Informatika va axborot texnologiyalarini fani va uni o‘qitish
metodkasi tarixi.
Informatika fani inson faoliyatining turli holatlarida
axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish
masalalari bilan shug‘ullanuvchi fandir. Informatika fani XX asrning 50-
yillarida yuzaga keldi. Bu fan Respublikamizda 1985- 86 o‘quv yilidan
boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv predmeti sifatida
o‘qitilib kelmoqda.
178
Informatika fan sifatida informatsion jarayon (axborotlashgan
jarayon) larning qonuniyatlarini o‘rganadi. Informatsion jarayon keng
tushuncha bo‘lib, ma’lumotlarni jamlash, uzatish, saqlash, to‘plash,
qidirish va iste’molchiga berishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘zida aks
ettiradi.
Informatika atamasi frantsuzcha «information» (axborot) va
«automatique» (avtomatika) so‘zilaridan hosil bo‘lib, axborotni
avtomatik qayta ishlash ma’nolarini anglatadi. Ingliz tilida bu fan
Somputer sciene (kompyuter texnikasi haqidagi fan, kompyuter ta’limi,
kompyuter bilimlari) deb yuritiladi. Informatika atamasi XX asrning 60-
yillarida ishlatila boshlagan bo‘lsada, uning alohida fan sifatida ajralishi
40- 50 yillarga to‘g‘ri keladi. Ma’lumki, bu davrda tarixda birinchi EHM
yaratilgan edi. (1943- 1945 yillarda AQShda ENIAK deb nomlangan
elektron hisoblash mashinasi). Birinchi EHM yaratilgandan so‘ng
Informatika fani yanada rivojlanib hozirgi taraqqiyot darajasiga etdi.
Informatika kompyuter texnikasining rivojlanishi tufayli yuzaga keladi,
unga asoslanadi, kompyutersiz mavjud bo‘la olmaydi va o‘z navbatida,
uning rivojiga, yangilanishiga o‘z hissasini qo‘shadi.
Umumiy qilib aytganda, informatika fani axborot texnologiyalari
vositalari yordamida axborotni taqdim etish, qabul qilish, saqlash, unga
ishlov berish, uzatish usullarini va ularni boshqarish usullarini tizimli
ravishda o‘rganuvchi fandir.
Hozirgi vaqtda Respublikamizda informatika fanini o‘rganish uch
bosqichda olib boriladi:
1. Umumiy o‘rta ta’lim bosqichi. Bu bosqichda informatika
kursning tanishuv qismi amalga oshiriladi va kursning nomi Informatika
va hisoblash texnikasi asoslari deb nomlanadi.
2. O‘rta maxsus va kasb- hunar ta’limi bosqichi. Bu bosqichda
informatika kursi to‘liq o‘rganiladi va kurs Informatika va axborot
texnologiyalari deb nomlanadi.
3. Oliy ta’lim bosqichi. Bu bosqichda informatika fani to‘liq
o‘rganilib, turli sohalarga qo‘llash masalalari hal qilinadi.
Bu bosqichlarda informatika fanini o‘rganish ketma- ketligi Davlat
ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida yo‘lga qo‘yilgan va ular
bir- birining davomi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Informatika fani 5-
11 sinflarda (5- sinfda haftasiga 0,5 soat, jami 17 soat, 6- sinfda
haftasiga 0,5 soat, jami 17 soat, 7- sinfda haftasiga 0,5 soat, jami 17
soat, 8- sinfda haftasiga 1 soat, jami 34 soat, 9- sinfda haftasiga 2 soat,
179
jami 68 soat, 10- sinfda haftasiga 2 soat, jami 68 soat, 11- sinfda
haftasiga 2 soat, jami 68 soat) o‘qitilmoqda.
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi kursi
o‘quv predmeti sifatida informatika fani va uning rivoji bilan uzviy
bog‘liq. Shuning uchun Informatika va axborot texnologiyalarini
o‘qitish
metodikasi
birinchi
navbatda
informatika
fanining
metodologiyasiga asoslanadi. O‘zining xulosalarida u ta’lim va
tarbiyaning umumiy tamoyillariga tayanadi. Ma’lumki, ushbu tamoyillar
pedagogika va didaktika tomonidan ishlab chiqiladi. Bundan tashqari
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi fiziologiya
va psixologiya fani tomonidan o‘rgatilgan qonuniyatlardan ham bevosita
foydalanadi.
Ta’lim va tarbiyaning umumiy maqsadlaridan informatikaning fan
sifatida o‘ziga xosligi, uning zamonaviy fanlar tizimida tutgan o‘rni va
rolidan, hozirgi jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda
informatikani o‘qitishning maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin:
o‘quvchilarda kompyuter savodxonligini shakllantirish; o‘quvchilarda
axborotga ishlov berish, uzatish va undan foydalanish jarayonlari
haqidagi bilimlar asoslarini mustaxkam va ongli o‘zlashtirib olishlarini
ta’minlash; o‘quvchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy ko‘rinishini
shakllantirishda axborot jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning
rivojida axborot va kommunikatsion texnologiyalarning rolini ochib
berish; hayotida kompyuterlardan ongli va ratsional foydalanish
ko‘nikmalarini shakllantirish va h.
Informatika predmetining pedagogik funktsiyalari insonning
umumiy ta’lim olishidagi asosiy vazifalarini hal etishdagi qo‘shadigan
o‘ziga hos hissasi bilan aniqlanadi. Ularga quyidagilarni keltirish
mumkin: 1) O‘quvchilar tomonidan informatika asoslarini egallash va
ularni tafakkurini rivojlantirish. Bu vazifa informatika o‘qituvchisi
oldida turgan birinchi vazifadir; 2) Ilmiy dunyoqarash asoslarini
shakllantirish. Bu muhim vazifani hal etishda butun pedagogik jamoa
barcha o‘quv predmetlarini o‘qitish jarayonida ishtirok etadi; 3) Milliy
mafkura ruhida tarbiyalash; 4) O‘quvchilarni amaliy faoliyatga,
mehnatga, ta’lim olishni davom ettirishga tayyorlash.
Yuqoridagi masalalardan hech biri boshqalaridan ajratilgan holda,
alohida hal etilmasligi lozim. Ular bir butunlikda bir- biri bilan
chambarchas bog‘liq holda amalga oshirilishi lozim. O‘quvchilar
tomonidan informatika asoslarini mustahkam egallashlari asosidagina
ularning tafakkurini tarbiyalash va ilmiy dunyoqarash asoslarini yaratish
180
mumkin. Ikkinchi tomondan, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish bilangina,
o‘quvchilarning informatikani fan sifatida uning o‘ziga xos tomonlarini
chuqur tushunishlariga erishish mumkin.
Bundan tashqari informatikani o‘qitish jarayonida amaliy
faoliyatga tayyorlash vazifasini to‘g‘ri hal etishga erishish uchun,
informatika kursining ilmiyligini oshirish lozim. Faqatgina to‘g‘ri va
chuqur xulosalar qila olsagina, o‘quvchilar har bir masalani yechishga
tanqidiy va ijodiy yondasha oladilar, yangi muammolar oldida o‘zlarini
yo‘qotib qo‘ymaydilar va turli shart- sharoitlarda unumli faoliyat
ko‘rsata
oladilar.
Shuningdek,
amaliy
ish
o‘quvchilarning
dunyoqarashini oshirishi va uni yangi faktlar bilan boyitishi bilan bir
qatorda, informatikadan bilim darajalarini oshiradi, chuqur, to‘liq va
mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi.
Informatikani o‘qitish uchun informatika o‘qituvchisi avvalo
informatika fanini, uning usullarini va rivojlanish tarixini chuqur
egallagan bo‘lishi lozim.
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi kursi
bu informatikani o‘quv predmeti sifatida va turli yoshdagi o‘quvchilarga
informatikani o‘rgatish jarayonining qonuniyatlarini o‘rganadigan
kursdir.
Informatika
fan
sifatida
XX
asrning
ikkinchi
yarmida,
O‘zbekistonda esa 1985 yildan boshlab shakllandi. Bunga asosiy omil
bo‘lib umumta’lim maktablariga «Informatika va hisoblash texnikasi
asoslari» predmetining kiritilishi bo‘ldi.
O‘zbekistonda Informatikani o‘qitish bo‘yicha dastlabki ilmiy
tadqiqotlar M.Ziyoxo‘jayev, A.Abduqodirov, U.Yuldashyev, R.Boqiyev,
I.Isoqov, F.Zakirova, T.Azlarov, B.Boltayev va boshqalar tomonidan
olib borildi va bu sohada muayyan yutuqlarga ham erishildi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga yangi bo‘g‘in, o‘rta-
maxsus va kasb - hunar ta’limining kiritilishi bilan, ushbu bo‘g‘in
informatika o‘qituvchilari uchun informatika o‘qitish metodikasini
yaratish dolzarb muammolardan biri bo‘lib qoldi.
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi fanida
quyidagi asosiy masalalar ko‘rib chiqiladi: informatikani o‘qitishning
maqsadi va vazifalari; o‘quv predmeti sifatida informatikaning
mazmunini aniqlashtirish; informatikaning o‘quv materiallarini qanday
ketma- ketlikda joylashish va o‘quvchilarga yetkazish yo‘llari;
informatikadan o‘quv materialini to‘liq va chuqur o‘rganish uchun
qanday usul, shakl va vositalardan foydalanish kerak va hokazo.
181
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi oldiga
an’anaviy savollar uchligi qo‘yiladi: 1) informatikani nima uchun
o‘rganish kerak (ya’ni, maqsad va vazifalarni aniqlash)? 2) nimani
o‘rganish kerak (ya’ni, mazmunni aniqlash)? 3) informatikani qanday
o‘rgatish kerak (ya’ni, tanlab olingan o‘qitish shakli doirasida ta’limning
samarali usul va vositalarini aniqlash)?
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasini
o‘rganishning maqsadi o‘qituvchilarda shaxsiy metodik tizimini ishlab
chiqish va shakllantirishdan iborat.
Informatikada nimani va qanday o‘qitish kerak degan savolga javob
olish uchun, avvalo ushbu fan rivojining hozirgi bosqichda
informatikani o‘qitish vazifalarini aniq belgilab olish lozim. Ushbu
vazifalar barcha umumilmiy fanlar uchun umumiydir. Shuning bilan
birga uzluksiz ta’lim tizimida informatikani o‘qitish kontseptsiyasi va
davlat ta’lim standartlariga asosan bu vazifalarni informatikani
o‘qitishdagi o‘ziga xos tomonlarini tahlil etish lozim.
Informatika o‘qitish mazmunini aniqlashda informatikaning fan va
ikkinchi tomondan o‘quv predmeti ekanligi haqidagi tasavvurlardan
kelib chiqish kerak. Informatika fani va o‘quv predmeti bir- biridan
avvalam bor mazmunining hajmi va chuqurligi bilan farq qiladi.
Informatika o‘quv predmeti informatika fanidan o‘quvchilarda
informatika haqida bir butun, yaxlit bilimlar tizimini hosil qiladigan va
kelajak amaliy faoliyatlarida zarur bo‘ladigan ma’lumotlarnigina oladi.
Informatika o‘quv predmeti sifatida o‘quv dasturlari va darsliklarda
o‘z aksini topadi. Informatika o‘quv predmeti tarkibiga kiritilgan o‘quv
materialining hajmi to‘g‘risidagi masala hal etilgandan so‘ng, ushbu
o‘quv materiali o‘quvchilarga qanday ketma- ketlikda yetkazib berish
maqsadga muvofiq ekanligini aniqlash lozim. Informatika o‘qitish
uslubiyotining hususiyatlaridan biri o‘quvchilarni informatikaning
mazmunini va unga xos ilmiy izlanish usullarini egallash, amaliy
bilimlar va ish ko‘nikmalarini olishning usul va yo‘llarini belgilash
lozim. Bularga o‘quv materialini o‘rganish usullari va zamonaviy
pedagogik va psixologik tadqiqotlar asosida o‘quv mashg‘ulotlarini
tashkil etish shakllari kiradi.
Informatikadan mashg‘ulotlarni samarali o‘tkazish uchun tegishli
material baza, ya’ni maxsus jihozlangan informatika xonasi bo‘lishi
lozim. Havfsizlik texnologiyalar konfiguratsiyasining samaradorligi
zamonaviy talablarni hisobga olgan holda ushbu masalalarni
182
birlashtirish informatika o‘qitish uslubiyotining yana bir masalasini
tashkil etadi.
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasining
asosiy masalalari qatoriga informatika kursining barcha bo‘limlarini
bayon qilish mahoratini nuqtai nazaridan qarab chiqish kiradi.
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi Informatika
o‘quv predmetini o‘qitish uchun o‘quv- metodik, dasturiy, tashkiliy va
texnik ta’minotni tadqiq etish va ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan,
pedagogika va informatika fanining bir shaxobchasi sifatida qarash
mumkin.
|