(baholashni) tashkil etish uchun o‘z tashabbusi bilan yoki sug‘urtalovchining
so‘roviga binoan taqdim qilishi shart.
41. Jabrlanuvchi (uning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislari) yozma ravishda
murojaat etgan kundan e’tiboran besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda, agar
ular o‘rtasida yozma shaklda boshqa muddat kelishilmagan bo‘lsa, sug‘urtalovchi
shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini ko‘zdan kechirishi va uning
mustaqil ekspertizasini (baholanishini) tashkil etishi shart.
Sug‘urtalovchi jabrlanuvchi (uning merosxuri yoki huquqiy vorisi) bilan,
sug‘urtalovchining, ekspertning ish jadvalini hisobga olgan holda, ko‘zdan kechirish
vaqti va joyini va (yoki) shikastlangan mol-mulkni
mustaqil ekspertizadan
(baholashdan) o‘tkazadigan tashkilotni hamda ushbu bandning birinchi xatboshida
ko‘rsatilgan shikastlangan mol-mulkni ko‘zdan kechirishni o‘tkazish muddatini
kelishib olishi, jabrlanuvchi (uning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislari) esa
sug‘urtalovchi bilan kelishilgan vaqtda shikastlangan mol-mulkni ko‘rsatishi shart.
42. Agar shikastlanishlarning xususiyati yoki shikastlangan mol-mulkning
yoxud uning qoldiqlarining o‘ziga xos xususiyatlari mol- mulkni sug‘urtalovchi va
(yoki) ekspert joylashgan yerda ko‘zdan kechirish
hamda mustaqil ekspertizani
(baholashni) tashkil etish uchun takdim etilishini istisno etsa (transport vositasining
yo‘l harakatida ishtirok etishini istisno etadigan tarzda shikastlanganligi va boshqa
hollarda), ko‘zdan kechirish va mustaqil ekspertiza (baholash) shikastlangan mol-
mulk yoki uning qoldiqlari turgan yerda ushbu Qoidalar 41-bandi birinchi
xatboshida ko‘rsatilgan muddatda o‘tkaziladi.
43. Agar jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) tomonidan taqdim
etilgan shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini ko‘zdan kechirish va
mustaqil ekspertizadan (baholashdan) o‘tkazish sug‘urta hodisasi mavjudligini va
majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘rni qoplanishi kerak bo‘lgan
zararlar
mikdorini haqqoniy aniqlash imkonini bermasa, sug‘urtalovchi ko‘rsatib utilgan
holatlarni aniqlash uchun sug‘urta qilinuvchining
foydalanish vaqtida
jabrlanuvchiga zarar yetkazilgan transport vositasini ko‘zdan kechirishga va (yoki)
ushbu transport vositasiga yoki uning qoldiqlariga nisbatan takroriy mustaqil
ekspertiza (baholash) tashkil etishga haqlidir. Sug‘urta qildiruvchi ushbu transport
vositasini yoki uning qoldiqlarini sug‘urtalovchining talabiga ko‘ra majburiy
sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan tartibda taqdim etishi shart.
44. Arap sug‘urtalovchi shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini ushbu
Qoidalarning 41-bandi birinchi xatboshida belgilangan muddatda ko‘zdan
kechirmagan va (yoki) mustaqil ekspertizasini (baholanishini)
tashkil etmagan
bo‘lsa, u holda jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) shikastlangan
mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini sug‘urtalovchiga ko‘zdan kechirish uchun
takdim etmagan holda shunday ekspertiza (baholash) tashkil etilishi uchun mustaqil
tarzda yozma shaklda murojaat qilishga haqli. Bu holda sug‘urtalovchi mustaqil
ekspertiza (baholash) natijalari yuzasidan nizolashishga haqli emas.
45. Bir nechta jabrlanuvchilarning mol-mulkiga
zarar yetkazilganda har bir
jabrlanuvchining (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisining sug‘urta qoplovchi
miqdori har bir jabrlanuvchining mol-mulkiga yetkazilgan zarur darajasiga
mutanosib ravishda, ushbu Qoidalarning 39-bandida belgilangan summa doirasida
aniqlanadi.
46. Agar shikastlangan mol-mulkni yoxud uning qoldiqlarini ko‘zdan kechirish
va mustaqil ekspertiza qilishga (baholashga) qadar ushbu modda talablariga muvofiq
amalga oshirilgan shu mol-mulkni ta’mirlash yoki uning
qoldiqlarini utilizatsiya
qilish sug‘urta hodisasining mavjudligini va majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha
o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan zararlarning mikdorini tug‘ri aniqlash imkonini
bermasa, sug‘urtalovchi jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga)
sug‘urta to‘lovini yoki uning bir qismini to‘lashni rad etishga haqli.
47. Sug‘urta tulovi amalga oshirilishiga asos bo‘lgan mustaqil ekspertiza
(baholash) qiymati majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi
tomonidan o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan zararlar tarkibiga kiritiladi.