115
Rolli o‘yinlarda o‘quvchi turli xil xarakterli inson obraziga qalban
kirishib ketadi. O‘yinda o‘quvchilarga asosan tugallanmagan vaziyatlar
aks etgan, muamoli sahna ko‘rinishi rollari beriladi. O‘quvchilar ushbu
muammoli rollarni mustaqil ravishda oxiriga yetkazib o‘ynashlari shart.
Teatr dasturlarida rolli o‘yinlar o‘quvchilarni boshqa insonlarni
tushunishga o‘rgatadi. Ushbu usul o‘quvchilarni mustaqil fikr yuritishga,
xayotda
har
qanday
sharoitda
ham
o‘zini
tuta
bilishga
tarbiyalanganligiga hamda mustaqil xayot kechirishdagi o‘zini
qarashlarini asoslab bera oladigan inson sifatida shakllantiradi.
1.
tayyorlash bosqichida xayotdagi biror muammo,
vaziyatni
ko‘rsatish uchun ssenariy tayyorlanadi. Masalan, sud jarayoni ilmiy
kengashda muhokama, korxona rahbari qoshidagi ishchi yig‘ilish va h.k.
o‘yinda qo‘atnashuvchilarga yo‘l – yo‘ruqlar beriladi. O‘yinni o‘tkazish
uchun ekspertlar tanlanadi. Qatnashuvchilar bu ekspertlarda
o‘yingacha kerakli ma’lumotlarni olishadi. O‘quvchilar rollarini
o‘zlari tanlab olishi yoki o‘qituvchi tomonidan bo‘lib berilishi mukmin.
Shundan so‘ng, o‘yinda qatnashuvchilar rollar ustida mashq qiladilar,
ishlaydilar. Bu bosqich odatda 1,5 - 2 haftaga cho‘ziladi.
2.
o‘yinni o‘tkazish bosqichida o‘quvchilar o‘zlariga bo‘lib berilgan
rollarni o‘z mustaqil fikr g‘oyalaridan kelib chiqib,
xayotda shunday
vaziyatda o‘sha inson qanday yo‘ltutardi, shular haqida fikr mulohaza
yuritib o‘ynaydilar. O‘qituvchi o‘yin davomida tomoshabin sifatida
bo‘ladi. Ayrim xollardagina o‘yinga aralashishi mumkin.. bunda qisqa,
aniq va lo‘nda harakat qilishi kerak bo‘ladi. Ishchan o‘yinlar turlariga
qarab , o‘yinda qatnashayotganlarning ishga nisbatan munosabati orqali:
g‘oyalar generatori,
ishlab chiquvchi, taqlid qiluvchi, bilimdon; tahlil
qiuvchi (analitik) bo‘lishi; yangilikka munosabat orqali: faol, ehtiyotkor
tanqidchi, konservator (eskilik tarafdori) bo‘lishi; tutgan o‘rniga qarab:
tashkilotchi, muvofiqlashtiruvchi, umumlashtiruvchi,
nazoratchi, trener
va h.k. bo‘lishi mumkin.
3.
Muhokama
va
baholash
bosqichida
ekspertlar,
o‘yin
ishtirokchilari, tomoshabinlar o‘yinni tahlil qilish, muhokama qilish
imokniyatiga ega bo‘ladilar, xayot bilan o‘xshashlikka, o‘quv fani bilan
bog‘liqlikka e’tibor beriladi va o‘qituvchi tomonidan yakunlanib
baholanadi.
Bahs – munozara – o‘quvchilarni tanlangan mavzu sohasida
munozara qilishga o‘rgatish, ularninng
bilimlarini chuqurlashtiradi, o‘z
fikrlarni asoslash qobiliyatini rivojlantiradi.
Munozarani o‘tkazish uchun:
116
1.O‘qituvchi baxs – munozara mashg‘uloti uchun muammoli mavzu
tanlaydi va o‘quvchilari taklif etaldi.
2.
O‘qituvchi qatnashuvchilarga muammoni «Aqliy hujum» usuli
bilan yechishni vazifa qilib yuklaydi va uni o‘tkazish tartibini belgilaydi.
3.
O‘qituvchi «Aqliy hujum» vaqtida bildirilgan g‘oya va fikrlarni
yozma ravishda yozishni taklif etadi yoki ularni yozish uchun kotib
tayinlaydi.
4.
O‘qituvchi o‘quvchilarni ikki guruhga ajratadi va sinfni ikii
tomoniga qator qo‘yilgan stolar yoniga o‘tqazadi va har bir guruh
qatnashchilari qaysi nuqtai nazarni himoya qilishlarini belgilaydi.
Shundan so‘ng 1- guruh o‘quvchilariga numerlangan varaqlar tarqatiladi
va 5 – minut davomida o‘zlari ma’qullayotgan nuqtai nazar foydasiga
bitta dalilni yozish topshiriladi.
5.
1- guruh a’zolari tomonidan yozilgan
varaqlar qarshi guruhlari
shuriklariga beriladi. Ular sheriklarining dalillariga qarshi javob topishi
va yozishi uchun hamda o‘z qarshi dalililarini bayon qilishlari uchun 10
minut vaqt ajratiladi.
6.
O‘quvchilar bilimlarini aniqlash uchun dalillar almashtirishni 2- 3
marta takrorlash yetarlidir.
7.
Baxslarga yakun chiqarishning yaxshi shakli ikkala tomonga
qaratilgan savodir: qarshi tomonnning eng yaxshi dalil isbotlari qaysilari
bo‘ldi?
8.
O‘qituvchi tomonidan munozara qatrnashchilarini baholash.
Ammo bu haqda o‘quvchilarni darsning boshidayoq ogohlantirishi
kerak.