173
texnologiyalari tarixi, informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha
yaratilgan darsliklar, qo‘llanmalarning xususiyatlariga doir bilimga;
−
informatika o‘qitish metodikasining matematika va boshqa
fanlar bilan bog‘liqligi, informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish
metodlari, texnologiyalari, ularning nazariy asoslari, umumiy o‘rta
ta’limda informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishning maqsadi,
mazmuni va vazifalari, o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limida informatika
va axborot texnologiyalarini o‘qitishning maqsadi, mazmuni va
vazifalari, informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda didaktik
tamoyillar, informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda uning
qismlari va boblariga xos xususiyatlari, informatika va axborot
texnologiyalari bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni ko‘nikma, informatika
va axborot texnologiyalariga o‘quvchilarda mehr uyg‘ota olish
ko‘nikmasiga;
−
informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishning
zamonaviy metod va texnologiyalarini qo‘llay olish, informatika va
axborot texnologiyalarini o‘qitishda ilg‘or metodik tajribalarni
umumlashtira olish, informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha
mustaqil tahsil olishga o‘quvchilarni yo‘llash, informatika va axborot
texnologiyalarini o‘qitishda o‘quvchilarda axborot madaniyatini
shakllantirish va rivojlantirish, informatika va axborot texnologiyalari
bo‘yicha o‘quvchilar bilimini baholay olish, informatika va axborot
texnologiyalari darslari, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha talab qilingan barcha
hujjatlarni yuritish, informatika va axborot texnologiyalari darslarini
rejalashtirish malakasiga ega bo‘lishi lozim.
Informatika o‘qitish metodikasi kursi 5110700–Informatika o‘qitish
metodikasi yo‘nalishida umumkasbiy fanlar blokidagi asosiy fanlardan
biri hisoblanib, 5–6–semestrlarda o‘qitiladi. Informatika o‘qitish
metodikasi kursi “Informatika”, “Psixologiya”, “Pedagogika” fanlari
bilan bog‘liq.