"Besh minutlik esse"
Yozma vazifaning ushbu turi dars oxirida qo‘llaniladi. Uning
maqsadi o‘quvchilarga o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha bilimlariga
xulosa yasash bo‘lsa, o‘qituvchi uchun o‘quvchilari ongida nimalar ro‘y
berayotganligini bilishdan iborat. O‘quvchilardan quyidagi ikki vazifani
bajarish so‘raladi:
➢
mazkur mavzu bo‘yicha nimalarni bilib olganliklarini va o‘zlari
javob ololmagan biror savolni yozib berish.
O‘qituvchi yozma ishlarni darhol yig‘ib oladi, keyinchalik esa,
ularni tahlil etib, uning natijalaridan keyingi darsni rejalashtirishda
foydalanishi mumkin.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi”
asosida ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va Davlat umummilliy
dasturini ro‘yobga chiqarishda sifat va samaradorlikni tatbiq etish biz
pedagog- psixologlar zimmasiga katta ma’suliyatni yuklaydi.
85
Ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishning yetakchi tendentsiyalaridan biri –
inson faoliyatining hamma sohalari shuningdek, ta’lim sohasiga
innovatsion, interfaol usullarning kirib kelishi va yangi pedagogik
texnologiyaning quyidagi imkoniyatlaridan samarali foydalanishga
sharoit yaratib beradi:
-
har bir yoshlarga ta’lim olish imkoniyatini beradigan oliy ta’lim
tizimi;
-
bilish jarayonini tashkil etishni o‘rgatish;
-
ta’limni axborot- metodik ta’minlashning samarali tuzilishini
yaratish;
- qiziqarli faol usullarni qo‘llash va xususiyatlaridan foydalanish
hamda uni qo‘llay bilish.
Ta’limning qiziqarli faol usulidagi muammolarni yechishga ilmiy
yondashuv o‘quvchilarning kompleks bilim, malaka, ko‘nikmalari
shaxsiy sifatlarini shakllantirilishi orqali kasbiy vazifalarni samarali
bajarish va interfaol usullarni ta’lim jarayonlarida, jumladan psixologiya
fanini o‘qitishda qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Prezidentimiz aytganlariday: “Agar o‘quvchilar erkin fikrlashni
o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. Albatta,
bilim kerak. Ammo bilim o‘z yo‘liga, mustaqil fikrlash ham katta
boylikdir”.
Yuqorida aytilgan masalalarni hal etish faninlarni o‘qitishda yangi
pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish darkor.
Yangi pedagogik texnologiyalar asosida ta’limning qiziqarli faol
usullarini yaratish va undan foydalanish kasb- hunar ta’limida davlat
standarti ta’limning optimal tashkil etilishini ta’minlaydi va mazmunini
belgilaydi.
Fanlarni o‘qitishda zamonaviy va qiziqarli faol usullar asosida
darslarni tashkil etish, bugungi kunda muhim ahamiyatga egadir.
Buning uchun o‘qitishda ta’limning qiziqarli, faol usullari asosida
pedagogik jarayonlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Ta’limning
qiziqarli interfaol usullari: “Kichik va katta guruhlarda ishlash”,
“Guruhlar munozarasi”, “Rolli o‘yinlar”, “Sahna ko‘rinishi”, “Har kim,
har kimga o‘rgatadi”, “Zakovat” o‘yini, “Krossvordlar yechish”, “Test
sinovi o‘tkazish” kabilarni qo‘llash orqali psixologiya darslari mazmunli
tashkil etiladi. Yuqoridagi usullar asosida ta’lim- tarbiya jarayonlarini
tashkil qilish davr talabidir. Dars mashg‘ulotlarida ta’lim
samaradorligini oshirish uchun yangi usul va yo‘llarni izlash, amaliyotda
qo‘llash har bir o‘qituvchida ijodkorlik, yangilanish, yaratish hissiyotini
86
shakllantirish tabiiy hol bo‘lishi kerak. Shularni e’tiborga olgan holda,
ta’limning interfaol usullari “Katta guruhlarda ishlash”, “Kichik
guruhlarda ishlash” usullaridan foydalangan holda o‘quvchi- yoshlar
bilimining samaradorligini oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ayniqsa,
kasb- hunar kollejlaridagi ta’lim jarayonlarida yuqoridagi usullardan
foydalanish orqali darsda vujudga keladigan muammoli vaziyatlarni
o‘zlarida mavjud bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar orqali hal
qilishga, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishdan iboratdir.
Shunga ko‘ra, yangi darsda vujudga keladigan muammoli vaziyatni
hosil qilinadi, guruhlarga bo‘linib, turli topshiriqlar beriladi. Shundagina
o‘quvchilar faol ishtrok etuvchi sub’ektga aylanishi, erkin fikrlay olishi
va o‘z fikrini aytishi va uni himoya qilishi, tashabbuskor, mustaqil bo‘la
olishi mumkin. Bu xususiyatlarning shakllanishi o‘quvchining ruhiy
holatiga ham tahsir etadi va ta’limning interfaol usullari asosida
o‘quvchilarda o‘ziga xos fikrni aytish, boshqalar fikrini muhokama
qilish, xulosalash, qiyoslash, inkor qilish kabi xususiyatlar tarkib topadi.
Umuman olganda, ta’lim jarayonlarida qiziqarli faol usullardan
foydalanish orqali darsda o‘quvchilar faol ishtrok etuvchi va bilim
oluvchi, o‘z bilimini namoyish etuvchi va hatto bilim beruvchi bo‘lishi
mumkin.
“
Interaktiv
” atamasi aslida inglizcha “
interaktiv
” so‘zidan olingan
bo‘lib, “
o‘zaro ta'sirlashish
” ma'nosini bildiradi va biror faoliyat yoki
metodda o‘zaro bahs - munozara, fikrlash asosida faoliyat yoki
hamjixatlik bilan hal etish tushuniladi.
Interaktiv (“inter”-
vzaimniy
, “akt”-
deystvie
- “o‘zaro ta'sir”
ma'nosini bildiradi) uslubiy yondashuvda o‘quvchilar bilish va o‘rganish
jarayoniga butunlay sho‘ng‘ib ketadilar, ular o‘zlari bilgan va
o‘ylayotganlari xususida bahslashishlari ham mumkin. Bahslashish
mobaynida o‘quvchilar fikrlarini o‘z tengdoshlariga qanday tushuntirish
kerakligini, g‘oyalarini qanday bayon qilishni o‘rganadilar. Interaktiv
usullar darslarda maqsadga erishish uchun yetarli zamin yaratadi.
O‘qituvchi dars rejasini tuzadi (qoida bo‘yicha interaktiv mashq va
topshiriqlar o‘quvchi o‘zlashtirayotgan material bilan o‘zaro bog‘liq
bo‘ladi). O‘quvchilar bajaradigan interfaol darsdagi interaktiv mashq va
topshiriqlar uning asosiy tarkibi hisoblanadi.
Interfaol usulida inson fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi 60 dan
ziyod interfaol strategiya (usul)lar bayon qilingan. Bu strategiyalar
o‘zining soddaligi, o‘ta ommaviyligi va o‘qitish samaradorligi hamda
87
talabalar
fikrlash
qobiliyatini
benihoya
rivojlantirishi
bilan
ahamiyatlidir.
Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan
biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak
natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni
tahsil oluvchilarga yetkazib berish, ularda ma'lum faoliyat yuzasidan
ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, tahsil oluvchilar
faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma
hamda malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik
mahorat hamda ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab
etadi.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda tahsil
oluvchilarning o‘quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta'lim
tarbiya
jarayonining
samaradorligini
kafolatlovchi
pedagogik
texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu
tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar
|