va sog‘liqqa yetkazilgan zararni
tasdiqlovchi boshqa hujjatlar,
dalolatnoma yoki
o‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma) asosida hamda
jabrlanuvchining hayoti va
sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha va majburiy sug‘urta
shartnomasi bo‘yicha to‘lovlar jadvaliga (keyingi o‘rinlarda to‘lovlar
jadvali deb
ataladi) muvofiq ushbu Qoidalarga 7- ilovaga binoan aniqlanadi.
Agar xayot va sog‘liqqa yetkazilgan zararni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan
shikastlanish xarakteri tulov jadvalida keltirilmagan bo‘lsa, sug‘urtalovchi to‘lovlar
jadvalida keltirilgan shikastlanishning u yoki bu xarakterga muvofiqligini aniqlash
uchun ushbu xujjatlarni bergan muassasaga yozma ravishda murojaat qiladi.
Shikastlanish xarakterining to‘lovlar jadvalida keltirilgan shikastlanishning u yoki
bu xarakteriga muvofiqligini aniqlashda shikastlanishning
eng muvofik xarakteri
tanlanadi.
51. Hayotga, sog‘liqqa va (yoki) mol-mulkka
zarar yetkazilganligini
tasdiqlovchi hujjat bo‘yicha shubha paydo bo‘lganda sug‘urtalovchi
xujjatda
ko‘rsatilgan axborotning tasdig‘ini olish uchun ushbu hujjatni bergan muassasaga
murojaat qilish huquqiga ega.