• 5- BOB. O‘QUV VA DARSDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH METODIKASI 5.1. O‘quv mashg‘ulotlarini tashkil
  • M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/251
    Sana06.09.2024
    Hajmi5,02 Mb.
    #270410
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   251
    Bog'liq
    Inf met

     
    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
    QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB TAYYORLANG VA 
    AMALIY MASHG‘ULOTLARDA MUHOKOMA QILING 
     
    1.
    Fanlarini o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar va ularning 
    imkoniyatlari.
    2.
    O‘qitish texnologiyalari va ularning turlari.
    3.
    Integratsion texnologiyalar.
    4.
    O‘qitishning zamonaviy vositalari va ularning turlari.
    5.
    Interaktiv texnologiyalar va ularning imkoniyatlari.
    6.
    Zamonaviy axborot- kommunikasiya texnologiyalari – o‘qitish 
    vositalari sifatida.


    133 
    5- BOB. O‘QUV VA DARSDAN TASHQARI 
    MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH VA
    O‘TKAZISH METODIKASI
     
    5.1. O‘quv mashg‘ulotlarini tashkil
    o‘tkazish metodikasi
     
    Dars - ta’limni tashkil etish asosiy shakli. 
    Dars ta’lim 
    jarayonining yaxlitligi nuqtai nazaridan ta’limning asosiy tashkiliy usuli 
    hisoblanadi. Unda sinf- dars tizimining 
    xususiyatlari aks etadi
    , unda 
    o‘quvchilarni ommaviy qamrab olish, tashkiliy tartib va o‘quv 
    ishlarining muntazamligi ta’minlanadi. Dars iqtisodiy jihatdan 
    foydalidir. 
    O‘quvchilar 
    hamda 
    sinf 
    jamoasining 
    individual 
    xususiyatlarini bilishi o‘qituvchi uchun har bir o‘quvchi faoliyatiga 
    rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi. Dars doirasida 
    ommaviy, guruhli va individual ta’lim shakllarini birlashtirish 
    imkoniyati uning rad etib bo‘lmaydigan ustunligi hisoblanadi.
    Dars bevosita o‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt 
    davomida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim 
    jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o‘quvchi 
    xususiyatlarini hisobga olish, barcha o‘quvchilarning mashg‘ulot 
    jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning 
    idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy- axloqiy sifatlarini tarbiyalash 
    hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratiladi. Dars ta’limning 
    boshqa shakllaridan farq qiluvchi o‘ziga xos belgilarga ega, chunonchi: 
    o‘quvchilarning doimiy guruhi, o‘quvchilar faoliyatiga ularning har biri 
    xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o‘rganilayotgan fan 
    asoslarini bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning faqat 
    mazmunini emas, balki o‘z xususiyatini ham aks ettiradi).
    Darsning tuzilishi oddiy va ancha murakkab bo‘lishi mumkin. Bu 
    o‘quv materialining mazmuni, darsning didaktik maqsadi, o‘quvchilar 
    va jamoa sifatida sinfning xususiyatlariga bog‘liq.

    Download 5,02 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   251




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi

    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish