• Dars rejasi: (Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 45 minut)
  • 3. Yangi mavzuning bayoni. ……………………………………………………………………… ………………………………………………………………..…… …………..……………………………………………………………… 4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
  • 5. Uy vazifalari.
  • M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet99/251
    Sana06.09.2024
    Hajmi5,02 Mb.
    #270410
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   251
    Bog'liq
    Inf met

     
    Dars jihozlari:
    ____________________________________________.
     
    Darsda foydalaniladigan metodlar:
    _______________________ ____. 
    Dars rejasi: (Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 45 minut) 
    1.
    Tashkiliy qism - 2 minut. 
    2.
    Uy vazifalarini tekshirish - 8 minut. 
    3.
    Yangi mavzuning bayoni - 25 minut. 
    4.
    Yangi mavzuni mustahkamlash - 8 minut. 
    5.
    Uy vazifalarini berish - 2 minut. 
     
    Darsning borishi
    1.Tashkiliy qism. 
    _____________________________________ 
    2. Uy vazifalarini tekshirish. 
    1.
    _____________________________________________________. 
    2.
    _____________________________________________________ 
    3. Yangi mavzuning bayoni.
    ………………………………………………………………………
    ………………………………………………………………..……
    …………..……………………………………………………………… 
    4. Yangi mavzuni mustahkamlash. 
    1.
    _________________________________________________ 
    2.
    _________________________________________________ 
    5. Uy vazifalari. 
    1.
    _________________________________________________ 
    2.
    _________________________________________________ 


    163 
    6.3. Pedagogik faoliyatda dars tahlili 
     
    Dars tahlili, uning turlari va uni amalga oshirish usullari. 
    Dars 
    kuzatish va tahlil qilish orqali o‘quvchilarning umumiy tayyorgarligi, 
    bilim olishdagi faoliyati, o‘quv faniga bo‘lgan qiziqishi, diqqat bilan 
    ishlashi, matn, xarita, jadval, asboblar bilan mustaqil ishlay bilishi, 
    o‘qituvchiga bo‘lgan munosabati aniqlanadi. Shu bilan birga 
    o‘qituvchining faoliyati ham tahlil qilinadi. Chunonchi, o‘qituvchining 
    o‘quv dasturi materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish 
    jarayonida asosiy fikrni ajratib olishi, ilmiylik va soddalik, 
    ko‘rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, dars maqsadini to‘g‘ri 
    qo‘yishi, dars jarayonini to‘g‘ri rejalashtirishi, darsda hamkorlikka 
    erisha olishi, bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni nazorat etishi, 
    o‘quvchilar bilan yakka va jamoada ishlashni tashkil eta bilishi, dars 
    mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muomala 
    madaniyatini egallaganlik darajasi kabi jihatlar inobatga olinadi.
    O‘qituvchining darsini bir necha marta kuzatish va tahlil qilish
    uning pedagogik mahorati, ish tizimi, o‘quvchilarining o‘zlashtirishi, 
    bilim darajasi kabi sohaviy va kasbiy layoqati yuzasidan xulosa 
    chiqarish imkonini beradi.
    Ta’kidlash joizki, umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilarining 
    darslarini tahlil qilishda ko‘pincha kuzatuvchilar darsga yaxlit tizim 
    sifatida qaramay ko‘proq tashqi jihatlariga baho beradilar, darsning 
    mazmun- mohiyati xususida yuzaki mulohaza yuritadilar. Shuningdek, 
    dars tahlilida o‘qituvchining ko‘rsatmali qo‘llanmadan foydalanishi, 
    didaktik kartochkalar bilan ishlashi va hokazolar aytiladi- yu, ammo 
    ulardan nima maqsadda, qaysi vaziyatda foydalanilgani, qanchalik 
    samara berganligi, vaqt taqsimotiga to‘g‘ri amal qilinganligi, 
    o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olganolmaganligi kabi 
    masalalar to‘g‘risida fikr yuritilmaydi. Bundan tashqari yana bir jiddiy 
    kamchilik 
    o‘qituvchining o‘zini o‘zi tahlil qilishiga e’tibor 
    qaratmaslikdir. O‘zini- o‘zi tahlil qilish tamoyili o‘qituvchining o‘z 
    faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarini aniqlash va bartaraf etishga oid
    maqsadli yo‘lni belgilab olishiga asos bo‘ladi. O‘qituvchilar aksariyat 
    hollarda dars jarayonida quyidagi xato va kamchiliklarga yo‘l 
    qo‘yadilar, jumladan:
    • 
    dars maqsadi bilan o‘quvchilarni tanishtirmaslik;
    • 
    interfaol metodlardan samarasiz foydalanish;


    164 
    • 
    dars jarayonida barcha o‘quvchilarning ishtirokini ta’minlay 
    olmaslik;
    • 
    o‘quvchilar bilan yakka va jamoa tartibda ishlashga erisha 
    olmaslik;
    • 
    o‘quvchilarning mustaqil ishlashini ta’minlamaslik.
    • 
    o‘quvchilar bajargan ishlarini vaqtida baholamaslik;
    • 
    o‘qituvchi nutqining ravon ta’sirchan emasligi;
    • 
    mavzuni amaliyot bilan bog‘lab tushuntirmaslik;
    • 
    mavzuni ilmiy va amaliy nuqtai nazardan tushuntirishga e’tibor 
    bermaslik;
    • 
    sinf doskasi, darslik, o‘quvchi daftari, qo‘shimcha adabiyotlardan 
    foydalanishning tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi;
    • 
    o‘quvchilarga beriladigan savollarning muammoli tarzda 
    tuzilmaganligi kabilar.
    Darslar aniq maqsad asosida kuzatilishi va tahlil qilinishi lozim. 
    Shundagina natijasi samarali bo‘ladi va o‘quv jarayoni yuzasidan aniq 
    xulosa chiqarish imkonini beradi.
    Dars tahlilida tizimsizlik, aniq bir maqsadning yo‘qligi, darsga 
    tasodifan qatnashish, darsni chuqur tahlil qila olmaslik, o‘qituvchiga 
    amaliy yordam ko‘rsata olmaslik esa darslar sifatining va saviyasining 
    pasayib ketishiga olib keladi.
    Darslarni tahlil qilish faqatgina metodik ahamiyatga ega bo‘lmay, 
    balki maktabda o‘quvtarbiya jarayoniga rahbarlik va nazoratning muhim 
    shakllaridan biridir. O‘qituvchi darsini kuzatish va tahlil qilish 
    amaliyotining tizimli amalga oshirilishi darslarni qiyoslash va yo‘l 
    qo‘yilgan xatolarning bartaraf etilganligini aniqlash imkoniyatini beradi. 
    O‘qituvchilarning o‘zaro dars kuzatishi tajriba almashinuv jarayoni 
    bo‘lib, dars o‘tayotgan o‘qituvchi bor mahoratini ishga solib, yuqori 
    ishchanlik bilan faoliyat ko‘rsatsa, tahlil qiluvchi o‘qituvchi esa taklif va 
    mulohazalar berish orqali tajribasini boyitadi, metodik malakasini 
    oshiradi.

    Download 5,02 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   251




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi

    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish