• «6x6x6» metodi.
  • «Fikrlarning shiddatli hujumi» metodi




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet71/251
    Sana06.09.2024
    Hajmi5,02 Mb.
    #270410
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   251
    Bog'liq
    Inf met

    «Fikrlarning shiddatli hujumi» metodi.
    So‘z yuritilayotgan 
    metod Ye.A.Aleksandrov tomonidan asoslangan hamda G.Ya.Bush 
    tomonidan qayta ishlangan.
    «Fikrlarning shiddatli hujumi» metodining mohiyati quyidagichadir;
    – jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir 
    o‘quvchining 
    shaxsiy 
    imkoniyatlarini 
    ro‘yobga 
    chiqarishga 
    ko‘maklashish;
    – o‘quvchilarda ma’lum jamoa (guruh) tomonidan bildirilgan fikrga 
    qarshi g‘oyani ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishdan iboratdir.
    Yuqorida mohiyati bayon etilgan «Fikrlarning shiddatli hujumi»
    metodni ijtimoiy, gumanitar va tabiiy yo‘nalishlardagi fanlar yuzasidan 
    tashkil etiladigan mashg‘ulotlar jarayonida birdek muvaffaqiyatli 
    qo‘llash mumkin.
    Metodni qo‘llash jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi;
    1)
    o‘quvchilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarning puxta 
    o‘zlashtirilishiga erishish;
    2)
    vaqtni iqtisod qilish;
    3)
    har bir o‘quvchini faolikka undash;
    4)
    ularda erkin fikrlash layoqatini shakllantirish.
    Ushbu metoddan foydalanishga asoslangan mashg‘ulot bir necha 
    bosqichda tashkil etiladi. Ular quyidagilardir.
    «6x6x6» metodi.
    Ushbu metod yordamida bir vaqtning o‘zida 36 
    nafar o‘quvchini muayyan faoliyatiga jalb etish orqali ma’lum topshiriq 
    yoki masalani hal etish, shuningdek guruhlarning har bir a’zosi 


    106 
    imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. 
    «6x6x6» metodi asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotda har birida 6 
    nafardan ishtirokchi bo‘lgan 6ta guruh o‘qituvchi tomonidan o‘rtaga 
    tashlangan muammo (masala)ni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt 
    nihoyasiga yetgach o‘qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan 
    shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil 
    bo‘ladi. Yangi shakillangan guruh a’zoari o‘z jamoadoshlariga avvalgi 
    guruhi tomonidan muammo (masala) yechimi sifatida taqdim etilgan 
    xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda 
    muhokama qiladilar.
    «6x6x6» metodining afzallik jihatlari quyidagilardir;
    1)
    guruhlarning har bir a’zosini faol bo‘lishga undaydi;
    2)
    ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta’minlaydi;
    3)
    guruhning 
    boshqa 
    a’zolarining fikrlarini tinglay olish 
    ko‘nikmalarini hosil qiladi;
    4)
    ilgari surilayotgan bir necha fikrni umumlashtira olish, 
    shuningdek, o‘z fikrni himoya qilishga o‘rgatadi.
    Eng muhimi mashg‘ulot ishtirokchilarining har bir qisqa vaqt (20) 
    daqiqa mobaynida ham munozara qatnashchisi, ham tinglovchi, ham 
    ma’ruzachi sifatida faoliyat olib boradi.
    Ushbu metodni 5, 6, 7 va hatto 8 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lgan 
    guruhlarda ham qo‘llash mumkin. Biroq yirik guruhlar o‘rtasida 
    «6x6x6» metodi qo‘llanilganda vaqtni ko‘paytirishga to‘g‘ri keladi. 
    Chunki bunday mashg‘ulotlarda munozara uchun ham, axborot berish 
    uchun ham bir muncha ko‘p vaqt talab etiladi. Suz yuritilayotgan metod 
    qo‘llanilayotgan mashg‘ulotlarda guruhlar tomonidan bir yoki bir 
    nechta mavzu (muammo)ni muhokama qilish imkoniyati mavjud. 
    «6x6x6» metodidan ta’lim jarayonida foydalanish o‘qituvchidan faollik, 
    pedagogik mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofiq 
    shakllantira olish layoqatiga ega bo‘lishini talab etadi. Guruhlarning 
    to‘g‘ri shakllantirilmasligi topshiriq yoki vazifalarning to‘g‘ri hal 
    etilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin.
    «6x6x6» metodi yordamida mashg‘ulotlar quyidagi tartibda tashkil 
    etiladi:
    1.
    O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 
    tadan stul qo‘yilib chiqadi.
    2.
    O‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan 6ta guruhga bo‘linadilar. 
    O‘quvchilarni guruhga bo‘lishda o‘qituvchi quyidagicha yo‘l tutishi 
    mumkin;


    107 
    6 ta stolning har biriga muayyan ob’ekt surati chizilgan lavhani 
    qo‘yib chiqadi.Mashg‘ulot ishtirokchilariga turli ob’ektlar surati 
    tasvirlangan (jami 36 ta) varaqchalardan birini olish taklif etiladi. Har 
    bir o‘quvchi o‘zi tanlagan varaqchada ta’svirlangan surat bilan 
    nomlanuvchi stol atrofiga qo‘yilgan stuldan joy egallaydi.
    3.
    O‘quvchilar joylashib olganlaridan so‘ng o‘qituvchi mashg‘ulot 
    mavzusini e’lon qiladi hamda guruhlarga muayyan topshiriqlarni beradi. 
    Ma’lum vaqt belgilanib, munozara jarayoni tashkil etiladi.
    4.
    O‘qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli 
    o‘rinlarda guruh a’zolariga maslaxatlar beradi, yo‘l - yo‘riqlar ko‘rsatadi 
    hamda guruhlar tomonidan berilgan topshiriqlarning to‘g‘ri hal 
    etilganligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng guruhlardan munozaralarni 
    yakunlashlarini so‘raydi.
    5.
    Munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o‘qituvchi 
    guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Yangidan shakllangan har bir 
    guruhda avvalgi 6 ta guruhning har biridan bir nafar vakil bo‘lishga 
    alohida e’tibor qaratiladi. O‘quvchilar o‘z o‘rinlarini almashtirib
    olganlaridan so‘ng belgilangan vaqt ichida guruh a’zolari avvalgi 
    guruhlarga 
    topshirilgan 
    vazifa 
    va 
    uning 
    yechimi 
    xususida 
    guruhdoshlariga so‘zlab beradilar. Shu tartibda yangidan shakllangan 
    guruh avvalgi guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosalar ( topshiriq 
    yechimlari)ni muhokama qiladilar va yakuniy xulosaga keladilar.

    Download 5,02 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   251




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish