• O‘qitishga oid axborotlarni uzatishning texnik voitalari
  • M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet80/251
    Sana06.09.2024
    Hajmi5,02 Mb.
    #270410
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   251
    Bog'liq
    Inf met

     
     
    O‘qitishning texnik vositalarining tasnifi. 
    O‘qitishga oid 
    axborotlarni uzatishning texnik voitalari,bilimlarni nazorat qilish, O‘qish 
    va mustaqil o‘qish,trenajyor, ko‘makchi, kombinatsiya qilingan. 
    O‘qitishga oid axborotlarni uzatishning texnik voitalari 
    diaproektorlar, 
    grafoproektorlar, 
    epiproektorlar, 
    magnitofonlar, 
    radioqurilmalar, musiqiy markazlar (audiosistemalar), proigrivatellar, 
    radiouzllar, 
    kinoproektorlar 
    va 
    kinoustanovka, 
    televizorlar, 
    videomagnitofonlar, SHEHM va boshqalar.
    Ba’zi chet el pedagoglari o‘quv jarayonida o‘qitishning texnika 
    vositalaridan keng ko‘lamda foydalanish o‘qituvchining mashina va uni 
    boshqaruvchi muhandis bilan almashtirilishiga olib boradi, deb 
    hisoblaydilar. Bunda o‘qituvchi tashkilotchi rolini bajaradi, o‘qitish 
    vazifasi esa texnika vositalariga yuklanadi. Ammo o‘qitish jarayonida 
    faqat bilim berilibgina kolmay, o‘qituvchi shaxsining murakkab ta’siri 
    amalga oshiriladi hamki, buning natijasida o‘quvchining dunyoqarashi, 
    xulk – atvor normalari shakllanadi, shaxsning kamol topishi sodir 
    bo‘ladi. Bunga esa o‘qituvchining ishtirokisiz erishib bulmaydi: uning 
    axlokiy prinsiplari chuqur bilimlar hamda keng saviya bilan birgalikda 
    har gal takrorlanmaydigan intelektual alokaning shunday sharoitini 
    yaratadiki, bunday sharoitsiz okibat natijada o‘qitish va tarbiyalashda 
    muvaffakiyat kozonish mumkin bulmaydi.
    Darslarda yangi materialni bayon etishda o‘qituvchi go‘yo eshittirib 
    fikrlaydi, bunda u o‘quvchilarga bilim beribgina kolmasdan, ularga 
    Rasm 10 Audiovizual sredstva.Yumshoq (softvare)


    128 
    mantikan fikrlash, fan muammolarini hal qilishga ijodiy yondoshish 
    uquvlarini singdiradi. O‘qituvchi o‘quvchilar uchun bilimlar manbai va 
    o‘quv jarayonini raxbarigina emas, balki taklid qilish uchun namuna 
    xamdir. O‘qituvchini o‘qitishning texnika vositalari bilan almashtirish 
    o‘quv jarayonida juda muhim narsani
    – o‘quvchiga pedagog shaxsning ta’sirini chikarib tashlaydi, bu esa 
    o‘quv jarayonini juda kambagallashtirib yuboradi.
    Barcha 
    texnika 
    vositalarining, 
    shu 
    jumladan, 
    o‘qitish 
    mashinalarining 
    xam 
    imkoniyatlari 
    cheklangan 
    – ular faqat 
    o‘qituvchining o‘quvchilarga kursatadigan ta’sirini oshiradigan quroldir.
    Kasb – hunar maktablarida yuqori malakali o‘qituvchilar, boy 
    texnikaviy imkoniyatlar, o‘quvchilarning texnikaviy ijodiyoti keng 
    rivojlanganligi tufayli o‘quv xonalarini o‘qitishning texnika vositalari 
    bilan jixozlashga, bu vositalarni bilim yurtlarida tayyorlashga, sanoatda 
    ishlab chikarilgan texnika vositalarini takomillashtirishga katta e’tibor 
    berilmokda. Xonalarni o‘qitishning texnika vositalari bilan jixozlashda 
    quyidagi asosiy texnikaviy - pedagogik talablarga amal qilish kerak:
    1.
    O‘quv kabinetlarini o‘qitishning texnika vositalari bilan 
    jixozlashda o‘quv jarayonida ulardan komleks tarzda foydalanishini 
    hisobga olishi zarur.
    2.
    O‘quv xonasining istagan joyida kurish va eshitish uchun yaxshi 
    sharoit ta’minlash lozim.
    3.
    O‘quv xonalarida o‘qitishning texnika vositalari ishlatilganda 
    shovqin manbalarini yo‘kotish kerak.
    4.
    Barcha texnikaviy qurilmalar puxta va buzilmay ishlashi darkor.
    5.
    Texnika vositalarining tuzilishi va ishlatilishi oddiy bo‘lishi 
    kerak.
    6.
    O‘qitishning barcha universal va maxsus texnika vositalaridan 
    birgalikda oqilona foydalanish lozim.
    7.
    Ishlatilishi iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofik bo‘lishi zarur.
    O‘quv kinosi – o‘qitishning eng ko‘p tarkalgan texnika vositasi 
    bo‘lib, ob’ekt
    hamda xodisalarni xarakatda va rivojlanishda namoyish qilishga, 
    materialni tekshirish va umumlashtirishga, shuningdek, aniq idrok 
    etishdan abstrakt idrok etishga o‘tishga imkon beradi. O‘quv filmidan 
    o‘qituvchi o‘quv materialini bayon etishida illyustratsiya sifatida, 
    shuningdek, o‘quvchilar uni mutaqil o‘rganishi uchun foydalanishi 
    mumkin.


    129 
    Film bilan ishlashning so‘nggi bosqichida o‘quvchilar savollar 
    berishiga imkoniyat yaratish kerak. Javob qaytarishga film materialni 
    yaxshi bilib olgan o‘quvchilarni jalb etish lozim.
    Diafilm va diapozitivlar, o‘quv kinosi kabi, ko‘rsatmalilik vositasi 
    hamda o‘quvchilar bilimlarining dastlabki manbai bo‘lishi mumkin. 
    Ko‘pincha diafilmdan ko‘rsatmalilik vositasi sifatida foydalaniladi, bu 
    xolda yassi ko‘rsatma qo‘llanmalarga qanday talablar qo‘yilsa, 
    diafilmlarga xam shunday talablar qo‘yiladi. Diafilm va diapozitivlarga 
    qo‘yiladigan uziga xos talablardan quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish kerakki, 
    kasb - hunar maktablarida ularni tayyorlashda bu talablarni hisobga olish 
    zarur:
    diafilm va diapozitivlarning mazmuni, avvalo, tasvirlash yo‘li bilan 
    berilishi kerak;
    subtitrlar (bayonlar, tushuntirish yozuvlari) o‘quvchilar ko‘zini 
    charchatmasligi lozim;
    rangli diafilmlardan rang didaktik masalalarni hal qilishga yordam 
    bera olgan taqdirdagina foydalanish darkor;
    qora oq tasvirdagi diapozitivlar seriyalarini komlektlashda ularga 
    rangli diapozitivlar kiritgan ma’qul.
    Ko‘pgina o‘quv adabiyotlarida didaktik vositalar asosan uch 
    yo‘nalishga ajratilgan holda qaraladi. Biz ham shu yo‘nalishda qarashni 
    maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
    1.
    Didaktik materiallar. 
    2.
    Didkatik materiallardan foydalanish uchun zarur bulgan ta’lim 
    vositalari. 
    3.
    Didaktik materiallar va ta’lim vositalari yordamida ta’limni 
    amalga oshirish uchun loyihalangan majmualar. 
    Didaktik vositalari hisoblangan didaktik materiallar quyidagilarni 
    o‘z ichiga oladi: 

    Ko‘rgazma materiallar; 

    Tarqatma materiallar; 

    O‘quv adabiyotlari; 

    Namunaviy materiallar; 

    Modellar; 

    Maketlar; 

    Stendlar; 

    Foto materiallar; 

    Audio materiallar; 


    130 

    Proektsion materiallar; 

    Televideo materiallar; 

    Elektron materiallar va h.zo. 
    Ta’limning texnik vositalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

    Fotografiya; 

    Auditiv vositalar; 

    Proektsion vositalar; 

    Televizion vositalar; 

    Video vositalar; 

    Kompyuterlar; 

    Mashq qilish vositalari va h.zo. 
    Loyihalangan majmualar ham ta’lim vositalari hisoblanib, ular 
    quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

    Ma’ruza zali; 

    Fan kabineti; 

    Kompyuter xonasi; 

    Laboratoriya xonalari; 

    O‘quv ustaxonalari; 

    Telestudiya; 

    Ijod markazi; 

    Ishlab chiqarish uchastkasi va h.zo. 
    Ta’lim jarayonini tashkil etishda mazkur jarayon samaradorligini 
    oshirish maqsadida o‘quvchi- talabalarga beriladigan, namoyish 
    qilinadigan, bajarib ko‘rsatiladigan va shunga o‘xshash barcha turdagi 
    o‘quv axborotlari didaktik materiallar deb yuritiladi. 
    Didaktik materiallar o‘z navbatida 3ta guruhga bo‘linadi: 
    1.
    Ko‘rgazmali materiallar. 
    2.
    An’anaviy o‘quv adabiyotlari. 
    3.
    Tarqatma materiallar. 
    Ularni ta’lim jarayonining qaysi bosqichida va nima maqsadda 
    qo‘llashimizga qarab ularni alohida guruhlarga ajratib chiqish mumkin. 
    Ko‘rgazmali materiallar 
    Mashg‘ulot davomida beriladigan o‘quv materiali o‘quvchi - 
    talablarga og‘zaki usulda yetkazishning imkoni bo‘lmaganda uni albatta 
    ko‘rgazmali tarzda berish kerak bo‘ladi. 
    Rasmlar, sxemalar, chizmalar, jadvallar, diagrammalar, plakatlar 
    kabi didaktik materiallar ta’lim tizimida ko‘rgazmali materiallar deb 
    yuritiladi. 


    131 
    Ko‘rgazmali materiallar axborotlarni ta’lim jarayonida barcha 
    o‘quvchi talabalar uchun umumiy tarzda berishga mo‘ljallangan bo‘lib, 
    udan asosan o‘qituvchi o‘quvchi - talabalarga yangi bilimlarini berishda, 
    nazariy mashg‘ulotlarda ko‘proq foydalaniladi.
    Odatda ko‘rgazmali materiallarda o‘quv axborotlari grafik 
    tasvirlagan bo‘ladi. Shuning uchun ham ulardan ta’lim jarayonida 
    foydalanish 
    o‘quvchi - talabalarning o‘rganilayotgan nazariy 
    materiallarni tushunishlarini osonlashtiradi.
    Ko‘rgazmali materiallar o‘z navbatida bir necha turlarga bo‘linadi. 
    Ularning har biriga alohida to‘xtalib o‘tamiz. 
    1. Rasmlar
    .
    Rasmlar eng oddiy ko‘rgazmali material hisoblanib, undan 
    o‘qituvchi o‘rganilayotgpn yangi mavzuga oid ob’ektning umumiy 
    ko‘rinishi, 
    qismlari, 
    shakli, 
    nisbiy 
    o‘lchamlarini ko‘rsatishda 
    foydalanadi.
    Masalan, texnologik mashinaning tuzilishini, turli tomondan 
    ko‘rinishini, tashkil etuvchi qismlarini tushuntirishda rasmlardan 
    foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
    2. Sxemalar.

    Download 5,02 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   251




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi

    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish