158
Birinchi bosqichda sinf o‘quvchilari tomonidan nima uchun, nimaga
va qandvy o‘qitish kerak degan savollar echiladi. Bunda o‘quvchilar
o‘tgan yili nimani va qanday o‘qiganligini kelajagini ko‘ra bilishi zarur.
Informatika bo‘yicha darslarni rejalashtirish uchun dastlabki
hujjatlar:
➢
o‘quv jarayonida informatika darsing o‘rni,
➢
darsning mazmunini aniqlovchi, kursning rasmiy dasturi;
➢
tematik reja, odatda Xalq ta’limi ministrligining instruktiv hujjati
yoki o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanmalari
O‘quv yili boshlangunga qadara o‘qituvchi programmani,
tushuntirish xatini o‘rganib chiqadi, maktab darsligi mazmunini tahlil
qiladi, o‘qituvchi va o‘quvchi uchun alohida adabiyotlar ro‘yxatini
tuzadi.
O‘quv rejasi va dasturiga muvofiq darslar bo‘yicha o‘quv
materialini taxminiy bo‘linishini o‘z ichiga olgan yillik yoki yarim yillik
rejalashtirish amalga oshiriladi.
Tematik rejalashtirish har bir aniq darsda berilgan mavzu bo‘yicha
darslarning umumiy zanjirida muhim bo‘g‘inday ko‘rib chiqishga imkon
beradi. Bu, shubhasiz, har bir darsning ahamiyatini oshiradi, o‘qitish
sifatini butunlay yaxshilaydi (6- jadval).