192
o‘quvchining bilish faoliyatini boshqarish metodikasi va vositalarning
majmuasidir.
Informatika o‘qitishda quyidagi didaktik tizimlardan foydalanish
mumkin:
➢
Guruhni an’anaviy texnik vositalarni qo‘llab o‘qitish;
➢
Bir o‘quvchi va ko‘p o‘quvchi tizimi;
➢
Kichik guruhlar tashkil etish;
➢
Avtomatlashgan
auditoriyalar;
➢
Dasturli o‘qitish;
➢
Kompyuterli o‘qitish.
Informatika
kursida
kompyuter
sovodxonligi
quyidagi
bosqichlardan iborat bo‘ladi:
➢
Kompyuter xabardorlik;
➢
Kompyuter savodxonlik;
➢
Kompyuter madaniyat;
➢
Kompyuter mafkura.
Informatika fanini o‘qitish uchun quyidagi o‘quv- uslubiy
ta’minotlar mavjud bo‘lishi zarur: Ta’lim muassasalari uchun
Informatika fanidan DTS va o‘quv dasturlari,
darsliklar, o‘quv va
metodik qo‘llanmalar, yillik taqvim rejasi, ko‘rgazmali vositalar, bir
soatlik o‘quv mashg‘uloti ishlanmasi, amaliy va laboratoriya
mashg‘ulotlarini o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalar va ishlanmalar.
Respublikamiz uzluksiz ta’lim tizimining 3 ta bosqichida DTS
qo‘llanilmoqda. Ular umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va kasb- hunar
ta’limi va oliy ta’lim.
1997 yil 29 avgustda «Ta’lim to‘g‘risida» va «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi» to‘g‘risidagi Qonunlar joriy qilingandan so‘ng ta’lim
tizimida ham bir qancha islohotlar olib borildi. Turli ta’lim
muassasalarda bo‘lgani kabi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 1998-
1999 o‘quv yilidan boshlab DTS tajriba sinov tariqasida qo‘llanila
boshladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 1999- 2000 o‘quv
yilidan
boshlab bosqichma- bosqich DTS talablari joriy qilina boshladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Informatika fanidan 2001- 2002
o‘quv yilidan DTS o‘quv jarayoniga qo‘llanila boshladi.
DTS o‘quvchilarning umumta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga
qo‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi. DTS ta’lim
mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini va uning sifatini baholash
tartibini belgilaydi. Joriy qilingan DTS Respublikaning barcha ta’lim
muassasalarida ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga
193
oshiruvchi vosita hisoblanadi. DTS o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv
dasturlari, darsliklar, qo‘llanmalar, nizomlar va boshqa me’yoriy
hujjatlarni yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini (UO‘T DTS)
yaratishning muhim zaruriyati kadrlar
tayyorlash sifatini yaxshilash,
milliy umumta’lim maktablarini xalqaro darajaga ko‘tarish; uning
keyingi funktsiyalari qayta qurish tuzilishining negizi asosida ta’lim
dasturlari va o‘quv- metodik to‘plamlarini yangi sermazmun ta’minlash;
haqiqiy demokratik va ijtimoiy printsiplarda tashkiliy va
boshqaruv
funktsiyalarni shakllantirish talablariga asoslangan.
UO‘T DTS O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim haqidagi» qonunning
ayrim qismini izohlovchi asosiy normativ hujjatdir.
UO‘T DTS tuzilish, mazmun va uning talab darajasini aniqlaydi,
ta’lim, tarbiya va rivojlantirish natijalarini baxolash forma va metodlarni
o‘rgatadi. UO‘T DTS umum o‘rta ta’lim talab darajasini muvozanatli,
uning doimiy rivojlanishini, rivojlangan fan
madaniyat va texnikaning
dunyo darajasi talabiga javob bera olishini ta’minlaydi.
UO‘T DTS o‘z moxiyatini umum o‘rta ta’limning asosiy
komponentlariga – tarkibini xosil qiluvchilar: o‘quv rejasini asosi, o‘quv
soxasining mazmunini, bilim sifatiga, keyin o‘quvchilarni litsey yoki
kollejlarda o‘qishni davom ettirishga tayyorgarliga qo‘yiladigan minimal
majburiy talablarni ta’rifini ko‘rsatadi.
UO‘T DTS o‘quv jarayonida yangi pedagogik texnologiya, ta’lim
dasturlari, umum demokratik printsiplarda tashkiliy – boshqaruv
funktsiyalarni rivojlantirish, o‘quvchilarga shaxs sifatida qarash, o‘quv-
tarbiya
jarayonini
demokratlashtirish,
ijtimoiylashtirish,
ijtimoy
muassasi sifatida maktab huquqlarini kengaytirishni joriy qilishni
nazarda tutib umumta’lim maktablarining asosiy yo‘nalishlarini
aniqlaydi.
O‘UT DTS tarkibi:
1)
o‘quv rejasining asosi (UO‘T DTS bosh darajasida);
2)
o‘quv sohalarining asosiy qismining mazmuni (o‘quv
predmetlari);
3)
baholash tizimi, baholash jarayoni; bitiruvchilar tayyorlash
darajasiga talablardan tashkil topadi.
UO‘T DTS mazmuni tuzilishiga majburiy va qo‘shimcha
komponentlar kiradi. O‘quv reja – UO‘T DTS ning markaziy darajasi.
Asosiy o‘quv reja umumta’lim sohasida o‘quv predmetlarini va ularni
o‘rganish uchun vaqtini belgilaydi.
194
UO‘T DTS ning ta’lim soxasi mazmuni milliy mustaqillik va
demokratiya, xalqning diniy- axloqiy merosi va umuminsoniy boyliklari
asosida ta’lim, tarbiya rivojlantirishni ta’minlash uchun tanlangan.
Asosiy didaktik printsiplar uch darajali tuzilish asosida amalga
oshiriladi:
•
1- daraja (minimal) ta’lim soxa asosining tizimi bilimlarin o‘z
ichiga oladi va bilimni kengaytirish va mukammallashtirish uchun negiz
bo‘lib xizmat qiladi.
U hamma uchun majburiydir;
•
2- daraja (asosiy) birinchiga qaraganda to‘laroq, chuqurroq,
yangi bilimlar bilan, lekin umumta’lim chegarasidan chiqmagan holda,
boyitib boradi.
•
3- daraja fanga qiziqqanlar va uni o‘zlashtira oladigan
o‘quvchilar uchun alohida maxsus bilimlar yo‘nalishi.
Ta’lim muassasalarida DTS dan foydalanish muddati 5 yilgacha
bo‘lib, vaqt o‘tgandan so‘ng DTS qayta ishlanib joriy qilinadi. Umumiy
o‘rta ta’lim maktablari uchun informatika fanidan 2001- 2002 o‘quv
yilida DTS joriy qilingan bo‘lsa, 2006- 2007 o‘quv yiliga kelib yangi
tahrirdagi DTS, va 2016- 2017 o‘quv yilidan