M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/251
Sana06.09.2024
Hajmi5,02 Mb.
#270410
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   251
Bog'liq
Inf met

Rasm 7 Axborot tashuvchilar 
Fizika, kimyo, Biologiya va shu kabi tabiiy fanlarni vujudga kelishi 
atrofimizdagi moddiy dunyoni, uning usimliklar dunyosini, energiya 
jaraenlarini urganishni yanada rivojlantirgan bulsa, Informatika XX 
asrning urtalarida, ya'ni 60- yillarda Frantsiyada elektron xisoblash 
mashinalari (EXM) yordamida axborotni kayta ishlash bilan 
shugullanuvchi soxani atamasi sifatida yuzaga keldi. Yangi ilmiy 
yunalish sifatida paydo bulgan informatika esa, axborotlar va ularning 
xossalarini urganish uchun zaruriy fan sifatida tan olindi.
Informatikani fan sifatida tahlil etib, borilishi natijasida unda 
reformalar o‘tkazib borish bunda oldindan qilingan ishlar va keyingilarni 
birlashtirib jahon informatika xarakatiga qo‘shilish bundan ko‘zlangan 
asosiy maqsad quyidagicha.
1.
Informatika o‘qitish metodikasi fanidagi keyingi o‘zgarishlar va 
ularga xarakteristikalar berish.
2.
O‘rta maktablarda informatika fanini o‘qitishda xalqaro o‘quv 
jarayonlaridan foydalanib to‘ldirib borish.
3.
O‘rta maktabda informatika fanining xarakatlari va ularda 
o‘tkazilayotgan reforma lar.
4.
Xalqaro informatika xarakatiga qo‘shilish, o‘rganish, fikrlar 
bildirish.
5.
Reformani ikki asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha tahlil qilib borish.
1)
Informatikani o‘rta maktabda chuqur o‘tish va amaliyotda 
qo‘llash.
2)
Jahon hamjamiyatida yuz berayotgan informatika sohasida 
yangiliklarni to‘g‘ri tahlil etish.
Hozirgi vaqtda respublikamizda oily va o‘rta ta’limga keng 
miqyosda etibor berilmoqda shundan kelib chiqib informatika hisoblash 


122 
texnikasi kompyuter tizimlari jahon axbarot tizimi hisoblanmish internet 
tarmog‘idan foydalanishga katta e’tibor bilan qaralmoqda. Informatika 
fanining bugungi kun taraqqiyoti qo‘yidagicha tahlil etiladi.
1. Informatikaning fan sifatida yuqori baholanishi va uning 
taraqqiyoti. 2. Informatika o‘qitish metodikasiga xarakteristikalar berib 
borish.
Yuqoridagi jarayonlarni hisobga olgan holda keltirilgan ikki 
jarayonning bir necha qisimlarga ajratilgan holda o‘rganish mumkin.
1.
Informatika fanining paydo bo‘lishi;
2.
Informatika faniga birlik va qo‘shimchalar kiritish davri;
3.
XIX- XX asrlarda informatika fanining o‘sishi;
4.
XX- XXI asrlarda informatika fanidan to‘g‘ridan - to‘g‘ri yuqori 
fan sifatida foydalanish.
Informatika o‘qitish usullari fani asosan qo‘yidagi bosqichlar bilan 
tahlil etiladi;
1.
Informatika fani nima uchun o‘rganiladi;
2.
Informatika fanidan nimalarni o‘rganish mumkin;
Informatika fanini asosan qo‘yidagi uch qism bilan o‘rganish 
mumkin
Informatika keng ma'noda insoniyat faoliyatining barcha soxalarida 
asosan kompyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida 
axborotni qayta ishlashi bilan bog‘lik fan bo‘lib, texnika va ishlab 
chikarish- ning xilma- xil tarmoqlari birligini o‘zida namoyon etadi.
Informatikani o‘zaro aloqador bo‘lgan,ya'ni tarmoq,fan va amaliy 
fan soxalari sifatida qo‘yidagi uch qismga ajratish mumkin:
Informatika fanini o‘rta maktablarda, kollej va litseylarda o‘tilishida 
uning tarbiyachilik roli qo‘yidagilarda namoyon bo‘ladi;
1.
O‘quvchilarni dunyo bilimlaridan habardor qilish va bolalarning 
dunyo qarashini o‘zgartirish.
2.
O‘quvchilarning informatika faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish.
3.
Informatika fanining tezda rivojlanib borishi va informatika 
madaniyatini o‘rganishga yordam berish.
4.
O‘quvchilarda informatika fani haqida tushuncha hosil qilish, 
tushunchalarni jonlashtirish uchun turli mavzuga oid ko‘rgazmali 
qurollar yaratish va mavjudlaridan samarali foydalanish.
5.
O‘quvchilarda informatika fani to‘g‘risidagi tushunchasini 
yoqoriga ko‘tarishning yana bir usuli bu mavjud ish qurollaridan to‘g‘ri 
foydalana bilish.


123 
6.
Informatika fanini chuqur o‘zlashtirishlari uchun o‘quvchilardan, 
o‘tilgan mavzular bo‘yicha yozma tarzda so‘rash, test usulida so‘rash, 
ogizaki so‘rash va mavjud kompyuterlardan amaliy usulda so‘rashlar 
amalgam oshirib borilishi kerak.
7.
Informatika o‘qituvchisidan fanni bolalar to‘liq uzlashtirishlari 
uchun ko‘proq amaliy dars tashkil etish talab etiladi.
Amaliy jihatdan informatika fanidan o‘quvchilar qo‘yidagilarni 
o‘rganishi kerak bo‘ladi:
1.
Informatika darslarida o‘rgangan materiallarini, amaliyotda 
qo‘llay bilish va boshqa fan sohalariga tadbiq etishni amalgam 
oshirishdan iborat.
2.
Dars jarayonidan tag‘dim etilgan o‘quv qurollaridan to‘g‘ri 
foydalanishni o‘rganish.
3.
Dars davomida o‘rganilgan mavzularga qo‘shimchalar qo‘shib 
boorish. O‘qitishning shakl va usullari
Har bir fan ob’ektiv voqiylikni o‘rganish qonunlarini belgilab 
beradi, didaktik qonunlar o‘qitish va ta’limot birligi hamda ularning 
o‘zaro aloqadorligida o‘rganiladi.
Respublikamizning ta’lim jarayonlarida qanday didaktik o‘qitish 
qonuniyatlari mavjud?
Respublikamizda ta’lim o‘quv jarayoniga sistem, struktur 
yondoshuv nazaridan qaralganda uning o‘zaro bog‘langan ikki tizimiga 
amal qilinadi.
1.
O‘quv jarayoni o‘zining o‘qitish maqsadi, o‘qitish va o‘quv 
faoliyati, ta’lim mazmuni, o‘qitish vositalaridan iborat murakkab tizim 
sifatida namayon bo‘ladi.
2.
O‘quv jarayoni nisbatan yirik tizim bo‘lgan pedogogik 
jarayonning tag tizimidir, bu tag tizim o‘qitish, ta’lim berish va tarbiya 
jarayoni birligi sifatida namayon bo‘ladi.
O‘qitishning bunday usullari sossial – pedogogik qonuniyatlarga 
bo‘y sinadi bu qonuniyatlar o‘z navbatida quyidagilarni o‘z ichiga oladi.

Oliy va o‘rta ta’lim tizimidagi ta’lim jarayoni jamiyat ishlab 
chiqarish taraqqiyotini aks ettiradi.

Ta’lim tizimidagi o‘qitish jarayoni o‘qitishning shakl va 
usullarini tashkil qilishning ko‘p qirrali yagona tizimi ramkasida amalga 
oshiriladi.

Ta’lim tizimidagi o‘qitishning shakl va usullari yig‘indisi o‘quv 
jarayoning ob’ektiv qonuniyatlari bilan belgilanadigan yagona didaktik 
kompleksni tashkil etadi.


124 
Ta’lim tizimidagi o‘qitishning shakl va usullari tasnifi o‘z aro 
bog‘langan va o‘zaro shartlangan ikki faoliyatga tayanadi.

O‘quv jarayonini boshqarish va tashkil etish bo‘yicha 
o‘quvchilarning ish faoliyati. 

O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishi, o‘quv va bilim faoliyati.
Ta’lim tizimida o‘qitishning bir nechata usullari mavjud bo‘lib, ular 
asosan quyidagilar hisoblanadi.

Dars tizimini ma’ruza usulida tashkil etish.

Dars tizimini amaliyot usulida tashkil etish.

Dars tizimini tajriba usulida tashkil etish.
Ma’ruza darslarida ilmiy bilimlarning muayyan miqdori bayon 
qilinadi. O‘quvchilarga fan va texnikaning tadqiqot metologiyasi 
tanishtiriladi, o‘quv tizimi va o‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlari 
orasidagi uslubiy aloqalar ko‘rsatiladi.
Amaliy dars jarayonida asosan ma’ruza darslaridan olingan 
mavzularni to‘ldirish va o‘quvchilarni har bir mavzu bo‘yicha mustaqil 
ravishda o‘z fikrlarini berish va mavzuni to‘ldirish bilan amalga 
oshiriladi.

Amaliy darslar uchun rejalar ishlab chiqish

Amaliy darslar bo‘yicha referatlar yozish

Kompyuter sinflarida amaliy dasturlar tizimlaridan foydalanish
Tajriba ishlari bo‘yicha turili qarashlar mavjud bo‘lib, ular asosan 
quyidagilardan iborat.

Ta’lim tizimidagi tajriba mashg‘ulotlaqrining asosiy tavsifi 
shundaki unda o‘quvchilar mustaqil ravishda vazifa bajaradilar yoki 
ekspriment o‘tkazadilar bunday o‘qitish tizimida ko‘zlangan maqsad 
o‘quvchilar shu fanni chuqur tahlil etish ko‘nikmalarini hosil qilish 
ilmiy izlanishlar olib borishga imkoniyat yaratib berishdan iboratdir.

Ilmiy texnik taraqqiyot sharoitda tajriba ishlari o‘quvchilarda 
nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash mexanizmini chuqur va 
ko‘rgazmali o‘rganish imkonini beradi.
Tajriba ishlarini olib boorish va o‘tkazishda quyidagi didaktik 
tamoyillarga amal qilinadi.

Tajriba mashg‘ulotlarini rejalashtirish va shu reja asosida 
o‘tkazish natija olish, natijani solishtirib tahlil etish

Fan va ishlab chiqarish jarayonlaridagi o‘tkazilayotgan tajriba 
ishlarini tahlil etish ko‘nikmalarini o‘quvchilarda shakllantirish

O‘quvchilarda tajriba darslaridan olingan natijalarni mustaqil 
holda tahlil etishni yo‘lga qo‘yish


125 

O‘quvchilarni tajriba ishlariga nazariy jihatdan tayyorlash.

Download 5,02 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   251




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi

Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish