ІІ. Majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va muddatidan oldin
to‘xtatish tartibi
9. Majburiy sug‘urta shartnomasi ommaviy hisoblanadi va 1 yil muddatga
tuziladi, ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Transport vositasi olinganda (sotib olinganda, meros qilib olinganda, hadyaga
olinganda va shu kabilar) uning egasi transport vositasini ruyxatdan o‘tkazish joyiga
borish muddatiga majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishga haqlidir.
Transport vositasidan mavsumiy foydalanishda uning egasi undan foydalanish
davridan iborat muddatga majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish huquqiga ega.
Bunda ko‘rsatib o‘tilgan muddat kalendar yilda olti oydan kam bo‘lishi mumkin
emas.
10. Transport vositasining egasi majburiy sug‘urtani amalga oshiruvchi
sug‘urtalovchini tanlash huquqiga ega.
11. Majburiy sug‘urta shartnomasi sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta
qildiruvchiga sug‘urta polisini va maxsus davlat belgisini takdim etish yo‘li bilan
tuziladi. Sug‘urta polisi va maxsus davlat belgisi hisoblangan sug‘urta mukofoti
to‘langandan keyin takdim etiladi.
Sug‘urta polisi va maxsus davlat belgisi blankasi qat’iy hisobda turadigan
hujjatlar hisoblanadi, ular hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va
himoyalanganlikning kamida 4 ta darajasiga ega bo‘lishi kerak. Sug‘urta polisi va
maxsus davlat belgisi blankalari sug‘urtalovchining buyurtmasi bo‘yicha “Davlat
belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida, ushbu Qoidalarga
1, 1a va 2-ilovalarga binoan sug‘urta polisi namunasiga hamda maxsus davlat belgisi
shakliga muvofiq tayyorlanadi.
Maxsus davlat belgisi egasining fuqarolik javobgarligi sug‘urtalangan transport
vositasining old tomonidagi oynasining yuqoridagi o‘ng burchagiga joylashtiriladi.
12. Majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish uchun sug‘urta qildiruvchi
sug‘urtalovchiga ushbu Qoidalarga 3-ilovaga muvofik shakl bo‘yicha ariza-
anketada ko‘rsatilgan majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi ariza-
anketani har bir transport vositasi bo‘yicha takdim etadi, shuningdek, ariza-anketa
ma’lumotlari bilan ularni solishtirish uchun quyidagi hujjatlarning asl nusxalarini
takdim qiladi:
a) transport vositasini boshqarishga qo‘yilgan sug‘urta qildiruvchi - jismoniy
shaxsning va boshqa shaxslarning pasporti yoki boshqa shaxsini tasdiqlovchi
guvohnomasi (fotosurati va ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi oxirgi yozuv qayd
etilgan varaqlari);
b) transport vositasining texnik pasporti (schot-ma’lumotnomasi) yoki uning
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvoxnoma (ushbu Qoidalarning 14-
bandida nazarda tutilgan holatda - transport vositasining oldi-sotdi (almashish,
hadya qilish) shartnomasining nusxasi);
g) transport vositasini boshqarishga qo‘yilgan barcha shaxslarning haydovchilik
guvoxnomasi yoki barcha haydovchilarning transport vositasini boshqarish
huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar transport vositasini boshqarishga faqat
muayyan shaxslar qo‘yilishi sharti bilan majburiy sug‘urta shartnomasi tuzilgan
taqdirda;
d) sug‘urta qildiruvchi jismoniy shaxslarning ushbu Qoidalarning 33-bandiga
muvofiq sug‘urta mukofoti bo‘yicha siylov olish - xukukiga ega bo‘lgan shaxslar
toifasiga tegishliligini tasdiqlovchi (guvoxnoma, ma’lumotnomalar va shu kabilar)
hujjatlar (agar bulsa).
Sug‘urtalovchi majburiy sug‘urta bo‘yicha zarur ma’lumotlar yagona axborot
ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lgan taqdirda sug‘urta qildiruvchidan yuqorida
qayd etilgan hujjatlarni talab etmasdan majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishga
haqlidir.
Sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga taqdim etilayotgan ma’lumotlar va
hujjatlarning to‘liqligi va haqiqiyligi uchun javobgar hisoblanadi.
13. Sug‘urta qildiruvchi ushbu Qoidalarning 12-bandida sanab o‘tilgan
hujjatlarga qo‘shimcha ravishda ushbu qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shakl
bo‘yicha o‘tgan 5 yil mobaynida majburiy sug‘urta shartnomasi tuzilgan
sug‘urtalovchilar tomonidan berilgan transport vositasini boshqarishga qo‘yilgan
har bir shaxs bo‘yicha sug‘urtalash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
Sug‘urtalovchi yagona axborot ma’lumotlar bazasidan transport vositasin
boshqarishga qo‘yilgan shaxs bo‘yicha majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni olish huquqiga ega.
Sug‘urtalash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni:
majburiy sug‘urta shartnomasini birinchi marta tuzayotgan shaxs;
transport vositasini boshqarishga qo‘yilgan shaxs sifatida majburiy sug‘urta
qilishda birinchi martda qatnashayotgan shaxslar;
oldingi majburiy sug‘urta shartnomasini tuzgan sug‘urtalovchi bo‘yicha,
shuningdek majburiy sug‘urtaning oldingi shartnomasida ko‘rsatilgan transport
vositasini boshqarishga qo‘yilgan shaxslar bo‘yicha ushbu sug‘urtalovchiga taqdim
etishi talab qilinmaydi.
14. Agar sug‘urta qildiruvchi o‘zi egasi bo‘lgan transport vositasini majburiy
sug‘urta qilish shartnomasini tuzish vaqtigacha belgilangan tartibda davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilmagan bulsa, majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish
to‘g‘risidagi arizani to‘ldirishda “Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami” satrini
to‘ldirmaydi. Transport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab 3
ish kuni mobaynida sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga texnik pasport yoki davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvoxnoma nusxasini taqdim etishi shart,
sug‘urtalovchi ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar asosida majburiy sug‘urta bo‘yicha
sug‘urta polisi blankasida tegishli yozuvni qayd etadi.
15. Transport vositasining egasi o‘ziga tegishli transport vositasidan cheklangan
tarzda foydalanishni hisobga olgan holda majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishga
haqlidir. Transport vositasidan yil davomida foydalanish davri, shuningdek uni
boshqarishga qo‘yilgan barcha haydovchilar majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish
to‘g‘risidagi arizada va sug‘urta polisida ko‘rsatiladi.
16. Majburiy sug‘urta shartnomasi amal qiladigan davrda sug‘urta qildiruvchi
sug‘urtalovchiga majburiy sug‘urta shartnomasi tuzish to‘g‘risidagi arizada
ko‘rsatilgan ma’lumotlardagi o‘zgarishlar haqida yozma shaklda zudlik bilan xabar
qilishi shart.
17. Sug‘urta qildiruvchi tomonidan avval to‘langan sug‘urta mukofoti stavkasiga
ta’sir ko‘rsatmaydigan majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishda taqdim etilgan
ma’lumotlardagi o‘zgarishlar (transport vositasini boshqarishga qo‘yilgan shaxsning
o‘zgarishidan tashqari) to‘g‘risidagi arizani olgan taqdirda sug‘urtalovchi amaldagi
majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta polisining "Alohida qaydlar" ustuniga
o‘zgartirishlar kiritadi.
Boshqa hollarda sug‘urtalovchi tomonidan 3 ish kuni mobaynida majburiy
sug‘urta bo‘yicha sug‘urta polisi va maxsus davlat belgisi qayta rasmiylashtiriladi.
Sug‘urta qildiruvchi qayta rasmiylashtirilgan majburiy sug‘urta bo‘yicha
sug‘urta polisi va maxsus davlat belgisini olgan takdirda, ilgari berilgan majburiy
sug‘urta bo‘yicha sug‘urta polisini va maxsus davlat belgisini qaytarib berishi shart.
Sug‘urta qildiruvchi tomonidan qaytarib berilgan maburiy sug‘urta bo‘yicha
sug‘urta polisi va maxsus davlat belgisi qayta rasmiylashtirilgan xujjatlarnin
ikkinchi nusxalari bilan birga sug‘urtalovchida saqlanadi.
18. Majburiy sug‘urta buyicha sug‘urta polisi va maxsus davlat belgisi yo‘qotib
qo‘yilgan yoki yaroqsiz bo‘lib qolgan taqdirda sug‘urt kildiruvchi ularning
dublikatlarini olish huquqiga ega. Bunda sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchining
dublikatlar berish uchu xarajatlarini to‘langan sug‘urta mukofoti summasining 10
foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lashi kerak.
Dublikatlar sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta qildiruvchi murojaat qilgan va u
dublikatlarni tayyorlash bo‘yicha xarajatlarni to‘lagan kundan boshlab ikki kun
muddatda beriladi.
19. Majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilishi:
a) transport vositasidan foydalanish belgilangan tartibda taqiqlanganda;
b) majburiy sug‘urta polisida ko‘rsatilgan transport vositasi bundan buyon
foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib qolganda;
v) transport vositasining egasi o‘zgarganda muddatidan oldin to‘xtatiladi.
Majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilishi qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan boshqa hollarda ham muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkin.
20. Majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilishi muddatidan oldin
to‘xtatilgan taqdirda sug‘urta mukofotining bir qismi to‘langan tovon summasiga va
majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi shartnomaning amal qilishining kunlar hisobidagi
qolgan muddatiga mutanosib ravishda qaytariladi. Bunda majburiy sug‘urta
shartnomasining amal kilishi ushbu Qoidalarning 19- bandi <{0}>, < kichik bandlarida ko‘rsatilgan boshqa asoslarga ko‘ra muddatidan oldin to‘xtatilgan
taqdirda sug‘urtalovchi sug‘urta mukofotining qaytarilayotgan qismidan uning
ushbu majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha isbot qilinadigan xarajatlari
summasini sug‘urta mukofotining 25 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda chegirishi
mumkin.
Sug‘urta qildiruvchiga (uning qonuniy vakillariga, merosxo‘rlariga, huquqiy
vorislariga) sug‘urta summasining bir qismini ushbu bandda nazarda tutilgan
hollarda qaytarish sug‘urta qildiruvchining (uning qonuniy vakillari, merosxo‘rlari,
huquqiy vorislari) tegishli tartibda murojaat qilgan kunidan boshlab 14 kalendar kun
mobaynida amalga oshiriladi.
Bunda sug‘urta qildiruvchiga qaytarilishi lozim bo‘lgan sug‘urta mukofotining
bir qismi sug‘urta qildiruvchining arizasiga muvofiq yangi tuzilgan majburiy
sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti hisobiga o‘tkazilishi mumkin.
21. Sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchining yoki majburiy sug‘urta bo‘yicha
sug‘urta polisida ko‘rsatilgan haydovchining tegishli murojaati sanasidan boshlab 5
kun muddatda unga ushbu Qoidalarga 3-ilovaga muvofik shakl bo‘yicha sug‘urta
qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi shart. Ko‘rsatib o‘tilgan
ma’lumotlarni taqdim etganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
22. Majburiy sug‘urtalash shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchini almashtirish
ushbu sug‘urtalovchi tomonidan boshqa sug‘urtalovchi bilan tuzilgan shartnoma
asosida, ushbu Qoidalarning 23-25-bandlari talablariga rioya qilingan holda amalga
oshirilishi mumkin.
23. Sug‘urtalovchini almashtirishga sug‘urtalovchining qaysi sug‘urta
qildiruvchilar oldidagi majburiyatlari majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha
boshqa sug‘urtalovchiga o‘tkazilgan bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchilarning roziligi
bilan yo‘l qo‘yiladi. Bundan tashqari, majburiyatlar boshqa sug‘urtalovchiga
o‘tkaziladigan majburiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta to‘lovlarini
amalga oshirishni talab qilayotgan jabrlanuvchilarning (ular merosxo‘rlarining yoki
huquqiy vorislarining) roziligini olish zarur.
Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni qabul qiluvchi
sug‘urtalovchining sug‘urta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar (ularning
merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislari) sug‘urtalovchini almashtirishga rozi ekanligi
to‘g‘risidagi so‘rovi yozma shaklda amalga oshiriladi. So‘rovda sug‘urta
qildiruvchilarning va jabrlanuvchilarning (ularning merosxo‘rlari yoki huquqiy
vorislarining) almashtirishni rad etish huquqi tushuntirib berilishi kerak.
24. Sug‘urta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar (ularning merosxo‘rlari yoki
huquqiy vorislari) sug‘urtalovchining almashtirilishiga rozi bulish yoxud rad etishga
haqlidirlar. Sug‘urta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar (ularning merosxo‘rlari yoki
huquqiy vorislari) majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni
topshiruvchi yoki qabul qilib oluvchi sug‘urtalovchini o‘z qarori to‘g‘risida yozma
shaklda xabardor qiladilar.
|