‘rlariga yoki hukukiy vorislariga) yo‘l-transport 
hodisasi kunidan boshlab uch kalendar kundan kechiktirmay sug‘urta polisining 
nusxasini topshirishi; 


davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining yetib kelishini kutishi, 
imkoni boricha yo‘l-transport hodisasi guvohlarining familiyasi va manzilini yozib 
olishi; 
darhol, yo‘l-transport hodisasidan keyin 72 soatdan kechiktirmay, sodir bo‘lgan 
hodisa haqida ushbu Qoidalarga6-ilovaga muvofik yozma shaklda, sug‘urta 
polisining nusxasini ilova qilgan holda sug‘urtalovchiga (uning filialiga) yo‘l-
transport hodisasi sodir bo‘lgan joydagi va transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan 
joydagi davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga bildirishi kerak Bildirishnomada 
hodisaning xususiyati, sodir bo‘lgan payti, ko‘rilishi taxmin qilingan zararning 
miqdori, yo‘l-transport hodisasiga alokador barcha shaxslarning, shu jumladan 
taxmin qilingan da’vogarlarning nomlari va manzillariga taalluqli axborot imkon 
qadar to‘liq hajmda, shuningdek sug‘urta qildiruvchi hodisa haqida ilk marotaba qay 
tarzda xabardor bo‘lganligi va sug‘urta qildiruvchining nega hodisani talabnoma 
bildirishga sabab bo‘lishi mumkin deb hisoblashiga oid tafsilotlar majburiy tartibda 
ko‘rsatilishi kerak; 
sug‘urtalovchiga sug‘urta hodisasi munosabati bilan unga nisbatan 
qo‘yilayotgan barcha talablar yoki unga qarshi boshlangan sud muhokamasi 
to‘g‘risida darhol xabar qilishi, zarar yetkazilishi holatlari to‘g‘risidagi barcha 
ma’lumotlarni va vakolatli organlardan olingan, sug‘urta hodisasining sabablari 
hamda oqibatlarini, zararning xususiyati va miqdorini belgilash uchun zarur bo‘lgan 
Hujjatlarni sug‘urtalovchiga taqdim etishi; 
zararning oldini olish va (yoki) kamaytirish yuzasidan mumkin bo‘lgan barcha 
choralarni ko‘rishi kerak.
35. Sug‘urtalovchi (uning filiali) xodimlari yo‘l-transport hodisasi holatlarini va 
sug‘urta qildiruvchi yoki jabrlanuvchining xabariga ko‘ra yetkazilgan zararni 
aniqlash uchun yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtirishda 
qatnashishlari mumkin. O‘zining sug‘urta to‘lovi huquqidan foydalanish niyatida 
bo‘lgan jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) sug‘urtalovchiga o‘z 
hayotiga, sog‘ligiga va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar o‘rnini sug‘urta puli 
doirasida qoplash to‘g‘risidagi talab bilan yozma arizani junatishi shart.
36. Jabrlanuvchi sug‘urta to‘lovi to‘g‘risidagi arizani sug‘urtalovchiga yoki 
uning filialiga yuboradi. 
37. Jabrlanuvchi yoki uning merosxo‘ri (agar jabrlanuvchining ahvoli mustaqil 
ravishda murojaat qilishga imkon bermasa, qarindoshlari yoki boshqa vakolatli 
vakillar) yoxud uning huquqiy vorisi sug‘urta to‘lovi to‘g‘risidagi talab ko‘rsatilgan 
arizani kuyidagilarning asli yoki nusxalari ilova qilingan holda sug‘urtalovchiga 
yoki uning filialiga yuboradi: 
sug‘urta polisi (agar bo‘lsa); 


zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (yo‘l-
transport hodisasi to‘g‘risidagi xulosa yoki qaror, tibbiyot muassasasi 
ma’lumotnomasi yoxud hayotga yoki sog‘liqqa zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi 
boshqa hujjatlar, o‘lim haqidagi dalolatnoma yoxud guvoxnoma); 
mol-mulkka zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi 
hujjatlar (tijorat dalolatnomalari, yuk xatlari, asosiy vositalar daftaridan 
ko‘chirmalar, to‘lov hujjatlari, xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarish uchun tuzilgan 
shartnomalar, mol- mulkni mustaqil baholash dalolatnomalari va boshqa shu 
kabilar); 
jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
Meros huquqini 
yoki huquqiy 
vorislikni olganliklarini, 
shuningdek 
merosxo‘rlarning shaxsini yoki huquqiy vorislarning davlat ruyxatidan 
o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar sug‘urta tovoni jabrlanuvchining 
merosxo‘rlariga yoxud huquqiy vorislariga to‘lanishi kerak bo‘lsa). 
38. Agar jabrlanuvchi ayni bir vaqtda sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik 
javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxs) 
hisoblansa, u holda sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etish qo‘llanishi 
mumkin. 
Sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etishda sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik 
javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxs) 
bo‘lgan jabrlanuvchi o‘zi bilan majburiy sug‘urta shartnomasini tuzgan 
sug‘urtalovchiga hayoti, sog‘ligi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni 
qoplanishi uchun yozma shaklda murojaat qilishga haqli. 
Sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etish qo‘llanilganda aybdor tarafning 
sug‘urtalovchisi jabrlanuvchining sug‘urtalovchisiga jabrlanuvchiga sug‘urta 
tovonini to‘lash bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qoplaydi. 

Download 0,91 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ІV. Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda shaxslarning

Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish