unga qoyiladigan talablar
Informatika fani inson faoliyatining turli holatlarida axborotlarni
izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari
bilan shug‘ullanuvchi fandir. Informatika fani XX asrning 50 - yillarida
yuzaga keldi. Bu fan Respublikamizda 1985 - 86 o‘quv yilidan boshlab
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv predmeti sifatida o‘qitilib
kelmoqda.
Informatika fan sifatida informatsion jarayon (axborotlashgan
jarayon) larning qonuniyatlarini o‘rganadi. Informatsion jarayon keng
tushuncha bo‘lib, ma’lumotlarni jamlash, uzatish, saqlash, to‘plash,
qidirish va iste’molchiga berishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘zida aks
ettiradi.
Informatika atamasi frantsuzcha «information» (axborot) va
«automatique» (avtomatika) so‘zilaridan hosil bo‘lib, axborotni
avtomatik qayta ishlash ma’nolarini anglatadi. Ingliz tilida bu fan
Somputer sciene (kompyuter texnikasi haqidagi fan, kompyuter ta’limi,
kompyuter bilimlari) deb yuritiladi. Informatika atamasi XX asrning 60-
yillarida ishlatila boshlagan bo‘lsada, uning alohida fan sifatida ajralishi
40 - 50 yillarga to‘g‘ri keladi. Ma’lumki, bu davrda tarixda birinchi
EHM yaratilgan edi. (1943- 1945 yillarda AQShda ENIAK deb
nomlangan elektron hisoblash mashinasi). Birinchi EHM yaratilgandan
so‘ng Informatika fani yanada rivojlanib hozirgi taraqqiyot darajasiga
etdi. Informatika kompyuter texnikasining rivojlanishi tufayli yuzaga
keladi, unga asoslanadi, kompyutersiz mavjud bo‘la olmaydi va o‘z
navbatida, uning rivojiga, yangilanishiga o‘z hissasini qo‘shadi.
Umumiy qilib aytganda, informatika fani axborot texnologiyalari
vositalari yordamida axborotni taqdim etish, qabul qilish, saqlash, unga
ishlov berish, uzatish usullarini va ularni boshqarish usullarini tizimli
ravishda o‘rganuvchi fandir.
Hozirgi vaqtda Respublikamizda informatika fanini o‘rganish uch
bosqichda olib boriladi:
188
1. Umumiy o‘rta ta’lim bosqichi. Bu bosqichda informatika
kursning tayanch konpetensiyalari tanishuv qismi amalga oshiriladi va
kursning nomi Informatika va va axborot texnologiyalari deb nomlanadi.
2. O‘rta maxsus va kasb - hunar ta’limi bosqichi. Bu bosqichda
informatika kursi to‘liq amaliy o‘rganiladi va kurs «Informatika va
axborot texnologiyalari nomi bilan faoliyat ko‘rsatadi.
3. Oliy ta’lim bosqichi. Bu bosqichda informatika fani to‘liq
o‘rganilib, turli sohalarga qo‘llash masalalari hal qilinadi.
Bu bosqichlarda informatika fanini o‘rganish ketma- ketligi Davlat
ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida yo‘lga qo‘yilgan va ular
bir- birining davomi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Informatika va
axborot texnologiyalari fani 5-11 sinflarda o‘qitilmoqda. Kompyuter
texnologiyasining rivojlanishi va jaxonda axborotlashtirish masalasiga
e’tiborning oshishi Informatika fanining chuqurroq o‘rganilishini talab
etmoqda. Bu Respublikamizning ta’lim sohasidagi istiqbol rejalarida
ko‘rsatib o‘tilgan
.
2006 - 2007 o‘quv yilidan boshlab Respublikamiz umumiy o‘rta
ta’lim maktablarining 5 - sinfida Informatika va axborot texnologiyalari
fani 2 haftada 1 soatdan, jami 17 soat, 6 - sinfda 2 haftada 1 soatdan,
jami 17 soat, 7 - sinfda Informatika va axborot texnologiyalari fani 2
haftada 1 soatdan, jami 17 soat, 8- sinfda Informatika va axborot
texnologiyalari fani haftada 1 soatdan, jami 34 soat, 9 - sinfda
Informatika va axborot texnologiyalari fani haftada 2 soatdan, jami 68
soat, ga mo‘ljallangan o‘quv dasturi asosida o‘qitiladi. 2016- 2017 o‘quv
yilidan boshlab 10 - 11 sinflarlarda haftada 2 soatdan, jami 68 soatdan
o‘qitish islari boshlandi.
Informatika o‘quv predmeti sifatida informatika fani va uning rivoji
bilan uzviy bog‘liq. Shuning uchun informatikani o‘qitish metodikasi
birinchi navbatda informatika fanining metodologiyasiga asoslanadi.
O‘zining xulosalarida u ta’lim va tarbiyaning umumiy tamoyillariga
tayanadi. Ma’lumki, ushbu tamoyillar pedagogika va didaktika
tomonidan ishlab chiqiladi. Bundan tashqari informatikani o‘qitish
metodikasi fiziologiya va psixologiya fani tomonidan o‘rgatilgan
qonuniyatlardan ham bevosita foydalanadi.
Ta’lim va tarbiyaning umumiy maqsadlaridan informatikaning fan
sifatida o‘ziga xosligi, uning zamonaviy fanlar tizimida tutgan o‘rni va
rolidan, hozirgi jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda
informatikani o‘qitishning maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin:
189
•
o‘quvchilarda kompyuter savodxonligini shakllantirish;
•
o‘quvchilarda axborotga ishlov berish, uzatish va undan
foydalanish jarayonlari haqidagi bilimlar asoslarini mustaxkam va ongli
o‘zlashtirib olishlarini ta’minlash;
•
o‘quvchilarga
dunyoning
zamonaviy
ilmiy
ko‘rinishini
shakllantirishda axborot jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning
rivojida axborot va kommunikatsion texnologiyalarning rolini ochib
berish;
•
hayotida komp’yuterlardan ongli va ratsional foydalanish
ko‘nikmalarini shakllantirish;
Informatika predmetining pedagogik funktsiyalari insonning
umumiy ta’lim olishidagi asosiy vazifalarini hal etishdagi qo‘shadigan
o‘ziga hos qissasi bilan aniqlanadi.
1.
O‘quvchilar tomonidan informatika asoslarini egallash va ularni
tafakkurini rivojlantirish. Bu vazifa informatika o‘qituvchisi oldida
turgan birinchi vazifadir.
2.
Ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish. Bu muhim vazifani
hal etishda butun pedagogik jamoa barcha o‘quv predmetlarini o‘qitish
jarayonida ishtirok etadi.
3.
Milliy mafkura ruhida tarbiyalash.
4.
O‘quvchilarni amaliy faoliyatga, mehnatga, ta’lim olishni davom
ettirishga tayyorlash.
Yuqoridagi masalalardan hech biri boshqalaridan ajratilgan holda,
alohida hal etilmasligi lozim. Ular bir butunlikda bir- biri bilan
chambarchas bog‘liq holda amalga oshirilishi lozim. O‘quvchilar
tomonidan informatika asoslarini mustahkam egallashlari asosidagina
ularning tafakkurini tarbiyalash va ilmiy dunyoqarash asoslarini yaratish
mumkin. Ikkinchi tomondan, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish bilangina,
o‘quvchilarning informatikani fan sifatida uning o‘ziga xos tomonlarini
chuqur tushunishlariga erishish mumkin.
Bundan tashqari informatikani o‘qitish jarayonida amaliy faoliyatga
tayyorlash vazifasini to‘g‘ri hal etishga erishish uchun informatika
kursining ilmiyligini oshirish lozim. Faqatgina to‘g‘ri va chuqur
xulosalar qila olsagina, o‘quvchilar har bir masalani yechishga tanqidiy
va ijodiy yondasha oladilar, yangi muammolar oldida o‘zlarini yo‘qotib
qo‘ymaydilar va turli shart- sharoitlarda unumli faoliyat ko‘rsata
oladilar. Shuningdek, amaliy ish o‘quvchilarning dunyoqarashini
oshirishi va uni yangi faktlar bilan boyitishi bilan bir qatorda,
190
informatikadan bilim darajalarini oshiradi, chuqur, to‘liq va mustahkam
bo‘lishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqil davlat maqomiga ega
bo‘lishi, o‘ziga xos va o‘ziga mos iqtisodiy rivojlanish yo‘lini tanlashi
ta’lim tizimida tub islohotlarni amalga oshirish, kadrlar tayyorlashning
tuzilmasi va mazmunini qayta ko‘rib chiqish zaruratini tg‘dirdi. Shu
munosabat bilan qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» islohotlarning ko‘lami va
hususiyatlarini o‘zida aks ettirdi.
Ta’lim sohasidagi islohotlar zaminidagi g‘oyani amalga oshirish bir
qator muhim omillarga bog‘liq. Ular orasida shunday murakkab
muammolar borki, bu muammolarni muvaffaqiyatli hal etmay turib tub
o‘zgarishlar samarasi haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas. Mana
shunday muammolardan biri «Informatika» yo‘nalishini tashkil etuvchi
«Informatika va axborot texnologiyalari» predmetini o‘qitish
muammosidir.
«Informatika» yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish zaruriyati, tuzilmasi
va faoliyat ko‘rsatish sohalarida yuqori sur’atlar va fundamental
o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan hozirgi jarayonning o‘ziga xos
xususiyatlaridan kelib chiqadi. Jamiyatdagi bunday o‘zgarishlarning
ildizi axborotlar hosil qilish, ularni saqlash, uzatish va ulardan
foydalanishning yangi usul va vositalariga borib taqaladi. Biz
axborotlashgan davrida turibmiz. Doimo ortib borayotgan axborot
hajmini qayta ishlash va o‘z faoliyat doirasida undan unumli foydalanish
zaruriyati bilan duch kelayotgan jamiyat a’zolari, kasb egalari soni
tobora ortib bormoqda.
Hozirgi davrda real shart- sharoit shundan iboratki, O‘zbekiston
Respublikasi ta’lim tizimini axborotlashgan asr ehtiyojlariga
moslashtirmalikning iloji yo‘q. Ushbu masalaga «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi»da ham alohida e’tibor qaratilgan.
«Informatika» yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish zaruratining zamini,
asosi bo‘lib quyidagilarni anglash hisoblanadi:
•
Komp’yuterlar, komp’yuterli va kommunikatsion texnologiyalar
dunyodagi axboriy inqilobning mahsulidir.
•
O‘zbekiston
Respublikasidagi ta’lim jarayonida ta’limni
komp’yuterlashtirishning jahon darajasiga moslashtirish yo‘llarini izlash
zarur.
•
Komp’yuter ta’lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi
quvvatli vositadir, chunki u o‘quv axborotlarini sifatli yetkazish
191
imkoniyatlarini
kengaytiradi,
fanni
o‘rganishga
bo‘lgan
qiziqish(motivatsiya)ni oshiradi, ta’limni qiziqarli olib borish imkonini
kengaytiradi, o‘quv faoliyatini boshqarish usullarini o‘zgartiradi,
o‘qituvchining axborot uzatuvchi sifatidagi rolining yuqori darajada
bo‘lishini ta’minlaydi va hokazo.
•
Zamonaviy komp’yuterlarda grafik interfeys, «do‘stona» muloqot
vositalari va boshqa imkoniyatlarning mavjudligi barcha soha
mutaxassislariga, umuman foydalanuvchilarga komp’yuter bilan
bemalol muloqot qilish imkonini beradi.
•
Komp’yuter savodxonligi natijasida bolalar o‘zgarib borayotgan
dunyoda kelajak hayotga va moddiy faravonlikka erishishga yaxshiroq
tayyor bo‘lishlari mumkin.
•
Zamonaviy komp’yuter texnologiyalarining imkoniyatlari shu
darajadaki, ulardan nafaqat ta’limda, balki, har tomonlama etuk,
barkamol avlodni tarbiyalashda ham foydalanish mumkin.
Maktabgacha tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi va undan keyingi ta’lim bosqichlarini o‘z ichiga olgan va
informatika va dasturiy ta’minot bo‘yicha mutaxassis bo‘lmaganlarga
mo‘ljallangan «Informatika» fanini pedagogikamiz uchun yangi bo‘lgan
nizom va qarashlar sistemasiga asoslangan:
ؘ– kadrning butun «hayotiy tsikli» hisobga olinishi kerak;
–
«Informatika» yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish dunyoning hozirgi
holati va rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda ta’lim
mazmunidagi o‘zgarishlarni aks ettirishi kerak;
|