M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/251
Sana06.09.2024
Hajmi5,02 Mb.
#270410
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   251
Bog'liq
Inf met

Innovastion usullar 
Innovastion usul turlari, namoyish qilish, rolli o‘yinlar, guruh 
munozarasi, shakli o‘zgartirilgan ma’ruza, muayyan holatni (vaziyatni) 
o‘rganish, tanqidiy tafakkur, aqliy hujum, har kim har kimga o‘rgatadi, 
debatlar (tortishuvlar)
 
Innovastiya- lotincha so‘z bo‘lib, “yangilik 
kiritaman, tatbiq etaman, o‘zgartiraman” degan ma’noni bildirib, u 
quyidagi usullardan iborat.
1.
Modellashtirish (trenirovka).
2.
Namoyish qilish
3.
Kichik guruhlarda bo‘lish
4.
Aqliy hujum
5.
Tanqidiy tafakkur


77 
6.
Debatlar
7.
Nuqtai nazaring bo‘lsin
8.
Har kim har kimga o‘rgatadi
9.
Rolli o‘yinlar
10.
Muayyan holatni (vaziyatni) o‘rganish
11.
Modifikastiyalangan ma’ruza
12.
O‘yinlar
13.
Bingo
14.
Axborot texnologiyalari (kompyuter) yordamida.
O‘qitishning innovastion usullaridan foydalana bilish va amalga 
oshirish O‘qituvchi quyidagilarni bilishi lozim:

innovastion texnologiya tushunchasi, uning mazmun- mohiyati;

ta’lim 
maqsadini 
amalga 
oshirishda 
innovastion 
texnologiyalarning o‘rni va roli;

fanlar 
bo‘yicha 
innovastion 
texnologiyalarni 
qo‘llash 
prinstiplari;

ta’limiy va ishchanlik o‘yinlari;

muammoli rivojlantiruvchi ta’lim metodlari;

o‘quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilish va 
ta’minlash yo‘llari;

o‘quvchilarning mustaqil ishlash mahoratini oshirish usullari;

ko‘rgazmali o‘qitish usullari;

imitastiya o‘quv- mashg‘ulotlari;

ta’lim- tarbiyani faollashtiruvchi usullar.
Quyida savolni to‘g‘ri ifoda qilish bir qancha tavsiyalarni keltiriladi. 
1.
Savollarni aniq va qisqa qo‘yish lozim. 
2.
Bitta savol orqali faqat bir narsani so‘rash. 
3.
Savol mavzu bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi kerak. 
4.
Savoldagi barcha so‘zlar o‘quvchiga tushunarli bo‘lishi kerak. 
5.
Har bir savolga bir nechta javob bo‘lishiga harakat qiling. 
6.
Konkret predmetlardan umumiyga borishga harakat qiling. Bu 
holat o‘quvchilarni o‘ylashi va savolga javob berishida yengillik 
tug‘diradi. 
7.
Faqatgina "ha" yoki "yo‘q", "to‘g‘ri" yoki "noto‘g‘ri" degan 
javoblar beriladigan savollarni berishdan saqlaning. 
8.
O‘quvchilarga o‘z tajribalariga tayangan holda javob beradigan 
savollarni bering. 
9.
O‘zining nuqtai nazarini bildiradigan savollarni bering. 


78 
10.
Qo‘yilgan savolga javob berilganda, o‘quvchilardan "Nima 
uchun shunday deb o‘ylaysiz?" deb so‘rab turing. 
Interfaol usullar bo‘yicha o‘qitish tashkil etilganda e’tibor berilishi 
kerak bo‘lgan yana bir holat, bu vazifaning mazmuni masalasidir. 
Vazifaning mazmuni o‘qitishning an’anviy shakllariga qaraganda 
boshqacharoq xarakterga ega bo‘lishi lozim. Masalan, guruhga 
darslikdagi ma’lum bir paragrafni konspektini olish vazifa sifatida berish 
maqsadiga muvofiq emas, chunki har bir o‘quvchi bu ishni o‘zi, 
mustaqil bajarishi mumkin. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, muammoni 
nostandart qo‘yilishigina, o‘quvchilarni bir- biridan yordam olishga, 
boshqalarning ham fikrini bilishga, natijada esa, guruhning umumiy 
fikrini shakllantirishga undaydi. 
Masalan, dasturlashga oid masala yechilganda, uni kichik 
masalalarga bo‘lish mumkin. O‘quvchilarni ham kichik guruhlarga 
bo‘lish va har biriga kichik masalani yechishni va dasturini tuzishni 
tavsiya etish mumkin. 
Dars oxirida guruhlarning echimlari asosida asosiy masala 
yechishni tashkil qilish lozim. Buning natijasida bitta dars davomida 
murakkab masalani yechish va unga ko‘proq o‘quvchilarni jalb qilish 
mumkin bo‘ladi. Ushbu usulning hozirgi davrda ta’limda qo‘llanish 
ko‘lami ortib borayotgan "Loyihalar usuli " ning ko‘rinishlaridan biri 
deb hisoblasa bo‘ladi. 

Download 5,02 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   251




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi

Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish