NAZORAT QILISH VA BAHOLASH USULLARI




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/251
Sana06.09.2024
Hajmi5,02 Mb.
#270410
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   251
Bog'liq
Inf met

 
3.2. NAZORAT QILISH VA BAHOLASH USULLARI
 
Nazorat va uning turlari. 
Ta’lim tashhisi mohyaiti haqida 
gapirishdan oldin tashhisni umumiy yondashuv hamda tashhislashni 
amaliy pedagogik faoliyat jarayoni sifatida qabul qilamiz. Tashhis – bu 
didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning 
natijalarini belgilash demak. Tashhissiz didaktik jarayonni samarali 
boshharish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin 
emas. Ta’lim tashhisida oqibatlar, erishilgan natijalar va ta’lim olganlik 
farqlanadi. 
Shuningdek, 
ta’lim olganlikni tashhislash vaqtida 
belgilangan maqsadni amalga oshirishda erishilgan daraja sifatida ham 
qaraladi. Didaktik tashhisning maqsadi o‘quv jarayonini uning 
samaradorligi bilan bog‘liq holda aniqlash, baholash va tahlil qilishdan 
iborat.
Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, tashhis ta’lim oluvchilarning 
bilim, ko‘nikma va malakalarini an’anaviy tekshirishga nisbatan 
kengroq va chuqurroq ma’no kasb etadi. Ta’limni baholash yoki 
tekshirish faqat natijalarni qayd etadi, biroq ularning kelib chiqishini 
izohlamaydi. Tashhis natijalarini ularga erishish yo‘llari va vositalari, 
usullari bilan aloqadorlikda baholaydi, ta’lim samarasini ta’minlovchi 
jarayon va bosqichlarni aniqlaydi:
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish, 
baholash tashhislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Ular 
pedagogik texnologiyaning ancha qadimiy usullaridir. Nazorat va 
baholash maktab amaliyoti rivojining doimiy hamrohi bo‘lib kelgan. 
Shunga qaramay, bugun ham baholashning mazmuni, texnologiyalari 
haqida qizg‘in munozaralar davom etmoqda. Avval bo‘lgani kabi 
pedagoglar 
baho 
nimani 
qayd 
etishi 
lozimligini 
aniqlashga 
urinmoqdalar. Ularning fikrlaricha, bahoning:
1)
ta’lim oluvchining o‘zlashtirish darajasini qat’iy belgilovchi – 
sifat ko‘rsatkichi, yoki;
2)
u yoki bu ta’lim tizimining ustunligi, kamchiliklarini 
ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich ekanligi aniq belgilanishi zarur.
Ta’limni baholashda ziddiyatli harashlarning tug‘ilishini buyuk 
pedagog YA.A.Komenskiy ham ta’kidlab o‘tgan edi. U pedagoglarni 


91 
o‘zlari ega bo‘lgan baholash huquqidan aql bilan foydalanishga 
chaqirgan. Ta’lim oluvchilarga nisbatan nazoratning ob’ektiv bo‘lishiga 
erishish didaktik tizimlarning asosida yotadi.
Olimlarning ta’kidlashicha, demokratlashgan ta’lim tizimida yuzaki 
(formal) nazorat bo‘lmasligi lozim, Didaktik nazorat ta’limning o‘ziga 
xos metodi sifatida aniq ifodalangan ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi 
xususiyatga ega bo‘lishi o‘z- o‘zini nazorat qilish bilan birlashishi, eng 
avvalo, ta’lim oluvchining o‘zi uchun zarur va foydali bo‘lishi lozim.
Ta’lim tizimini demokratlashtirish bilim, ko‘nikma va malakalarni 
nazorat va baholashdan emas, balki baho yordamida o‘qishga 
undashning murakkab shakllaridan voz kechishni talab qiladi. 
O‘quvchilarning o‘quv mehnatini rag‘batlantirishning yangi usullarini 
izlash, ta’lim va tarbiya sohasida kuch to‘plab borayotgan shaxsiy foyda 
tamoyili yangicha yondashuvlarni belgilab beradi. Tashhislash tizimida 
baho rag‘batlantirish vositasi sifatida bir qator afzalliklarga ega. Birinchi 
navbatda, baholovchi fikrlar (ballar) qo‘llanishi mumkin bo‘lgan 
tashhislash natijalari shaxsning yetuklik darajasini belgilashga 
ko‘maklashadi, bu esa raqobatli ta’lim sharoitlarini yaratishda muhim 
omil sanaladi. Ta’lim (shuningdek, nazorat)ning ixtiyoriyligi tamoyili 
bilan boyitilgan baho o‘tmishda o‘quvchilar uchun majburiy bo‘lgan 
ta’limning zaruriy vositasidan shaxsiy reyting – shaxsning jamiyatdagi 
mavqei ko‘rsatkichini tadrijiy aniqlash usuliga aylanadi.

Download 5,02 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   251




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish