53
Ko‘pincha laboratoriya darsi mashg‘ulotning tavsifiga qarab uch
turda:
kuzatish; tajriba yoki eksperiment o‘tkazish; tegishli asbob
uskunalar vositasida muayyan biror narsani o‘lchab yoki tekshirib
ko‘rishda qo‘llaniladi. Bitta laboratoriya mashg‘ulotida ikki yoki uch xil
metod qo‘llanilishi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilarning mustaqil ish
boshlashlaridan oldin tajribaning muvaffaqiyatli chiqishiga erishish
uchun ularga tegishlicha yo‘l- yo‘riq berishi mumkin.
Bundan ayniqsa: a) belgilangan tajribadan kuzatilgan maqsad; b)
kuzatilgan yoki tajriba qilinadigan hodisaning xususiyati; v) tajribada
qo‘llaniladigan asboblarning tuzilishi, xususiyati va ishlatilish yo‘llari;
g) tajriba ishini boshqarish tartibi; d) tajriba yuzasidan nimalarni yozib
olish zarurligi; e) tajribaning xavfsiz bo‘lish choralari hamda ko‘rsatma
berilishi zarur. O‘qituvchi o‘quvchilar uchun o‘zi yoki boshqa kishining
biror tajribani ishlab berishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
O‘quvchilardan laboratoriya mashg‘uloti jarayonida tajriba
natijalari haqida hisobot yozib berish talab qilinadi. Bunday hisobot
yozma ishlar, ba’zan rasm, chizma, tariqasida bo‘lishi mumkin.
Ba’zan ajoyib ijodkor o‘quvchilar uchrab turadiki, tekshirilgan
laboratoriya ishini boshqacha yo‘lda yoki usulda bajarishi mumkin.
Bunday hollarda o‘qituvchi bu talabani bajargan ishi to‘g‘ri bo‘lsa, uni
rag‘batlantirish zarurdir.