O‘qitish texnologiyalari va ularning turlari




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/251
Sana06.09.2024
Hajmi5,02 Mb.
#270410
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   251
Bog'liq
Inf met

O‘qitish texnologiyalari va ularning turlari. 
O‘qitish jarayonida, 
pedagog texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan, o‘quv 
maqsadlariga erishiladi. Ilmiytexnik taraqqiyot jadallashgan davrda 
o‘qitish samaradorligi, asosan, o‘quvchining o‘qitish jarayonidagi o‘rni, 
pedagogning unga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu yerda 
o‘qitish texnologiyasining ikki turini ajratib ko‘rsatish mumkin avtoritar 
va shaxsga yo‘naltirilganlar.
Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona subyekt sifatida namoyon 
bo‘ladi, talabalar esa faqatgina «ob’ekt» vazifasini bajaradi xolos. Bunda 
talabaning tashabbusi va mustaqilligi yo‘qoladi, o‘qitish majburiy 
yo‘sinda amalga oshiriladi. Odatdagi an’anaviy o‘qitish, avtoritar 
texnologiyaga taalluqlidir. Bunda, avvalo
A.Komenskiy tomonidan ifoda etilgan, didaktika tamoyillariga 
asoslangan o‘qitishning sinf- dars tizmida tashkil etish nazarida tutildi. 
Hanuzgacha dunyoda eng ko‘p tarqalgan o‘qitishning sinf- dars tizimi, 
quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
- Yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo‘lgan talabalar 
sinfini tashkil etadi:
- Sinf yagona o‘quv reja, yagona o‘quv dasturlar va yagona 
mashg‘ulotlar jadvali bilan shug‘ullanadi:
- Mashg‘ulotlarning asosiy birligi dars bo‘lib, u bitta fanning bitta 
mavzuga bag‘ishlanadi va o‘quvchi tomonidan boshqariladi: - O‘quv 
kitoblari asosan uy ishlari uchun qo‘llaniladi.
An’anaviy o‘qitish asosan bilim, o‘quv va ko‘nikmalarni 
o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lib, shaxsning rivojlanishini ko‘zda 
tutmaydi. An’anaviy o‘qitish asosini, Ya.A.Komenskiy tomonidan 
tuzilgan pedagogika tamoyillari tashkil etadi: - ilmiylik:


112 
- tabiatga monandlik (o‘qitish rivojlanish bilan belgilanadi, ammo 
shakllanmaydi) - uzviylik va tizimlik:

o‘zlashtiruvchanlik 
(ma’lumdan 
noma’lumga, 
soddadan 
murakkabga)
- mustahkamlik (takrorlash, takrorlash…)
- onglilik va faollik (qo‘yilgan maqsadni bilgan va buyruqlarni 
bjarishga faol bo‘lgan)
- nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi:
- yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish:
An’anaviy o‘qitish quydagi xususiyatlarga ega: zo‘ravonlik 
pedagogikasi, o‘qitishning tushuntiruv- ko‘rgazmali usuli, ommaviy 
o‘qitish. An’anaviy o‘qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon 
bo‘ladi: talaba bu hali to‘la shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, 
pedagog esa- bu sardor hakam, yagona tashabuskor shaxs.
Zamonaviy an’anaviy o‘qitish esa, o‘qitishning texnik vositalarini 
qo‘llab, didaxografiyadan foydalanishdan iborat bo‘ladi. Shaxsga 
yo‘naltirilgan- texnologiyalarda, talaba shaxsi pedagogik jarayon 
markaziga qo‘yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarni 
ro‘yobga chiqarishga qulay shart- sharoitlar yaratiladi:
Kadrlar tayyorlash milliy dasturda O‘zbekiston Respublikasidagi 
ta’lim tizimining miliy modeliga alohida e’tibor qaratilgan. Bu model 5 
tarkibiy qismdan iborat: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan 
ishlab chiqarish. Bu yerda ta’lim milliy modelining asosiy tarkibiy qismi 
– «shaxs» birinchi o‘rinda turadi. Boshqacha aytganda butun ta’lim 
tizimi, shu jumladan o‘qitish shaxsga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. 
Shuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon, 
o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalari asosida amalga 
oshirilishi lozim. Hayot dialektikasi shundan iboratki, doimo yangi 
avlod, oldingi avloddan ko‘ra rivojlanganroq bo‘ladi. Ilmiy texnik 
taraqqiyotning 
keskin 
yuksalish 
davrigacha 
fan, 
texnika 
va 
texnologiyalar rivoji evolyusion, past sur’atlarda amalga oshar edi. 
Shuning uchun ketma- ket keluvchi avlodlarning rivojlanish darajasi 
deyarli farq qilmas edi. Bunday sharoitlarda Ya.A. Komensiyning 
o‘qitishining avtoritar texnologiyasini, an’anaviy sinf dars tizimi 
dunyoga keladi. Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrida 
(asrning ikkinchi yarmi), fan- texnika texnologiyalar yuqori sur’atlarda 
rivojlanayotgan davrda, bir avlod hayoti davomida fanning rivoji 
insoniyatning butun tarixidagidan ko‘ra ko‘piroq bo‘lgan bu davrda, 
o‘qitishning an’anaviy tizimi o‘z umrini oxiriga yetdi.


113 
Hozirgi zamon avlodning rivojlanish sur’ati oldingilardan ko‘ra 
ancha yuqori bo‘lganligi sababli, o‘qitishning an’anaviy tizimi, 
rivojlanishga to‘sqinlik qila boshladi. Bunday sharoitlarda taraqqiyot, 
faqat xar bir shaxsning mavjudimkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish 
asosida amalga oshirilishi mumkin. Axborotning hajmi, xilma- xilligi, 
egallashga moyilligi va vositalarning yetarliligi samarali individual va 
mustaqil o‘qitishni tashkil etish uchun zaruriy shartsharoitlar yaratadi. 
O‘qitishni jadallashtirish maqsadida pedagogning talabaga bo‘lgan 
munosabati jihatidan «sardor» likdan, uning sherigiga aylanish zarur.
O‘qitishnig shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagi asosiy 
tamoyillar xos bo‘ladi:
-
insonparvarlik - ya’ni insonga har tomonlama hurmat va 
muhabbat ko‘rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga 
ishonch bilan qarash, zo‘rlashdan to‘la voz kechish;
-
hamkorlik – ya’ni pedagog va talabalar munosabatidagi 
demokratizm, tenglik, heriklik;
-
erkin tarbiyalash – ya’ni shaxsga uning hayot faoliyatini keng yoki 
tor doirasida tanlab olish erkinligi va mustaqilligini berish, natijalarini 
tashqi ta’sirdan emas, ichki hissiyotlardan keltirib chiqarish. Shaxsga 
yo‘naltirilgan texnologiyalarning kommunaktiv asosi- pedagogik 
jarayonda talabga insoniy- shaxsiy yondashuv hisoblanadi. Shaxsga 
yangicha qarash quyidagilardan iborat bo‘ladi;
-
pedagogik jarayonda shaxs ob’ekt emas, su’bekt hisoblanadi;
-
har bir talaba qobiliyat egasi, ko‘pchiligi esa iste’dod egasi 
hisoblanadi;
- yuqori etnik qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, 
vijdon va boshqalar) shaxsning ustuvor hislatlari hisoblanadi;
Munosabatlarda demokratlashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi;
-
talaba va pedagog huquqlarini tenglashtirish,
-
talabaning erkin tanlab olish huquqi;
-
xatoga yo‘l qo‘yish huquqi;
-
o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lish huquqi;
-
pedagog va talabalar munosabati zayli; ta’qiqlamaslik; boshqarish 
emas, birgalikda bajarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, 
tashkil etish; chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish.
Yangi munosabatlarning asosiy mazmuni, hozirgi zamon 
sharoitida samarali natija bermaydigan va noinsoniy hisoblanadigan 
zo‘ravonlik pedagogikasidan voz kechishdir. Muammo bu tamoyilni 
mustaqillashtirishda 
emas, 
balki 
uning 
oqilona 
mezonlarini 


114 
aniqlashdadir. Umuman olganda tarbiya jarayonida zo‘ravonlik mumkin 
emas, ammo jazolash insonni kamsitadi, ezadi, rivojlanishni susaytiradi, 
uning qulchilik hususiyatlarini shakllantiradi.
Majburlashsiz o‘qitish quyidagilar bilan belgilanadi.
-
ishonchga asoslangan majburlashsiz talabchanlik;
-
o‘quv materialiga qiziqish uyg‘otish, bilishga va faol ijodiy
fikrlashga rag‘batlantirish;
-
talabalarning mustaqilligi va tashshabusiga tayanish;
- jamoa orqali bilvosita talablarni amalga oshirish.
Individuval yondashuvning yangi talqini quyidagilardan iborat;
-
o‘rtacha talabaga yo‘naltirishdan voz kechish;
-
shaxsning yaxshi xislatlarini izlash;
-
shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish va unga 
tuzatishlar kiritish; Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar 
zarur bo‘ladi;
-
har bir talaba qiyofasida noyob shaxsni ko‘rish, uni hurmat qilish, 
tushunish, qabl qilish, unga ishonish. Pedagogda barcha talabalar 
iste’dodli ishonch bo‘lishi kerak;
-
shaxsga, yutuqni ma’qullovchi, qo‘llab- quvvatlovchi, xayrixoh 
vaziyatlar yaratish, ya’ni o‘qish xursandchilikni olib kelishi kerak;
-
bevosita majburlashga yo‘l qo‘ymaslik, qoloqlikka va boshqa 
kamchiliklarga urug‘ bermaslik, uning nafsoniyatiga tegmaslik;
-
pedogogik jarayonda, talabalarni o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga 
chiqarishga imkoniyat berish va ko‘maklashish;
Oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tizimi uchun, o‘qitishning 
shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin; 
ishbilarmonliklar o‘yinlari; muammoli o‘qitish; tabaqalashtirilgan 
o‘qitish; dasturlashtirilgan o‘qitish; kompyuterlashtirilgan o‘qitish; 
modulli o‘qitish.

Download 5,02 Mb.
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   251




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘qitish texnologiyalari va ularning turlari

Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish