184
lozimki, u yangi materialni tushuntirish uchun yetarli bo‘lsin. 4) Yangi
materialni tushuntirishda u bilan yengil,
sodda va tabiiy aloqada
bo‘ladigan ma’lumotlardan boshqa ma’lumotlarnigina qo‘shish lozim. 5)
O‘quvchilarning o‘z fikrini bayon qilish usul va shakllarini doimo
kuzatib borish. 6) Har bir bo‘lim so‘ngida umumlashtiruvchi va
sistemalashtiruvchi darslarni o‘tkazish.
Tushunarlilik.
Tushunarlilik tamoyili ko‘p yillik o‘qitish amaliyoti
tomonidan ishlab chiqilgan talablardan kelib chiqadi. Har hil ilmiy
materialni bayon qilishda o‘quvchining yoshi, rivojlanishi va mavjud
vaqt byudjeti qat’iy hisobga olinishi lozim. O‘quvchiga ta’limning har
bir bosqichda shunday va shunga o‘xshagan material berilishi kerakki, u
o‘zining rivojlanishi darajasiga ko‘ra ushbu materialni qamrab olishi va
o‘zlashtirishi mumkin bo‘lsin. Har bir bosqichdagi
savollar doirasi
qat’iy chegaralangan bo‘lishi shart.
Ko‘rgazmalilik.
Ko‘rgazmalilik
tamoyili
boshqa
fanlarni
o‘qitishdagi kabi, informatikani o‘qitish jarayonida ham asosiy va
muhim hisoblanadi. Ushbu tamoyil qadim zamonlardan beri qo‘llanib
kelinayotgan mashhur o‘qitish tamoyillaridan biridir. Ushbu tamoyil
shunday zaruratni keltirib chiqaradiki, unga ko‘ra o‘quvchilar miyasida
hosil bo‘ladigan tasavvurlar va tushunchalar bevosita o‘rganilayotgan
predmet, masalan, kompyuterdan olinadigan
idrokiga asoslangan
bo‘lishi lozim.
O‘qituvchining bayoni, uning tushuntirishi aniq, ravshan obrazlarni
o‘z ichiga olishi, o‘rganilayotgan savollarning mohiyatini ko‘rgazmali
tasvirlovchi ishonchli misollar bilan mustahkamlab borilishi kerak.
Mavzuning bayoni doskadagi va o‘quvchilar daftaridagi yozuvlar
bilan birgalikda olib boriladi. Doskada yozuv va rasmlarni o‘qituvchi
tushuntirayotgan paytda, o‘quvchilar esa doska oldida javob
berayotganda bajariladi. Doskadan foydalanish o‘qitishdagi muhim
talablardan biridir.
Masala
yechishda, takrorlashda, o‘quvchilardan so‘rashda, hullas,
barcha hollarda to‘la ko‘rgazmalilik bo‘lishi lozim. Doskadagi rasmlar
bilan bir qatorda o‘qitishda ko‘rgazmalilik jadvallar, diapozativlar,
kinofilmlar, kodoskoplar, proektsion apparatlar
va boshqalar bilan
namoyish etiladi. Jadvalning roli ikki xil bo‘lishi mumkin. Birinchidan,
jadvaldan o‘qituvchi dars jarayonida, sinf oldida mavzuni tushuntirish
paytida foydalanishi mumkin. Bunda jadvallar o‘qituvchining bayonini
va yozuvlarni to‘ldirib boradi. Ikkinchidan, jadvallarni ko‘rinadigan
joyga uzoq muddat ilib qo‘yish mumkin. O‘qituvchilarga diapozitivlar
185
va proektsion apparatlar uchun plyonkalardan foydalanish katta yordam
beradi. Diapozitivlarni o‘qituvchining o‘zi komp’yuterdan
yoki printer
uchun maxsus varaqlardan foydalanib tez va oson tayyorlashi mumkin.
Diapozitivlar barcha o‘qituvchilar tomonidan yaxshi ko‘riladigan katta
o‘lchamdagi tasvirlarni hosil qilish imkonini beradi, lekin foydalanganda
sinf xonalari qorong‘ilatirilishi kerak bo‘ladi. Bu esa ayrim
noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Agar epidiaskop bo‘lsa, ekranga
shaffof bo‘lmagan tasvirlarni ham proektsiyalash mumkin. Bunda kitob
va jurnallardagi rasmlardan ham foydalansa bo‘ladi. Hozirgi kunda
zamonaviy multimediaviy videoproektorlardan
foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Ular tasvirni bevosita kompyuterdan katta ekranga
proektsiyalashga imkon yaratadi.