5.2. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar
Darsdan tashqari mashg‘ulotlar va ularning turlari.
Maktabning
o‘quvchilar bilan olib boradigan o‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari
xilma- xil ta’lim- tarbiya ishlari sinfan tashqari ishlar nomini olgan.
Sinfdan tashqari ishlar maktab ta’lim- tarbiya jarayonining tarkibiy
qismi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini yo‘lga qo‘yish shakllaridan
biridir.
Sinfdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va
uni hayotga faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu
ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda ko‘ngillilik asosida
tashkil qilinadi. O‘quvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda
o‘zlarini qiziqtiradigan mashg‘ulotlarni tanlab olishadi ularda mustaqil
tashabbuskorona ishtirok etishadi.
Maktab va sinfdan tashqari muassasalarning tashkiliy ishlarini,
mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini
hisobga olishni talab etmoqda. Sinf tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar
shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan
tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan tashqari,
tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo‘lishi lozim:
–
pedagoglar
va
o‘quvchilar
o‘rtasida
o‘zaro
hurmat
munosabatlarini shakllanganlikning o‘ziga xos an’ana vositalariga
tayanish;
–
voyaga yetayotgan inson shaxsining tarbiyasini oliy ijtimoiy
qadriyat deb tan olish, har bir bola, o‘smir va yosh yigitning betakror va
o‘ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy huquqini e’tiborda tutish zarur.
Sinfdan tashqari ishlarni to‘la qamrab olgan to‘garaklar bir necha
xilda bo‘lishi mumkin:
a)
fan to‘garaklari;
139
b)
mohir qo‘llar to‘garaklari;
v) duradgorlik to‘garaklari;
g) sport to‘garagi;
d) badiiy havaskorlik to‘garagi.
O‘rta umumta’lim maktablarida bu ishlarni sinf rahbari va
tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahbari to‘garak
rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil
bo‘lgan o‘z o‘quvchilarini biror to‘garakka a’zo bo‘lishga chorlaydi.
Sinfdan tashqari tashkil qilingan ishlar o‘quvchilar hayotidagi
tarbiyaviy faoliyatni to‘ldiradi. Ularni dunyo qarashini to‘g‘ri
shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko‘maklashadi. Nazariy
bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog‘lanishiga
zamin
yaratadi.
Sinfdan
tashqari
ishlarga
rahbarlik
qiluvchi
tashkilotchilarning vazifalari ham ko‘p qirralidir. Sinfdan tashqari
tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:
–
darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga
oshirishni nazorat qilish;
–
o‘quvchilarning sinfdan tashqari ko‘p qirrali ishlarni pedagogik
jamoa, o‘quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo‘lga qo‘yish;
–
sinfdan tashqari ishlar yo‘nalishiga bevosita rahbarlik qilgan
holda, o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ota- onalar, o‘quvchilar tashkilotlari,
sinf faollariga uslubiy yordam ko‘rsatish;
–
umummaktab va maktablar aro o‘tkaziladigan eng muhim
tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish;
–
o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va
madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish;
Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini ko‘rish
mumkin:
tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy.
Bular ko‘pincha o‘zaro uzviy bog‘langan holda namoyon bo‘ladi.
Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator
ishlarni kiritish mumkin:
–
tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchliklarni tahlil
qilish;
–
tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash;
– tarbiyaviy, ommaviy- siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning
mazmuni, shakl va usullarini aniqlash;
–
sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni guruhlashtirish, boshqaruvchi
shaxslarni aniqlash.
140
Maktabda tarbiyaviy ishlarni aniq rejalashtirmasdan uning
mazmuni, shakl va usullarini aniqlamasdan, ma’lum bir tizimga
solmasdan turib ko‘zda tutilgan maqsadga erishish qiyin.
Sinfdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta’siri ko‘p darajada o‘quv
jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o‘quvchilar jamoatchining
xilma- xil ishlarni qanday yo‘lga qo‘yishga bog‘liqdir. Sinfdan tashqari
faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlari har-xil
o‘quvchilarni ihtiyoriy ravishda birlashtiradi.
Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga
qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib kiradi.
Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong
hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir. Bu
faoliyat ilmiy jamoa, adabiy va maktab teatrlarining ishlari, turli
mavzularda o‘tkaziladigan kitobxonlar konferentsiyasi va munozaralar,
siyosiy, axloqiy, ilmiy- ommabop va mehnat mavzularidagi ma’ruza va
suhbatlar, ijtimoiy- foydali mehnat, siyosiy axborot, bayoram kechlari
va ertaliklari, to‘garak mashg‘ulotlarini o‘z ichiga oladi.
O‘quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o‘z mazmuniga ko‘ra
tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. Chunki sinfdan
tashqari ishlarda olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi va shu
asosda yangi bilimlar hosil qilinadi.
O‘quvchilar sinfdan tashqari ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan
muayyan munosabatga kirishadi, turli vazifatlarga duch keladilar.
Shuning uchun ham o‘quvchilarning sinfdan tashqari faoliyatlari
qanchalik xilma- xil bo‘lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy,
munosabat doirasi keng va ma’naviy o‘sishi samarali bo‘ladi. Sinfdan
tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o‘quvchilar jamoada ishlashni
o‘rganadilar ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish
mehnatiga qo‘shiladilar, jamoatchilik fikriga bo‘ysunishga, jamoa
sharafi uchun kurashishga odatlanadilar. Sinfdan tashqari faoliyat unda
qatnashuvchilarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi hamda yosh
xususiyatlariga ko‘ra belgilanadi. Bu jarayonga ular ta’lim olayotgan
maktabning sharoiti ham ta’sir etadi. Garchand mamlakatimizdagi
barcha maktablarning vazifalari bir bo‘lsa- da, o‘sha maktablarning
o‘ziga xos xususiyatlari bor va bu xususiyatlr madaniy va milliy
sharoitlarda yaqqol ko‘rinadi. Tarbiyachilar, sinf rahbarlarining sinfdan
va maktabdan tashqari olib boradigan tarbiyaviy ishlarida quyidagi ish
usullaridan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.
|