• «Fikriy hujum»
  • «Yalpi fikriy hujum» metodi.
  • «Fikriy hujum» («Mozgovaya ataka»)




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet70/251
    Sana06.09.2024
    Hajmi5,02 Mb.
    #270410
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   251
    Bog'liq
    Inf met

    «Fikriy hujum» («Mozgovaya ataka»)
    metodi. Mazkur metod 
    o‘quvchilarning mashg‘ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta’minlash, 
    ularni erkin fikr yuritishga rag‘batlantirish hamda bir fikrlash 
    inersiyasidan ozod etish, muayyan mavzu yuzaidan rang- barang 
    g‘oyalarni to‘plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish yechish 
    jarayoning dastlabki bosqichida paydo bo‘lgan fikrlarni yengishga 
    o‘rgatish uchun xizmat qiladi. 
    «Fikriy hujum»
    metodi A.F.Osborn 
    tomonidan ta’vsiya etilgan bo‘lib, uning asosiy tamoyili va sharti 
    mashg‘ulot (bahs)ning har bir ishtrokchisi tomonidan o‘rtaga 
    tashlanayotgan fikrganisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash, har qanday 
    gap va hazil - mutoyibalarni rag‘batlantirishdan iboratdir. Bundan 
    ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning mashg‘ulot (bahs) jarayonidagi 
    erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan
    samarali va muvaffaqiyatli foydalanish o‘qituvchining pedagogik 
    mahorati va tafakkur ko‘lamining kengligiga bog‘liq bo‘ladi. «Fikriy 
    hujum» metodidan foydalanish chog‘ida o‘quvchilarning soni 15 
    nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodga asoslangan 
    mashg‘ulot bir soatga qadar tashkil etilishi mumkin.


    105 
    «Yalpi fikriy hujum» metodi.
    Ushbu metod J.Donald Filips 
    tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uni bir necha o‘n ( 20- 60) nafar 
    o‘quvchilardan iborat sinflarda qo‘llash mumkin. Metod o‘quvchilar 
    tomonidan yangi g‘oyalarning o‘rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib
    berishga xizmat qiladi. Har bir 5 yoki 6 nafar o‘quvchilarni o‘z ichiga 
    olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo‘lgan turli 
    xil topshiriq yoki ijodiy vazifalar beriladi. Topshiriq va ijodiy vazifalar 
    belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haqida guruh a’zolaridan 
    biri axborot beradi. Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq yoki 
    ijodiy vazifaning yechimi) o‘qituvchi va boshqa guruhlar a’zolari 
    tomonidan muhokama qilinadi va unga baho beriladi. Mashg‘ulot 
    yakunida o‘qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning 
    yechimlari orasida eng yaxshi va o‘ziga xos deb topilgan javoblarni 
    e’lon qiladi. Mashg‘ulot jarayonida guruh a’zolarining faoliyatlari 
    ularning ishtiroklari darajasiga ko‘ra baholab boriladi.

    Download 5,02 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   251




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish