halok bo‘lgan harbiy xizmatchining ota-onasidan biri yoki boshqa turmush
qurmagan bevasi;
harbiy xizmatchilar hamda o‘quv va tekshiruv yig‘inlariga chaqirilgan harbiy
xizmatga majburlar, Afg‘oniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib
borilayotgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha turishgan qo‘shinlarning cheklangan
kontingenti tarkibida xizmatni o‘taganlar;
Chernobil AESdagi avariya oqibatida jabrlanganlar;
Pensionerlar;
Nogironlar;
Ushbu bandda nazarda tutilgan siylovlar Transport vositalari egalarining
fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash
jamg‘armasi tomonidan, sug‘urtalovchining sug‘urta mukofotiga doir siylovni
kompensatsiya qilish masalasi yuzasidan yozma ravishda murojaati olingan kundan
e’tiboran o‘n besh kalendar kun ichida qoplanadi.
Sug‘urtalovchi To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga taqdim qilinadigan
ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligi uchun javob beradi.
Siylov ushbu bandda ko‘rsatilgan sug‘urta qilinuvchining o‘ziga tegishli bo‘lgan
bitta transport vositasi bo‘yicha fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishda
beriladi.
Ushbu bandga muvofiq berilgan siylov to‘g‘risida majburiy sug‘urta qilish
bo‘yicha sug‘urta polisida tegishli belgi qo‘yiladi.