84
2. Tayyorlash. O‘quvchilar vaziyat yoki muammo bilan tanishadilar
va ular o‘rtasida rollar taqsimlanadi.
3. Ishtirokchilarni tanlash. O‘qituvchi rolga o‘quvchilarni o‘zi
tanlashi, guruhda o‘zlari taqsimlashlariga imkon berishi yoki
xoxlovchilarni taklif etishi mumkin. o‘quvchilar o‘zlarining sinfi oldida
chiqish qilishlari yoki bir vaqtning o‘zida kichik
guruhlarda ishlashlari
mumkin. Rolli o‘yinlarida ishtirok etmayotgan o‘quvchilar kuzatuv
bo‘lishlari yoki boshqa rolni o‘ynashlari mumkin.
4. O‘yinni o‘tkazish. O‘quvchilar o‘yin doirasida o‘zlarini tutish
usulini o‘zlari tanlaydilar. Bunda albatta berilgan
vaziyatga tushganda
inson o‘zini qanday tutishi mumkinligi asos qilib olinadi. O‘yinning
borishiga o‘qituvchi aralashmasligi lozim. Agar o‘yin bir joyiga
kelganda toxtab qolsagina, unga turtki berish
maqsadida aralashishi
mumkin. Shunda ham aralashuv qisqa, aniq va ravshan bo‘lishi kerak.
Ayrim hollarda o‘yin tugagandan keyin rollarni almashib, yana bir bor,
takroran o‘yin o‘tkazish foydadan holi bo‘lmaydi.
5. Muhokama. O‘yin muxokama qilinishi va baholanishi kerak.
Muxokama uchun quyidagi savollarni berish mumkin:
– Siz nimalarga o‘rgandingiz?
– O‘yin bo‘yicha va har bir rol bo‘yicha nimalarni his etayapsiz?
–
O‘yin realistik bo‘ldimi?
–
Qo‘yilgan masala hal etildimi? Agar hal etilgan bo‘lsa, qanday
hal etildi? Agar hal etilmagan bo‘lsa, nima uchun?