167
mos tanlanganligi va asoslanganligi. O‘qituvchi tomonidan darsning har
bir bosqichida metod, usullarni to‘g‘ri qo‘llaganligi, ishlatilayotgan
metod va usullarning xilma- xilligi. Ko‘rgazmali qurollar, tarqatma
materiallar,
texnika
vositalaridan
samarali
foydalanilganligi.
O‘qituvchining metodik qurollanganligini va pedagogik texnikasini
baholash.
7.O‘quvchilarning darsdagi intizomi va ish faoliyatini tahlil
qilish
Sinfga umumiy baho berish. Sinfning diqqati va faolligi. Fanga
bo‘lgan qiziqishi. O‘quvchilarning dars bosqichlaridagi layoqati.
O‘quvchilarning mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil qilish. O‘quv
faoliyati shakllaridan foydalanishning samaradorligi va maqsadga
muvofiqligini baholash. Umumta’lim va maxsus ko‘nikma hamda
malakalarni shakllantirish. Yagona talablarning bajarilishi. Iqtidorli va
qoloq o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash. Umumiy va yakka
ishlash faoliyatni birgalikda olib borish. Sinfning intizomi va intizomni
saqlash usullari.
8.O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqati.
Pedagogik etikasi, nutqi, ahloqiy va psixolagik iqlimning tashkil
etilishi.