89
og‘zaki va yozmaish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg‘ulot
davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat
bilan o‘quvchi yoki o‘qituvchi rolida bo‘lishi, kerakli balni to‘plashga
imkonoyat beradi.
«Bumerang» texnologiyasi tanqidiy fikrlash mantiqiy shakllantirishga
imkoniyat
yaratadi, xotirani, g‘oyalani, fikrlarni, dalillarni yozma va
og‘zaki shakllarda bayon qilish ko‘nikmalarni rivojlantiradi.
Mazkur interfaol usuli ta`lim
bilan bir qancha tarbiyaviy
xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
-
jamoa bilan ishlash mahorati;
-
muomalalik;
-
ko‘nikuvchanlik;
-
o‘zgalar fikriga hurmat;
-
faollik;
-
rahbarlik sifatlarini shakllantirish;
-
ishga ijodiy yondashish;
-
o‘z faoliyatini samarali
bolishga qiziqish;
- o‘zini xolis baholash.
«Tarmoqlar» interfaol metodi
– o‘quvchi (talaba)ni mantiqiy
fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish,
mustaqil ravishda
adabiyotlardan foydalanishga o‘rgatishga qaratilgan.
Fikrlashning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bo‘lib, u
o‘quvchi(talaba)larning bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam
berib, ularni mavzuga taalluqli tushunchaga yoki aniq fikrni erkin va
aniq ravishda ma`lum ketmaketlik bilan uzviy bog‘langan holda
tarmoqlanishlarga o‘rgatadi.
Mazkur interfaol metod bilan bir mavzuni chuqur o‘rganishdan
avval o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini
jadallashtirish hamda
kengaytirish uchun xizmat qilish mumkin. Shuningdek, o‘tilgan
mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda
o‘quvchi (talaba)larni ushbu mavzu bo‘yicha
tasavurlarini chizma
shaklda ifodalashga undaydi.
«Klaster»
metodi
yordamida
o‘zlashtirilgan
bilimlarni
mustahkamlash quyidagicha amalga oshiriladi:
O‘quvchi (talaba) lar guruhlarga bo‘linadilar va ularga belgilangan
vaqt ichida mavzu bo‘yicha qanday tushunchalarni o‘zlashtirgan
bo‘lsalar, ularni qog‘ozga yozish vazifasi topshiriladi. Vazifani bajarish
davomida fikrlarning tog‘ri yoki noto‘g‘riligiga ahamiyat bermaslik,
nimani o‘ylagan bo‘lsa, shuni yozib borish talab etiladi. Yozuvning
90
texnik jihatlariga e’tibor bermaslik aytib o‘tiladi. Fikrlar tugagandan
keyin guruh a`zolari tushunchalarni mantiqiy jihatdan bir biriga bog‘lab
chiqadilar.