183
Tarixiy material yaxshi eslab qolinadi. Demak, uning yordamida
informatikaning rivojlanish tarixi, uning asosiy g‘oya va usullarini
shakllantirish
jarayonlari
eslab
qolinadi.
Natijada
informatika
o‘quvchilar ko‘z o‘ngida qotib qolgan va shakllanib bo‘lgan fan sifatida
emas, balki dinamikada ijodiy yaratuvchanlik jarayonida namoyon
bo‘ladi. Fan tarixi uning harakatlantiruvchi kuchini ko‘rish, ilmiy bilim
va insonning amaliy faoliyati bir- biriga bog‘liqligi va o‘zaro harakatda
kuzatish imkonini beradi. Bu esa o‘quvchilarda dunyoqarash va ilmiy
tafakkurni shakllantirishga yordam beradi.
Informatika mashg‘ulotlarida tarixiy materiallardan foydalanishning
bir necha turlari mavjud. Masalan: 1) Informatika tarixiga ekskurssiya
tashkil etish, «Kompyuter avlodlari» mavzusini o‘tganda o‘qituvchi
O‘zbekistondagi «Algoritm» zavodida kompyuterning 4- avlodini
yig‘ish jarayoni bilan tanishtirishi mumkin. 2) Akademiklar V.Qobulov,
F.Abutaliev, M.Komilov, professor M.Ziyoxo‘jaev, A.Abduqodirov,
M.Aripov,
U.Yuldashev,
F.Zakirovalar
misolida
Vatanimizdagi
kibernetika va informatika sohasiga katta xizmat qilgan olimlarning
hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berib borish. 3) Ma’lum davrlarda
olingan, kashf qilingan tarixiy natijalar sharhi (kompyuterlarning yangi
turini paydo bo‘lishi, u yoki bu dasturlash atamasining paydo bo‘lishi va
boshqalar). Masalan, biror dasturlash tilini o‘rganishda ayol Ada
Lavleys
haqida
so‘zlab berish mumkin. 4) Ma’lum bir tarixiy mavzuni
o‘rganish. Masalan, sanoq sistemalari tarixini o‘rganish (qadimiy
bobilliklardan to kompyuterlar davrigacha). 5) Buyuk olimlar va
allomalarning (mutafakkirlarning) kibernetika, informatika va dasturlash
haqidagi so‘zlari. O‘quvchilarda vatanparvarlik xislatlarini shakllantirish
maqsadida o‘quvchilarni buyuk vatandoshlarimiz al- Xorazmiy, Beruniy
kabi buyuk olimlarning ilmiy natijalari haqidagi materiallar bilan
tanishtirib borish nihoyatda foydalidir.