Ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish va natijalarini




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/251
Sana06.09.2024
Hajmi5,02 Mb.
#270410
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   251
Bog'liq
Inf met

Ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish va natijalarini 
baholash. 
O‘quvchilarning ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga 
qo‘yiladigan pedagog talablar (buni pedagog olim N.A.Sorokin ta’rifida 
berishni ma’qul deb topdik) ta’lim nazariyasi va amaliyotida 
quyidagicha belgilangan:
1)
har bir o‘quvchining o‘quv faoliyatini nazorat qilishni talab 
etadigan, sinf yoki guruhning o‘quv ishi natijalari o‘quvchining shaxsiy 
natijalarining o‘rnini almashtirishga yo‘l bermaydigan nazoratning 
individual tavsifi;
2)
nazoratni ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida: boshlang‘ich 
idrok etishdan to bilimlarni amalda qo‘llashgacha bo‘lgan bosqichlarida 
o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarining boshqa tomonlari bilan birgalikda 
olib borishning tizimliligi;
3)
nazoratning o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini hal 
etadigan, uni olib borishga o‘quvchilarni qiziqtiradigan turli shakllari;
4)
o‘quv 
dasturining 
barcha 
qismlarini 
qamrab 
olgan, 
o‘quvchilarning nazariy bilimlari, intellektual hamda amaliy ko‘nikma 
va malakalarini tekshirishdan iborat nazoratning keng ko‘lamliligi;
5)
o‘quvchilarni har jihatdan bilib olmasdan turib, o‘qituvchining 
xato xulosalar chiharish, sub’ektiv munosabatda bo‘lishiga yo‘l 
qo‘ymasligi, shuningdek, o‘zlashtirish natijalarini baholashda baho 
mezonlariga qat’iy rioya qilishni talab etadigan nazoratning xolisligi 
(ob’ektivligi);


96 
6)
har bir fan, uning bo‘limlarining maxsus xususiyatlari, 
shuningdek, o‘quvchilarning shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda 
turli nazorat metodlarini tanlashning tabaqalashganligi;
7)
muayyan sinf (guruh) o‘quvchilarining o‘quv ishlarini nazorat 
qilishda barcha o‘qituvchilar tomonidan qo‘yiladigan talablarning bir xil 
bo‘lishi.
Yuqorida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilish orqali nazoratning 
ishonchliligi ortadi va yoquv jarayonida o‘z vazifalarini hal qilishga 
imkon yaratiladi.
Pedagogi - psixologik fani bilimlarni o‘z vaqtida nazorat qilish va 
baholashning uchta vazifasi borligini alohida uqtiradi:
1.
O‘zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga qarab davlat 
ta’lim standartlari qanday bajarilayotganligi nazorat qilinadi va vazifalar 
belgilanadi.
2.
Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o‘quvchilarda 
bilimlar yanada kengayadi. Bu bilan ta’lim muassasalari oldida turgan 
ta’limiy maqsad bajariladi.
3.
Ta’lim sohasida yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta’sir 
ko‘rsatadi, ularda ko‘tarinki ruh, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch va 
qiziqish paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham ta’lim natijalarini nazorat 
qilish va baholash ta’lim tizimining ajralmas qismidir.
Ana shu vazifalardan kelib chiqib o‘quvchilar o‘quv faoliyatini 
hisobga olishning bir qator shakl va metodlari asoslangan.
Har bir fan bo‘yicha o‘quvchining o‘quv faoliyatini nazorat qilish 
va baholash chorak yoki yarim yillik davomida muntazam ravishda olib 
boriladi va quyidagi nazorat turlari orqali baholanadi:
– joriy nazorat;
– oraliq nazorat;
– yakuniy nazorat.
Joriy nazorat – bu ta’lim jarayonida o‘quvchilar tomonidan o‘quv 
dasturida belgilangan muayyan mavzularni o‘zlashtirilish bo‘yicha 
bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. Bu 
nazorat o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilib, o‘quvchilarning bilim 
darajasini aniqlash fanning har bir mavzusi bo‘yicha kundalik ballar 
qo‘yib borishni nazarda tutadi.
Oraliq nazorat o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining muayyan 
bob yoki bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va 
malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.


97 
Yakuniy nazorat – ta’lim oluvchilarning chorak yoki yarim yillik 
uchun belgilangan o‘quv materiallari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, 
ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli bo‘lib, 
o‘rganilgan mavzular bo‘yicha yozma, og‘zaki, test shaklida o‘tkaziladi.
O‘quvchilarning faoliyatini hisobga olish metodlari og‘zaki, yozma, 
test hamda amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan bo‘lishi mumkin.
Og‘zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va 
baholashning ancha keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir.
Og‘zaki tekshirishning mohiyati shunda ko‘rinadiki, o‘qituvchi 
o‘quvchilarga o‘rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, 
ularning 
o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi. Og‘zaki tekshirish 
o‘quvchilarning bilimlarini tekshirishni savol- javob usuli asosida 
amalga oshiriladi. Ushbu usul ayrim hollarda suhbat usuli deb ham 
atashadi.
Og‘zaki tekshirishda o‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzuni alohida 
qismlarga ajratadi va ularni har biridan o‘quvchilarga savollar beradi. 
Biroq, o‘quvchilarning nutqini o‘stirish hamda ularning chuqur va 
mustahkam bilimga ega bo‘lishlari uchun ulardan shu yoki oldingi 
mavzuni butunlay esga tushirishni talab qilish mumkin. Ko‘pgina 
fanlarda og‘zaki tekshirish o‘quvchilarning javoblarini yozma 
mashqlarni 
tashkil 
etish 
asosida 
to‘ldirib 
boriladi. 
Masalan, 
o‘quvchilarning 
«Qo‘shma 
gaplar» 
mavzusini 
qanday 
o‘zlashtirganliklarini tekshirishda ana shunday yo‘l tutish mumkin. Ular 
o‘z javoblarini isbotlash uchun misol keltiradilar. Bu misollarni doskaga 
yozib, sintaktik va grammatik jihatdan tahlil qiladilar. Matematika, 
fizika va ximiyadan og‘zaki tekshirish qoidaga muvofiq misol va 
toptiriqlarni amaliy ko‘nikma va malakalar baholash maqsadidan kelib 
chiqib hal etiladi. Keng tarqalganligi va samarali ekanligiga qaramay 
o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashda og‘zaki 
tekshirish ayrim kamchiliklarga ham ega. Chunonchi, uni qo‘llash 
jarayonida:
-
nisbatan ko‘p mehnat sarflanadi;
-
dars mobaynida 3- 4 nafar o‘quvchinigina bilimini tekshirish 
mumkin.
Shu bois o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashning 
muvaffaqiyatini ta’minlash uchun turli shakllardan foydalaniladi.
Og‘zaki ommaviy tekshirish o‘quvchilardan og‘zaki so‘rash bo‘lib, 
ular guruhga haratilgan savollarga javob beradilar. Bunday tekshirishda 
javoblar qisqa bo‘ladi. Mazkur so‘rash ko‘pchilik o‘quvchilarni nazorat 


98 
qilishni ta’minlaydi va butun guruhni faollashtiradi, ammo 
o‘quvchilarning nutqini o‘stirmaydi. Bunday nuqsonlar individual 
so‘rashda ko‘zga tashlanmaydi. Ammo so‘rashning bu shaklida 
guruhdagi boshqa o‘quvchilarning to‘laqonli ishlashlariga erishish juda 
qiyin.
Kombinatsiyalangan (tezlashtirilgan) tekshirishda o‘qituvchi bir 
necha o‘quvchini bir vaqtda doskaga chaqiradi, biri og‘zaki javob 
beradi, 3- 4 nafar o‘quvchi esa kartochkalar bo‘yicha yozma ishni 
bajarishadi va hokazolar. Bu tekshirishning murakkab usuli bo‘lib, 
o‘qituvchidan yetarlicha tajriba va diqqatlarini guruhdagi hamma 
o‘quvchilarga taqsimlay bilishni talab qiladi.
Yozma tekshirish – o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va 
malakalarini nazorat qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri 
bo‘lib, ularning ijodiy qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur 
usulning mohiyati shundaki, o‘qituvchi alohida mavzu yoki o‘quv 
dasturining ma’lum bo‘limini o‘tib bo‘lganidan so‘ng o‘quvchilarning 
bilimlarini nazorat qilish va baholashni tashkil etadi. Yozma tekshirish 
topshiriq, ya’ni, insho yozish hamda turli nazorat va mustaqil ishlarni 
bajarishni uyda ham amalga oshirishga imkon beradi. Ushbu jarayonda 
o‘qituvchining bajarilgan ish bilan tanishib chiqishi, uning sifatini 
tekshirishi uchun ko‘p mehnat va vaqt sarflanadi.
Amaliy 
topshiriqlarni 
bajarishga 
asoslangan 
tekshirish. 
Bajarilayotgan amaliy
harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to‘g‘riligini kuzatish yoki 
olingan natijalarga tayanishdan iborat bo‘lishi mumkin.
O‘quvchining butun dars davomidagi barcha faoliyatlarini nazorat 
qilish tekshirishning maxsus turi bo‘lib, u o‘quvchining darsdagi 
ishtiroki uchun ball qo‘yish bilan yakunlanadi. Bu o‘quvchini doimo 
harakat qilishga va faollikka undaydi.
Ma’lumki, bugun ta’lim tizimida reyting nazoratidan keng 
foydalanilmoqda. Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, 
klassifikatsiyalash, bironta hodisani oldindan belgilangan shkala 
bo‘yicha baholash tushuniladi.
Shkalalash – aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida 
modellashtirish. Uning turli uslublari sifat tavsiflarini miqdoriy 
o‘zgarishlarga aylantirishga yordam beradi. Reyting nazorati asosida 
o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini hisobga olishning yuqorida keltirilgan 
metodlari bilan birga test usulidan ham samarali foydalanilmoqda. Test 
so‘rovidan nafaqat o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari 


99 
darajasini 
aniqlash, 
balki 
1993 
yildan 
boshlab 
O‘zbekiston 
Respublikasida abituriyentlarni oliy o‘quv yurtlariga tanlov asosida 
qabul qilish jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda.
Test – aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va 
miqdoriy ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi.
Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzalliklari ko‘zga 
tashlanadi. Ular quyidagilardir:
1)
nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi;
2)
nazariy va amaliy bilim darajasini ob’ektiv sharoitda aniqlash 
imkonining mavjudligi;
3)
bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli o‘quvchilar bilan nazoratni tashkil 
etish mumkinligi;
4)
bilim natijalarining o‘qituvchi tomonidan qisqa muddatda 
tekshirilishi;
5)
barcha o‘quvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, 
ular uchun bir xil sharoitning yaratilishi.
Ta’lim tizimi uzluksiz ravishda islohotlarni amalga oshirishni talab 
etadigan sohadir.
Ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish jarayonida 
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va 
baholash ham yangicha mazmun kasb etdi. Davlat ta’lim 
standartlarining ishlab chiqilganligi, yangi o‘quv dasturining amaliyotga 
joriy etilganligi, erkin va mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashga 
nisbatan yuqori talabning qo‘yilayotganligi, ta’lim amaliyotiga 
pedagogik texnologiyalar olib kirilayotganligi, o‘quvchilarni kasbga 
muvaffaqiyatli yo‘llash maqsadida psixologik va pedagogik diagnostika 
barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng ko‘lamda amalga 
oshirilayotganligi kabi holatlar ko‘zga tashlanayotgan bir vaqtda 
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini eng samarali shakl, 
metod va vositalar yordamida nazorat qilish hamda baholash muhim 
ahamiyatga ega.
O‘quvchilar bilimini baholashning besh balli tizimining 
eskirganligi, zamon talablariga javob bera olmagani uni reyting tizimi 
asosida baholash uslubi bilan almashtirishni taqozo etdi. Shu o‘rinda 
«Qanday sabablarga ko‘ra besh balli baholash mezoni o‘zini oqlamadiq» 
degan savolga javob berish o‘rinlidir:
Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash 
Milliy dasturi» ta’limni dekmokratik va insonparvarlik tamoyillari 
asosida rivojlantirishni nazarda tutadi. Besh balli baholash tizimi 


100 
qattiqqo‘llik, o‘qituvchining mustabidligi hamda uning ta’lim jarayonida 
yakka hukmronligini ta’minlashga xizmat qilib kelgan.
Demak, ushbu jarayonda talab va amaldagi holat bir - biriga 
muvofiq kelmaydi. Ikkinchidan, baholash mezoni o‘qituvchi va 
o‘quvchi o‘rtasida ixtiloflarni keltirib chiharishga emas, aksincha, o‘zaro 
faol hamkorlik, bir- birini tushuna olishlari uchun xizmat qilishi lozim.
Uchinchidan, baholash mezoni faqatgina o‘quvchilar tomonidan 
bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilish darajasini nazorat qilish 
uchungina emas, balki ta’limni tashhis etishning faol ko‘makchisiga 
aylanishi zarur.
Baholashning besh balli tizimi birdan beshgacha farqlanuvchi 
dastlabki baholar qo‘yish tartibini bildirib, mohiyatan baholar o‘rtasida 
yig‘indisining o‘rtacha arifmetik qiymati asosida choraklik (yillik) 
bahoni belgilashdan iborat.
Masalan, o‘quvchi biror o‘quv fanidan uchta nazorat ishini 3, 4 va 5 
ga bajargan, joriy nazorat bo‘yicha ham shunday natijalarni qayd etgan 
bo‘lsa, unga chorak uchun «4» baho qo‘yiladi. Bu esa o‘quvchi joriy, 
oraliq va yakuniy nazorat paytida yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, ijobiy 
baholanishiga, chorak oxirida muayyan mavzudan olgan «5» bahoga 
berilgan javoblarining mutlaqo inobatga olmasligiga sharoit yaratadi.
«Reyting» 
(inglizcha 
baholash, 
tartibga 
keltirish, 
klassifikatsiyalash) muayyan hodisani oldindan belgilangan shkala 
bo‘yicha baholash. Reyting tizimi o‘quvchilarning bilim sifatini nazorat 
qilish turi, metodi va shakli sifatida e’tirof etilib, uning yordamida 
o‘quvchilarning o‘quv fanlari bo‘yicha ta’lim standartida belgilangan 
barcha talablar bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlari sifati baholanadi.
Reyting tizimida o‘zlashtirish natijasi nazoratning ko‘rsatilgan 
barcha shakllardan o‘tish jarayonida to‘plangan ballarni qo‘shish yo‘li 
bilan aniqlanadi. Har bir nazorat turi uchun 10 balldan taqsimlanganda 
(o‘quv fani uchun 100 ball hisobida) unga 7, 5, 8, 7 ball qo‘yilsa, 
o‘quvchining chorak yoki yarim yillik uchun to‘plagan bali 27 ballni 
tashkil etadi, bu esa 55 foizdan kam, shuning uchun u yetarlicha reyting 
ballini to‘plamaguncha va barcha nazorat shaklidan o‘tmagancha 
attestatsiya qilinmaydi. Demak, reyting tizimi olingan baho bilan 
egallangan bilim o‘rtasida tafovut kelib chiqishining oldini oladi.
Reyting tizimi yana bir qator afzalliklarga ega, chunonchi: - ta’lim 
jarayonida baholash tizimi imkoniyatlarini kengaytirish;
-
o‘quvchi bilimini eng adolatli mezonlar yordamida aniqlash;


101 
-
ta’limni standartlashtirish jarayoni uchun zarur imkoniyatlarni 
ochib berish;
-
ta’lim standartlarida ko‘zda tutilgan o‘quv dasturiga kirgan 
majburiy ixtiyoriy mavzularning to‘laligicha o‘zlashtirilishi;
-
o‘quvchilarda o‘z ustida mustaqil ishlash intilish, erkin fikr 
yuritish, bilimlarni egallashga nisbatan izchil yondashuv yuzaga keladi;
-
o‘quvchilarda yomon baho olishga bo‘lgan qo‘rquv yo‘qolib, 
uning o‘rniga bilimlarni ixtiyoriy o‘zlashtirish, mavjud kamchilik va 
nuqsonlarni bartaraf etish yo‘lida mustaqil ishlash imkoniyati yaratiladi. 
Boshqacha aytganda, qo‘rquv o‘rniga intilish, rejalashtirish, harakat 
qilishga ehtiyoj tug‘iladi, o‘rganishga nisbatan qiziqish ortadi.
Biroq, bugungi kunda ham maktab amaliyotida besh balli baholash 
tizimidan foydalanilayotganligi bois pedagoglar mazkur tizimning 
rag‘batlantiruvchi rolini oshirish yo‘llarini izlamoqdalar. Bu borada bir 
necha usullardan foydalanishmoqda. Xususan:
1)
baholarni qo‘shish va ayrish alomatlari bilan ifodalash. Sinf 
jurnallarini yuritishning amaldagi qoidalari ifodaviy belgili baholarni 
qo‘llashga imkon bermaydi. Shu bois pedagog murosa qilib, sinf 
jurnaliga aniq baholarni qo‘yadi, plyus- minuslarni esa shaxsiy yon 
daftarchasida qayd etib boradi;
2)
raqamni balli baho (qo‘shimcha baho) bilan to‘ldirishi. Bu usul 
instruktiv ta’qiqlarga ega emas, biroq pedagoglar tomonidan kam 
qo‘llaniladi, zero, bu usul dars davomida shusiz ham tanqisligi 
seziladigan vaqtni ko‘proq sarflashni talab etadi;
3)
o‘qituvchining kundalik daftarga baho qo‘yish bilan birga ota - 
onalar uchun qaydlarni yozishi. Bu usul o‘quvchining oila oldidagi 
mas’uliyatini kuchaytirishga asoslanadi. Quyidagi holat inobatga 
olinmasa, bunda biror g‘ayri oddiylik yo‘q. Kundalikda qayd etilgan 
yozuvlar mazmuni bilan tanishish ularning asosan salbiy mazmunda 
ekanligini ko‘rsatadi. Ma’lumki, salbiy fikrlar o‘quvchilarda ta’lim 
olishga bo‘lgan rag‘batni barbod qiladi. Tadqiqot natijalarining 
ko‘rsatishicha, 5- 6- sinf o‘quvchilarida ta’lim olishga bo‘lgan 
rag‘batning pasayishini ta’minlovchi omil – aynan kundalikdagi salbiy 
mazmundagi qaydlardir.
4)
kommunikativ motiv – tengdoshlarining munosabati, fikri. 
O‘quvchilar tengdoshlarining munosabati, fikrlariga nisbatan e’tiborsiz 
bo‘la olmaydilar. Pedagog ana omildan foydalana olishi zarur, biroq uni 
suiste’mol qilish yaramaydi, zero, bunday yondashuv ham o‘quvchilarda 
ta’lim olishga bo‘lgan rag‘batni susaytiradi. XIX- XX asr boshlarida 


102 
gimnaziyalarda shunday qoida ustun bo‘lgan: o‘quvchini jamoa oldida 
maqtash mumkin, lekin koyish mumkin emas. Bugun ham ta’lim 
amaliyotida ana shu qoidaga amal qilish foydadan holi emas.
5)
kommunikativ ta’sirni kuchaytirish, bu o‘rinda o‘quvchilarni o‘z 
sinfdoshlarining muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklarini his qilish, 
unga yordam ko‘rsatishga o‘rgatishdan iborat;
6)
o‘zlashtirish ekranlaridan foydalanish. Sinfda ekran osib 
qo‘yilib, unda o‘quvchilarning barcha baho ko‘rsatkichlari qayd etib 
boriladi. 
Buning 
kamchiligi 
a’lochilarda 
kibrlanish, 
past 
o‘zlashtiruvchilarda esa befarqlik yuzaga keladi. Bunday holatning 
oldini olish uchun o‘quvchilarni axborotni to‘g‘ri qabul qilishga o‘rgatib 
borish zarur.
7)
o‘z - o‘zi bilan musobaqa tashkil etish, har hafta oxirida 
o‘quvchi o‘z faolitini tahlil etadi. Yakunlangan haftada o‘zlashtirish 
pasaysa, garchi u a’lochi bo‘lib qolaversa ham o‘quvchi musobaqada 
boy beradi. Aksincha, kuchsiz o‘quvchi yakunlangan haftada samarali 
ishlasa, g‘olib chiqqan hisoblanadi. O‘z- o‘zi bilan musobaqada barcha 
o‘quvchilar teng sharoitda bo‘ladilar, ya’ni, past o‘zlashtiruvchi 
o‘quvchi bitta past bahoni kam olsa, yutgan, a’lochi o‘quvchi esa bitta 
a’lo bahoni kam olgan bo‘lsa yutqazadi. Anglanganidek, bu usul 
o‘zlashtirish uchun emas, balki o‘zlashtirishni yaxshilash uchun xizmat 
qiladi.

Download 5,02 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   251




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish va natijalarini

Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish