Informatika o‘qitish metodikasi kursining predmeti, maqsadi,
vazifasi va mazmuni.
Informatika o‘qitish metodikasi kursi
umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb- hunar kollejlarida
informatika va axborot texnologiyalari va shu yo‘nalishdagi fanlarini
o‘qitish qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi kurs hisoblanadi.
Informatika o‘qitish metodikasi kursi quyidagi
maqsad
ni ko‘zda
tutadi:
- bo‘lajak o‘qituvchilarni informatika va axborot texnologiyalari
fanini ijodiy o‘qitish va o‘zlarining amaliy faoliyatlarida yangi
174
pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha bilim,
ko‘nikma va malakalari bilan qurollantirish;
- bo‘lajak o‘qituvchilarni informatika sohasi bo‘yicha turli- tuman
shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o‘tkazishga
tayyorlash;
-
bo‘lajak
o‘qituvchilarni
ta’lim-
tarbiya
sohasini
axborotlashtirishning yo‘llari va ulkan istiqbollari haqida tassavvurlarini
rivojlashtirish va hamda chuqurlashtirishdir.
Informatika o‘qitish metodikasi kursining
vazifasi
- bo‘lajak
informatika o‘qituvchisi o‘sib kelayotgan avlodning umum ta’lim
maktablari, akademik litsey va kasb - hunar kollejlarida o‘qitiladigan
informatika va axborot texnologiyalari fanlarining ahamiyatini, uning
mazmunini ajratish tamoyillarini, shuningdek, informatika fanining
boshqa fanlar bilan aloqadorligini tushunishdan iboratdir.
Informatika o‘qitish metodikasi kursi pedagogikaning informatika
fanini umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb- hunar
kollejlarida informatika va axborot texnologiya fanini o‘qitish
qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi bo‘limi hisoblanadi.
Bo‘lajak informatika o‘qituvchisi o‘sib kelayotgan avlodning
umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb- hunar kollejlarida
o‘qitiladigan informatika va axborot texnologiyalari fanlarining
ahamiyatini, uning mazmunini ajratish tamoyillarini, shuningdek,
informatika fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligini tushunishi zarur.
Informatika o‘qitish metodikasi kursi bo‘yicha talabalar bilimiga
qo‘yiladigan talablar:
-
informatika va axborot texnologiyalari haqida tushunchalar;
-
informatika va axborot texnologiyalarining har bir inson
hayotidagi va jamiyatning rivojidagi roli;
-
informatikaning texnik va dasturiy vositalarining mohiyati va
didaktik imkoniyatlari;
-
axborot tizimlari va texnologiyalarini o‘qish- tarbiya jarayonida
nima maqsadda va qanday qo‘llash mumkinligi;
-
yangi pedagogik va axborot texnologiyalari va ularning o‘quv-
tarbiya jarayonida qo‘llash.
Bo‘lajak informatika o‘qituvchisi yangi axborot texnologiyasini,
zamonaviy
pedagogik
dasturiy
vositalarni
chuqur
o‘rgangan,
shunungdek, ta’limni axborotlashtirilayotgan sharoitida ishlash
uslublarini egallagan bo‘lishi lozim
175
Informatika o‘qitish metodikasi kursining mazmuni: Informatika va
axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasiga kirish. Informatika va
axborot texnologiyalarini o‘qitish uslubiyoti kursi va uning bo‘lajak
informatika
o‘qituvchisining uzluksiz ta’limi tizimidagi o‘rni.
Informatika va axborot texnologiyalarining ta’lim tizimida tutgan o‘rni
va roli. Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasining
pedagogika, psixologiya fanlari bilan bog‘liqligi. Informatika va axborot
texnologiyalarini
o‘qitish metodlari va texnologiyalari tarixi.
O‘qitishning asosiy didaktik tamoyillari va ulardan informatika va
axborot texnologiyalari o‘qitishda foydalanish. Informatika va axborot
texnologiyalari
bo‘yicha
yaratilgan
darsliklar,
qo‘llanmalarning
xususiyatlari.
Informatika
va
axborot
texnologiyalari
fanlarini
tuzilishi.
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishning uzluksiz tizimi.
Umumiy o‘rta ta`lim maktablarida “Informatika” kursining tizimi va
mazmuni. Akademik litsey va kasb- hunar kollejlarida “Informatika” va
“Axborot texnologiyalari” kurslarining mazmuni.
Akademik litsey, kasb – hunar kollejlari va umumiy o‘rta ta`limda
informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishning o‘quv- metodik va
dasturiy ta’minoti.
O‘quv- metodik ta’minot. Informatika fanining o‘quv- metodik
ta’minoti. O‘quv- metodik ta’minotining yangi avlodi. Elektron o‘quv-
metodik ta’minoti va uning turlari. Informatika va axborot
texnologiyalarini kurslari bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar hamda didaktik
materiallar. O‘quv va metodik adabiyotlar tahlili. Informatika va axborot
texnologiyalarini kurslarining dasturiy ta’minoti. Asosiy (bazaviy)
dasturiy ta’minoti. Pedagogik vositalar va ularning turlari, tavsifi.
Informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o‘qitishning
metodik tizimi. Informatika va axborot texnologiyalarini umumiy o‘rta
ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb- hunar kollejlarda
o‘qitishning metodik tizimi, uning asosiy komponentalarining
xarakteristikalari. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va
kasb- hunar kollejlarda informatika va axborot texnolgiyalarini
o‘qitishning maqsadi va vazifalari.
Informatika kursining pedagogik funksiyalari. Umumiy o‘rta ta’lim
maktablari, akademik litsey va kasb- hunar kollejlarda informatika va
axborot
texnologiyalarini
o‘qitishning tuzilmasi va mazmuni.
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda asosiy didaktik
prinsiplar. Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishning
176
tashkiliy shakllari. O‘qitishni nazorat qilish va natijalarini baholash
usullari.
Reyting
tizimi,
testlash.
Informatika
va
axborot
texnologiyalarini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar,
innovasion metodikalar va interfaol usullar. Akademik litsey va kasb-
hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalarini kurslarini
o‘qitish shakllari va uslublari.
O‘qitish uslubi. Informatika kursini o‘qitish uslubi muammolari.
O‘qitishning an’anaviy shakllari va ularning tavsifi. O‘qitishning
interaktiv uslublari.
Akademik litsey va kasb - hunar kollejlarida informatika va axborot
texnologiyalari kurslarini o‘qitishning vositalari. Zamonaviy axborot-
kommunikasiya texnologiyalari va Web texnologiyalar - o‘qitishning
vositalari sifatida. Akademik litsey va kasb - hunar kollejlarida
informatika va axborot texnologiyalarini kurslari bo‘yicha amaliy-
laboratoriya mashg‘ulotlarining maqsad va vazifalari, mazmuni va
o‘tkazish metodikasi. Akademik litsey va kasb- hunar kollejlarida
informatika va axborot texnologiyalarini kurslari bo‘yicha mustaqil
ishlar mazmuni va o‘tkazish metodikasi. Informatika va axborot
texnologiyalari bo‘yicha darsdan tashqari ishlar.
Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan davlat ta’lim
standartining maqsad va vazifalari. Davlat ta’lim standartining
mazmuni. Ta’lim darajasi. O‘quvchilarning tayyorlanish darajasini va
standart aniqlaydigan va uni baholaydigan tizimiga qo‘yilgan talablar.
Informatika va axborot texnolgiyalaridan umumiy o‘rta ta’lim
maktablari, akademik litsey va kasb- hunar kollejlari uchun davlat ta’lim
standartlari.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik lisey va kasb- hunar
kollejlarda informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda uzviylik
va uzluksizlik.
Informatika va axborot texnologiyalari kurslarida o‘quvchilar
bilimini nazorat qilish shakl va usullari. Test asosida o‘quvchilarni
bilimini nazorat qilish shakl va usullari. Test turlari. Kompyuter asosida
test olish.
Zamonaviy informatika va axborot texnologiyalari xonasi.
Zamonaviy informatika xonasi vazifalari va maqsadi. Zamonaviy
informatika xonasini jixozlash. O‘qituvchi va o‘quvchi ish joylari.
Texnika xavfsizlikligi talablari. Zamonaviy informatika xonasida o‘quv-
tarbiya ishlarining tashkil etish. Zamonaviy informatika xonasida
177
Internet, Intranet va lokal tarmog‘i asosida o‘quv- tarbiya ishlarining
tashkil etish.
Informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha o‘quv
jarayonini rejalashtirish. Informatika va axborot texnologiyalari xonasi
va unda mashg‘ulotlar o‘tkazish metodikasi. Informatika va axborot
texnologiyalari kursining asosiy bo‘limlarini o‘qitish metodikasi.
Informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘quv jarayonini
rejalashtirish tizimi. Informatika darslariga va zamonaviy informatika
xonasida darslarni o‘tkazishga tayyorlash va rejalashtirishning ajralib
turuvchi xususiyatlari.
O‘quv jarayonini tematik va xar bir darsni rejalashtirish. Darslar
tizimini tayyorlash. Dars rejasi, uning asosini tashkil etuvchilari. Dars
taxlili.
Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darsdan tashqari
mashg‘ulotlarning vazifalari va shakllari. Informatika va axborot
texnologiyalari fanlaridan darsdan tashqari ishni tashkillashtirish
tamoyillari.
Informatika
va
axborot
texnologiyalari
fanlaridan
olimpiadalar o‘tkazish. Informatika va axborot texnologiyalari
fanlaridan olimpiada masalalar yechish.
Boshqa fanlarni o‘qitishda informatikaning ahamiyati. Zamonaviy
axborot texnologiyalari va ularning didaktik vazifalari. Zamonaviy
informatika xonasida boshka fanlari bo‘yicha darslarini o‘tkazish
haqida. Informatikaga oid yangi axborot texnologiyasi vositalari va
ulardan foydalanish usullari.
Informatika va axborot texnologiyalarining maxsus metodikasi.
Informatikani o‘qitishning maxsus masalalari. Informatikaning asosiy
tushunchalari. Informatikaning asosiy mavzularini o‘rganish.
Masofaviy ta’lim texnologiyalari. Informatika kursini mustaqil
O‘zbekistonimizning rivojlanish davridagi istiqboli va ahamiyati.
Informatikani
o‘qitishda
Web
texnologiyalardan
foydalanish.
Informatikani o‘qitishda masofaviy texnologiyalaridan foydalanish.
|