4.2.O‘qitishning zamonaviy vositalari
O‘qitishning zamonaviy vositalari va ularning turlari.
Hozirgi
kun ta’lim jarayonida faoliyat yurituvchi pedagog xodimlarni oliy ta’lim
muassasalarida tayyorlash jarayonida ularga didaktik materiallar,
ulardan foydalanish yo‘llari to‘g‘risida yetarli darajada bilim, ko‘nikma
va malakalarni shakllantirmasdan turib zamon talablari darajasidagi
mutaxassislarni tayyorlashga erishiib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham
bo‘lajak pedagoglarga didaktik materiallarning tarkibiy qismi bo‘lgan
didaktik vositalar, ularning turlari, imkoniyatlari va ta’lim jarayonida
foydalanish ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishga erishish
muhim hisoblanadi. Bularga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga
oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
117
•
didaktik materiallarning turlari bilan tanishib chiqish;
•
ushbu materiallarning didaktik imkoniyatlarini aniqlash;
•
ularni tayyorlash va ta’lim jarayonida foydalana olishni o‘rganish;
•
didaktik materiallardan foydalanishda qo‘llaniladigan vositalarning
turlari, ishlash tamoyilari va ularning tuzilishini bilish;
•
ulardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanishni bilish;
•
ularning didaktik imkoniyatlarini aniqlay olishni bilishi;
•
didaktik vositalardan tuzilgan majmualar bilan tanishish va
ularning didaktik imkoniyatlarini tahlil qila olish;
•
mashg‘ulot uchun majmua tuzishni o‘rganish va h.zo.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, o‘qitishning didaktik vositalari
bo‘lg‘usi o‘qituvchilarni kelgusidagi kasbiy faoliyati jarayonida zarur
bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradi.
Har birimizga hayotiy faoliyatimizdan ma’lumki, istalgan biror bir
ishni sifatli va samarali amalga oshirishimiz uchun biz albatta tegishli
vositalardan foydalanamiz.
Masalan: tuproqqa ishlov berishda yumshatish vositalaridan
foydalanamiz. Bunda tuvakdagi gul uchun kichik yumshatgich
belkurakchalardan, bog‘dagi tuproqqa ishlov berishda ketmon va
belkuraklardan, bir necha gektarlik ekinzor dalalarni shudgor qilishda
traktorlardan foydalanamiz. O‘z- o‘zidan ko‘rinib turibdiki, biror ishni
bajarishda vosita bo‘lmasa u ishlarni amalga oshirishda qiyinchiliklarga
duch kelishimiz aniq. Hatto ba’zilarini amalga oshirish imkoni ham
bo‘lmasdi. Jumladan, belkurak yoki ketmon yordamida bir necha
gektarlik er maydonini yumshatish imkoniyati qanchalik past bo‘lishi
hammamizga
ayon.
Xuddi
shu
kabi
mahsulot
tayyorlashda
dastgohlardan, yuk yoki pasajirlarni tashishda transportlardan, ommaga
axborot yetkazishda ommaviy axborot vositalaridan foydalanmasdan
turib mazkur ishlarni sifatli va samarali amalga oshirib bo‘lmas edi.
Kundalik hayotdagi kabi ta’lim jarayonini amalga oshirishda ham
turli xil vositalardan foydalaniladi. Bular ta’lim vositalar deb yuritiladi.
Demak, ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishga va uni yanada
takomillashtirishga xizmat qiluvchi vositalar ta’lim vositalari hisoblanar
ekan.
Ta’lim vositalari - bizga tanish, hayotimizda uchraydigan, hatto biz
doimo foydalanib yurgan vositalar ham bo‘lishi mumkin. Bundan
ko‘rinadi- ki, ta’lim jarayonida qo‘laniladigan vositalarning hammasi
ham aynan ta’lim berish uchun ishlab chiqarilgan vosita bo‘lmasligi
mumkin ekan. Ana shu jihatdan olib qaraganda ta’lim vositalardan
118
foydalanishni o‘zlashtirish qulay hisoblanib, ularning didaktik
imkoniyatlarini aniqlash va ulardan o‘rinli foydalanish asosiysi
hisoblanadi.
Kundalik hayotda ko‘pgina hollarda bir xil narsa bir vaqtda bir
qancha yo‘nalishlar uchun vosita bo‘lib xizmat qilish mumkin.
Masalan,televidenie:
•
u inson turmushida dam olish uchun vazifasini bajaradigan
ma’ishiy texnik vosita;
•
aholi orasida targ‘ibot ishlarini olib borishda ommaviy axborot
vositasi;
•
ta’limda masofadan turib o‘qitish vosita sifatida foydalaniladi.
Ta’lim vositalar ta’lim jarayonida muhim o‘rin tutib, mazkur
jarayonning asosiy tashkil etuvchilaridan biri hisoblanadi. Ularning
yordamida ta’lim jarayonida quyidagilar amalga oshiriladi:
•
nazariy mashg‘ulotlarda o‘quvchi- talabalarga yangi bilimlarini
berish uchun mavzuga doir o‘quv materiallarini tushuntirish, namoyish
qilish, tahlil qilish kabi ishlarda;
•
amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchi- talabalarga tanlagan kasblariga
oid vazifalarni bajarishga doir ko‘nikma va malakalarni shakllantirish
uchun bajariladigan ishni namuna sifatida amalga oshirish, mashq qilish
kabi ishlarda;
•
nazorat mashg‘ulotlarida o‘quvchi- talabalar bilimlarini nazorat
qilish va baholash uchun turli testlar hamda dasturlardan foydalaniladi.
Bundan tashqari auditoriyadan tashqari ishlarni olib borishda va
turli tadbirlarini o‘tkazishda ham ta’lim vositalarsiz ko‘zlangan
maqsadga erisha olmaymiz.
Endi bir tasavvur qilib ko‘raylik, mashg‘ulotda biror bir texnologik
mashina yoki jihozning ishlash tamoyili to‘g‘risida o‘qituvchi faqat
og‘zaki usul bilan qay darajada o‘quvchi- talabalarga ma’lumotlarni bera
olardi?
Agar bu ishda o‘qituvchi shu texnologik mashina yoki jihozning
printsipial sxemasidanmi, yoki uning virtiual yoki aynan modelidanmi,
yoki unga doir video materialdanmi foydalansa u holda o‘quvchi-
talabalarning uni tushunishlari, tasavvur qilishlari qay darajada oson
bo‘lardi?
Bu ikki vaziyatni solishtirsak natija yaqqol sezilib turadi. Albatta
ikkinchi vaziyatda samara yuqori bo‘ladi.
O‘quv jarayonida olib boriladigan mashg‘ulotlarda o‘qituvchi faqat
og‘zaki usul bilan tushuntirish bilan kifoyalanmasdan, barcha turdagi
119
o‘quv axborotlaridan foydalanadi. Bular sonli yoki yozma, ovozli yoki
tasviriy, hajmiy yoki harakatli, elektron yoki boshqa ko‘rnishlarda
bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, biz har bir ta’lim vositasining
imkoniyatlarini bilib olsak, ularning qay biridan qaysi vazifani, qanday
amalga oshirishda foydalanish samaraliroq ekanligini bilib olamiz.
Buning uchun avvalo ta’lim vositalari tasnifi bilan tanishib chiqishimiz
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Aniq bir soxalarida axborot tizimi va texnologiyalari ishlab chiqish
ularning hayotiy bossqichini, ularni ishlab chiqarish ishlashni va
hakozolarni loyihalash ishlab chiqish bosqichlari uchun tavsiyalar
tayyorlash. Informatikaning bosh vazifasi axborotni yangilash uslub va
vositalarni ishlab chiqish va axborotni qayta ishlashning texnologik
jarayonlarini tashkil etish ulardan foydalanishni ishlab chiqishdir.
Informatikaning asosiy vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi;
Istalgan xususiyatdagi axborot jarayonlarini tadqiq etish.
Axborot jarayonlarini tadqiq etishdan olingan jarayonlar negizida
axborotni qayta ishlaydigan axborot tizimini ishlab chiqish va yangi
texnologiyalarini yaratish;
Jamiyat hayotining barcha sohalari kompyuter texnalogiyasidan
samarali foydalanishning ilmiy va muxandislik muammolarini yaratish
va tadbiq etish va ta'minlashni hal etish
Informatika o‘z o‘zicha mavjud bo‘lmay ,balki boshqa sohalardagi
muammolarini xal etish uchun yangi axboriy texnika va texnalogyalarini
yaratishga qaratilgan kompleks ilmiy –texnik soxadir.
U boshqa soxalar xatto jarayonlar va xodisalar noformallashuvi
tufayli miqdoriy uslublarni qo‘llash munkin emas deb xisoblanadigan
ssxalarga xam tadqiqot uslub va vositalarini taqdim etadi . Informatikada
kompyuter texnikasi sharofati tufayli amaliy ro‘yobga chiqish mumkin
bo‘lgan matematik modellash uslublarining xalq qilinishini alohida
ajratib ko‘rsatish lozim .
Axborot tehnalogiyalari rivojlanishning zamonaviy jahon darajasi
shundaki, respublikada axborot makoninig infratuzilmalari va milliy
axborot hisoblash tarmog‘i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimi
yaratish iqsodiyot, boshqarish, fan va ta'lim samaradorligining muhim
omili bo‘lmoqda .
Bu muammolar ancha murakkab va ayni payitda respubikamiz
uchun dolzarbdir.
1994 yil dekabirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi
O‘zbekiston Respublikasining Kontseptsiyasi qabul qildi.
120
Ushbu Kontseptsiyasining asosiy maqsadi va unda qo‘yillgan
masalalar
quydagilaridan iborat ;
Milliy axborot – hisoblash tarmog‘ini yaratish
Axborotlarga tavar sifatida yondoshininig iqsodiy, xuquqiy va
me’yoriy hujjatlarni yuritish
Axborotlarni qayta ishlashda johon standartlariga rioya qilish;
Informatika industriyasini yaratish va rivojlantirish; axborotlar
texnalogiyasi soxasidagi fundamental tadqiqotlarni raxbarlantirish
qo‘llab - quvvatlash; informatika vositalaridan foydalanuvchilarni
tayorlash tizimini muvofiqlashtirish Kontseptsiyaning asosiy qoydalari
hisobga olingan «O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish
dasturi» ishlab chiqiladi, u uch maqsadli dasturni o‘z ichiga oladi;
Milliy axborot – hisoblash tarmog‘i EHM ning matematik va
dasturiy ta'milash Shaxsiy kompyuter .
Axborot jamiyatni rivojlantiruvchi va uning taraqqiyotiga asos
bo‘luvchi muxim vosita hisoblanadi . Shu kabi axborot insoniyat tarixida
eng
muxim
iqsodiy
ko‘rsatkichlardan
biri
bo‘lsa
,jamiyatni
kompyuterlashtirish esa iqsodiyotni tarkibiy jixatdan qayta ko‘rishda
asosiy xarakatlantiruvchi kuchdir.
Jamiyatni axborotlashtirish, yangi axborot texnalogiyalari bilan
ta'minlash insonlarning turli-tuman ma'lumotlarga bo‘lgan ehtiyojini
qondirishda muxim o‘rin tutadi.
Inson axborot olami ichra yasharkan, voqiya xodisalar
jarayonlarning bir-biriga aloqadorligini, o‘zaro munosabatlari va
moxiyatni tashkil etish, o‘z xayotidan kelib chiqayotgan murakkab
savollarga ilmiy javob topish maqsadida ko‘pdan-ko‘p dadil va
raqamlarga murojat qiladi.
Axborot tufayli nazariya amalyot bilan birikadi. Amaliyot
nazariyasi
nazariya
esa
amalyotsiz
mavjud
ham
bo‘lmaydi,
rivojlanmaydi ham .
Zavodlarimizning asosiy maqsadi informatika vositalarining
axamiyati to‘g‘risida fikir yuritish emas, balki jamiyatning axborotga
bo‘lgan extiyojini qondirishdagi usul va vositalar to‘g‘risida
tushunchaga ega bo‘lishdir.
Axborotlar turli vaqtda turlicha tarqatilgan bo‘lib, tarqatuvchilar
ham turli ko‘rinishda bo‘lishgan. (7-rasm)
121
Jurnal Globus Kitob
Qadimgi toshga
o‘yilgan yozuv
Rasmli ma’lumot
Magnit diski
|