Og‘zaki ish usullari
. Turli axborotlar, majlislar, ertalabki
yig‘inlar, ma’ruzalar, kitobxonlar konferentsiyalari, munozaralar,
uchrashuvlar, radiojurnallar.
2.
Amaliy ish olib borish usullari
, turli joylarga sayyohtlar, sport
musobaqalari, olimpiada, iztoparlar ish foaliyati, yosh tabiatshunoslar
to‘garaklari, shanbaliklar.
3.
Ko‘rgazmali ish usullari
. Maktab muzeylari, urush va mehnat
qahramonlari xonasi, yangi kitoblar ko‘rgazmalari.
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qolibiliyatini ishga solishni,
tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan,
uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo‘lishlari
lozim.
O‘zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o‘z
mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo‘liga ega bo‘lishi, xalq
xo‘jaligining turli sohalarida, jumladan xalq ta’limi tizimida ham o‘sib
kelayotgan yosh avlod ta’lim- tarbiyasi bilan borliq jarayonini qayta
ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida
kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl
va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir.
Darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’naviyat va ma’rifat»
jamoatchilik
markazi
faoliyatini
yanada
takomillashtirish
va
samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi farmonida ko‘rsatilganidek,
jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani
shakllantirish,
yoshlarni
boy
madaniy
merosimiz,
tarixiy
an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga
muhabbat,
istiqlol
g‘oyalariga
sadoqat
ruhida
tarbiyalash
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal
qiluvchi omilidir.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish
avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay
yo‘nalishlarini topib joriy etishga bog‘liq. Ushbu kontseptsiya ham
xuddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga
yo‘naltirilgan.
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish
uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib
chiqilishi, asosiy e’tiborni bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida
to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi.
142
Tarbiyaviy ishlar huquq- targ‘ibot organlari, ijodiy uyushmalar,
Davlat va nodavlat jamg‘armalar, qo‘mitalar va tashkilotlar bilan
hamkorlikda olib boriladi.
Tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari.
Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon
davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota- onasi, maktab, mahalla,
do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof- muhit, ommaviy axborot vositalari,
san’at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqoridagi barcha hayotiy ehtiyojlarni vujudga keltirishda o‘zaro
hamkorlikning ta’sir doirasi orqali shaxsni tarbiyalash va tarbiyaning
birligini ta’minlagan holda, uni shaxs sifatida shakllanishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadigan muhitdan himoya qilish.
Tarbiyaning bosh maqsadi – yosh avlodni ma’naviy- axloqiy
tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy- tarixiy an’analarga, urf-
odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali
tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy
etishdir.
Tarbiyaning asosiy vazifasi – shaxsning aqliy, axloqiy, erkin
fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama
ochish uchun imkoniyat yaratishdir.
Buning uchun yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot
mazmunini tushunib olishiga ko‘maklashish, o‘z - o‘zini idora va
nazorat qila bilishini shakllantirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli
yondashuv, ularda reja va amal birligi hissini uyg‘otish;
– o‘quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, vatanimizning boy
ma’naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni
egallashga bo‘lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish,
ularni boyitib borish va estetik tushunchalarini shakllantirish;
–
har bir o‘smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini
aniqlab, ularni rivojlantirish. Inson faoliyatini turli sohalarda joriy qilib
ko‘rish. Bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada
qo‘llab- quvvatlash uchun shart- sharoit hozirlash;
–
insonparvarlik odobi me’yorlarini shakllantirish (bir- birini
tushunadigan, mehribonlik, shafqatlilik, irqiy va milliy kamsitishlarga
toqatsizlik), muomala odobi kabi tarbiya vositalari (nohaqlikka,
yolg‘onchilik, tuhmat, chaqimchilikka toqatsizlik) keng qo‘lanishi
lozim.
–
vatanparvarlik, dunyoviy fikrlash, jamiyatimizda yashayotgan
odamlar bilan o‘zaro munosabat- muloqotni o‘rganish, o‘z xalqiga,
143
davlatiga, uning himoyasi uchun hamisha shay bo‘lib turish,
O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning ramzlariga hurmat
bilan qarash, yosh avlodni O‘zbekiston Konstitutsiyasiga, Bayrog‘iga,
Gerbiga, Madhiyasiga, Prezidentiga sadoqatli qilib tarbiyalash;
–
qonuniy jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan
qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fuqarolik
va ijtimoiy mas’uliyat hislarini rivojlantirish, o‘zi yashayotgan
mamlakatning ravnaqi, insoniyat taraqqiyotini barqaror saqlab qolish
uchun fidoyilik, ekologik ta’lim- tarbiya berish;
–
mustaqil davlatimiz – O‘zbekiston Respublikasining ichki va
tashqi siyosatiga to‘g‘ri va xolisona baho berishga o‘rgatish. Uning
tinchliksevarlik, demokratiya va boshqa davlatlarning ichki ishlariga
aralashmaslik, oshkora- ochiq tashqi siyosatiga va o‘z xalqining turmush
darajasini oshirishga yo‘naltirilgan, fuqarolarni ijtimoiy himoya
qiladigan ichki siyosatini to‘g‘ri tushuntirmoq kerak;
–
turmushda eng oliy qadriyat hisoblangan mehnatga ijodiy
yondoshish fazilatlarini shakllantirish;
–
sog‘lom turmush tarziga intilishni tarbiyalash va rivojlantirish,
munosib oila sohibi bo‘lish istagini shakllantirish;
–
yoshlarimizni erkin mustaqil fikrlashga o‘rgatish;
Tarbiyaning asosiy tizimi quyidagicha bo‘lishi lozim :
–
tarbiya – tarbiyalanuvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan
olish, har bir bola, o‘smir va yosh yigit- qizning betakror va o‘ziga
xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini e’tiborga
olish;
–
yoshlarda istak va imkoniyat muvofiqligi tuyg‘usini qaror
toptirish;
–
milliylikning o‘ziga xos an’analari va vositalariga tayanish;
–
shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va
o‘quvchilar o‘rtasidagi bir- biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga
e’tibor qilish, ularga mehribonlarcha munosabatda bo‘lish,
Amalda tarbiyaviy jarayon yaxlit va uzluksiz ishiga va turli
yoshdagi, bolalarni qamrab olishga alohida ahamiyat berish lozim.
O‘smir yigit va qizlar nafaqat bo‘lg‘usi katta hayotga tayyorgarlik
ko‘radilar, balki ana shu haqiqiy hayot bilan yashaydilar.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quvchilarning qiziqishi,
istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda ularning darsdan bo‘sh
vaqtlarida o‘quv- tarbiya jarayonini to‘ldiradi. U o‘quvchilarning ijodiy
qobiliyatlarini, tashabbuskorligani oshirishga imkoniyat yaratadi.
144
Sinfdan tashqari ishlarning o‘ziga xosligi shundaki, to‘garak, klub
dasturlarining rang- barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar o‘smir
yigit- qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar
yaratadi.
Kompyuterning paydo bo‘lishi informatika bo‘yicha darsdan
tashqari mashg‘ulotlarga keng imkoniyat ochadi, o‘quvchilarni
qobiliyatlarining rivojlantirishga imkon beradi va quyidagi maqsadlariga
o‘z oldiga qo‘yadi:
➢
hayotiy va mehnat faoliyatiga tayorlash;
➢
aniq ilmiy sohada faoliyat va fikrlashning asosiy uslublarini
o‘zlashtirish.
Informatika bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlarni belgilashda
ularning foydali uslubini ishlab chiqish uchun darsni tashkil etish va
boshqa turlar bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ba’zi bir umumiy talablar
mavjud.
Informatika bo‘yicha darslar, darsdan tashqari mashg‘ulotlar va
ixtiyoriy darslarini tashkil etish shakllari va uslublari mazmunidagi
izchillik informatikani o‘qitish maqsadlari, o‘quvchilarni har tomonlama
rivojlantirish va tarbiyalash orqali belgilanishi kerak.
Yuqorida bayon etilgan informatika bo‘yicha darsdan tashqari
mashg‘ulotlar maqsad va vazifalarini e’tiborga olib, darsdan tashqari
mashg‘ulotlarlarning mohiyatini aniqlash va tashkil etishga xarakterli
bo‘lgan uslubiy va maxsus printsiplarini ko‘rib chiqamiz.
Informatikani
o‘qitishda
tarixiy
materialdan
foydalanish
printsipilari umumta’lim maktabida yaxshi qabul qilinadi. Shuni
takidlash joizki, tarixiy material o‘quvchilar yodida yaxshi qoladi bunda
informatika rivojlanish tarixi asosiy fikr va uslublarining shakllanishiga
xizmat qiladi. Fan tarixi uning harakatlanuvchi kuchini ko‘rishga,
insonning ilmiy ongi va amaliy faoliyatining o‘zaro bog‘liqligini
kuzatishga imkon beradi. Bu o‘quvchilarning diallektik- materialistik
dunyo qarashi va ilmiy fikrlashining shakllanishiga yordam beradi.
Informatika darslarida tarixiy materiallardan foydalanishning bir
necha turlarini keltiramiz.
1. Informatika tarixiga epizodik ekskursiya: birinchi uslublar,
tarixiy vazifalar va ularni EHM yordamida yechish uslublari.
2. Informatika va kibernetika sohasidagi taniqli olimlarning hayoti
va ijodini ko‘rib chiqish. (Ershov A.P, Lebedev S.A., Jitomirskiy V.G va
boshqalar)
145
3. Aniq davrda olingan natijalarni ko‘rib chiqish. (yangi turdagi
kompyuterning paydo bo‘lishi, yangi dasturiy atamaning paydo bo‘lishi
va boshqalar.)
4. Informatika, kibernetika va dasturlash haqida fikrlar, hamda
informatika va dasturlash sohasidagi buyuk olimlar fikri.
O‘quvchilarda vatanparvarlik xissini shakllantirish uchun qadimgi
Sharq buyuk olimlarining ilmiy natijalari bilan tanishtirish kerak (al
Xorazmiy; al Beruniy). O‘zbekistonda kibernetikaning rivojlanishini
bolalar qiziqib eshitadilar.
Informatikani o‘qitish va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil
etishning asosiy printsiplaridan biri bu ijodiy vazifalarni yechish,
loyihalashtirish, konstruktrlash va modellashtirish uchun EHMdan
foydalanishdan iborat. Bunday vazifalarni yechish va dasturlash tilida
dastur yozish o‘quvchilarda mustaqil ishlashi ularning malakasini
oshiradi.
Darsdan
tashqari
mashg‘ulotlar
o‘qituvchilar
tomonidan
informatikaga qiziqqan o‘quvchilar bilan o‘tkaziladi. Bu ishni o‘qituvchi
rejalashtiradi
va
kerakligicha
aniqlashtiradi.
Darsdan
tashqari
mashg‘ulotlar shakllariga:
•
to‘garaklar,
•
disputlar,
•
konkurslar,
•
kechalar,
•
lektsiyalar,
•
devoriy gazetalar kiridi.
|