111
3.
Qarorni qabul qilish jarayonida guruhlarning har bir a’zosi
tomonidan bildirilayotgan variantlarning maqbullik hamda nomaqbullik
darajalari batafsil muhokama qilinadi. Har bir variantning afzallik va
noafzallik jihatlari yozib boriladi. Bildirilgan variantlar asosida
muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiluvchi usul xususida guruh
a’zolari bir to‘xtamga kelib oladilar.
4.
Munozara uchun ajratilgan vaqt nihoyasiga yetgach, har bir guruh
a’zolari o‘z guruhi qarori borasida axborot beradilar. Zarur hollarda
o‘qituvchi rahbarligidabarcha o‘quvchilar bildirilgan xulosalarni bir- biri
bilan qiyoslaydilar. Agarda barcha guruhlar tomonidan bir xil qarorga
kelingan bo‘lsa, o‘qituvchi buning sababini izohlaydi.