168
Dars kuzatuvchi har bir rahbar darsning ilmiy tahlilida asosan
quyidagilarga e’tibor berishi maqsadga muvofiq bo‘ladi:
1.
O‘qituvchining ilmiy jihatdan (o‘zi mutaxassis bo‘lgan fanni
ilmiy asosda chuqur bilishi ) qurollanganligi.
2.
Shu kungi darsga ilmiy jihatdan tayyorgarlik holati.
3.
O‘z mutaxassisligiga oid eng yangi ilmiy – nazariy axborotlar
bilan qurollanib borishi.
4.
Dars jarayonida ilmiy qoida va ta’riflarning to‘g‘ri bayon etilishi
hamda ilmiy atamalarning o‘quvchilarga singdirib borilishi.
5.
Darsda ta’limning o‘ziga xos xususiyatlarining hisobga olinishi.
6.
Darslik materiallarining qo‘shimcha adabiyot materiallari bilan
boyitilishi.
7.
O‘quvchi bajarayotgan laboratoriya, amaliy hamda mustaqil
ishlarning ilmiy yo‘nalish bo‘yicha maqsadga muvofiqligi.
8.
O‘quvchilar xulosasining ilmiy jihatdan to‘g‘ri, qisqa va
mukammal bayon etilishi hamda uni o‘qituvchi tomonidan nazorat
qilinishi.
9.
Dars davomida, yangi mavzuni bayon etish jarayonida ta’lim-
tarbiya bilan bog‘lanishi.
10.
O‘qituvchi va o‘quvchilarning ilmiy nutq madaniyati.