148
6- BOB. O‘QITISHNING MEYORIY HUJJATLARI, O‘QUV
JARAYONINI REJALASHTIRISH VA DARS TAHLILI
6.1. O‘qitishning meyoriy hujjatlari
Davlat ta’lim standarti va uning tuzilishi.
Ilmiy pedagogik
adabiyotlarda ta’lim mazmunini shakllantirishning
quyidagi uch
bosqichi ko‘rsatiladi:
1)
umumiy nazariy bosqich;
2)
o‘quv bosqichi;
3)
o‘quv materialini o‘zlashtirish bosqichi, ya’ni, ta’lim
mazmunining o‘quv rejasi, o‘quv dasturi va darsliklar kabi me’yoriy
hujjatlarda o‘z ifodasini topishi.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi mazmuni davlat
ta’lim
standarti, o‘quv rejalari mazmunida namoyon bo‘ladi. O‘quv
rejalari quyidagilardan iborat: tayanch, namunaviy va maktab o‘quv
rejasi.
Umumiy o‘rta hamda o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi
muassasalari (akademik litsey va kasb- hunar kollejlari) uchun tayanch
o‘quv rejasi davlat ta’lim standartining tashkiliy qismi hisoblangan
asosiy me’yoriy hujjat bo‘lib, u namunaviy va amaliy o‘quv rejalarini
ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Tayanch o‘quv
rejasi
davlat ta’lim standarti tarkibiy qismi sifatida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Maktab, akademik litsey va kasb- hunar kollejlarining namunaviy
o‘quv rejalari tayanch o‘quv rejasi asosida tuziladi va O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
Vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi. Bu reja uzoq muddatga mo‘ljallab
tuziladi va uning asosida mavjud sharoitlarni hisobga olib ishchi o‘quv
rejalari ishlab chiqiladi.
O‘quv rejasi
–
me’yoriy hujjat hisoblanib (ta’lim
muassasasi
sertifikati) quyidagilarni belgilaydi:
-
o‘quv yili, chorak (semestr)lar va ta’tillarning davomiyligi;
-
ushbu ta’lim muassasasida o‘rganiladigan o‘quv fanlari tartibi;
-
o‘qish yillari bo‘yicha fanlarni taqsimlash;
-
har bir fan bo‘yicha yaxlit ta’lim davri va har bir sinf (kurs)da
fanlarni o‘rganishga ajratilgan soatlar hajmi;
-
har bir fanni o‘rganishga ajratilgan
haftalik soatlar hajmi;
149
-
praktikumlar, ishlab chiharish va pedagogik amaliyotlar hamda shu
kabilarning davomiyligi.
O‘quv rejasida, yana shuningdek
,
aniq bir o‘quv muassasi
xususiyatlarini
aks ettiruvchi, o‘quvchilarning erkin tanlovi bo‘yicha
fakultativ va majburiy mashg‘ulotlar aks ettiriladi.
O‘quv dasturi – muayyan o‘quv fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma va
malakalar mazmuni, umumiy vaqtni muhim bilimlarni o‘rganilishi
bo‘yicha taqsimlash, mavzularning ketma- ketligini belgilash hamda
ularning o‘rganilish darajasini yorituvchi me’yoriy hujjat.
Dasturda o‘quv materialining ta’limning har bir yili va har bir sinf,
kurs bo‘yicha taqsimlanishi tuzilishi asoslab berilgan. Dasturda
ko‘rsatilgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘quvchilar tomonidan to‘la
o‘zlashtirilishi o‘qitish jarayoni muvaffaqiyatliligi
va samaraliligi
mezonlaridan biri hisoblanadi.
O‘quv dasturlari namunaviy, ishchi va mualliflik bo‘lishi mumkin.