165
Buning uchun, eng avvalo, darsga kirishdan maqsad nimadan iborat
ekanligini aniqlab olish zarur. Dars quyidagi maqsadda kuzatiladi va
tahlil qilinadi:
•
ta’lim va tarbiya
jarayoni sifatini aniqlash;
•
o‘qituvchining pedagogik mahoratini oshirishga yordam berish;
•
ilg‘or ish usullari va metodlarini o‘rganish
va ommalashtirish;
•
o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishi;
•
o‘quvchilarning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlash;
•
ilmiy- tadqiqot ishlarini amalga
oshirish;
•
o‘quvchilarning bilish faoliyatini o‘rganish;
•
dars jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xato va
kamchiliklarning
oldini olish, o‘qituvchiga amaliy va metodik yordam
ko‘rsatish;
•
ta’lim- tarbiya jarayonida o‘quvchilar
psixologik xususiyatlarini
o‘ziga xosligini e’tiborga olish;
•
darsda o‘quvchilarni faollashtirish va mavzuni o‘zlashtirishlarini
e’tiborga olinganligi.
Dars - o‘quv jarayonining juda ko‘p ta’lim- tarbiya qirralarini hal
qiluvchi asos hisoblanadi. Shunga ko‘ra
darsni kuzatuvchi va tahlil
qiluvchilardan maxsus tayyorgarlik ko‘rish talab etiladi.
Darsni tahlil qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.
1.Darsni kuzatishga tayyorgarlik.
2.Darsning borishini kuzatish.
3.O‘z- o‘zini tahlil qilishni ta’minlash.
4.Dars tahlili va takliflar berish.