2. Suhbat metodi Suhbat metodi tajribada eng ko‘p qo‘llaniladigan
va samarali metodlardan biridir. Bu ko‘pincha savol- javob metodi deb
ham yuritiladi. Chunki mazkur metod dars jarayonida savol- javob
vositasida olib boriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga savol berib yoki ilgari
o‘zlashtirgan bilimlarini yodga olish, yoxud mavjud bilimlar asosida
yangi
mavzulardan
tegishli
xulosa
va
natijalar
chiqarish,
umumlashtirish, shuningdek, o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlariga
tayanib, yangi xulosalar chiqarishni taklif etish yo‘li bilan bilim,
ko‘nikma va malakalar berishi nazarda tutiladi.
Suhbat quyidagi maqsadlarda olib borilishi mumkin:
➢
o‘tilgan mavzuning mazmuniga bog‘liq holda o‘quvchilarning
hayotda kuzatgan va tajribada ishlatgan fakt (dalil), narsa va
hodisalardan nimalarni bilganliklarini aniqlash;
➢
o‘tilgan mavzu va, hatto ilgari o‘tilgan materiallarni
(ma’lumotlarni) qayta esga tushirish;
➢
o‘quvchilarning bayon qilinayotgan ma’lumotni qanchalik idrok
qilayotganliklarini aniqlash;
➢
o‘tilayotgan mavzuga oid ma’lumotlar haqida suhbat olib borish;
➢
bayon qilinayotgan ma’lumotni takrorlash va mustahkamlash;
➢
o‘tilayotgan mavzu yuzasidan xulosa chiqarish, umumlashtirish,
qoida va ta’riflar ustida ishlash;
50
➢
o‘zlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalarni
hisobga olish;
➢
uyga berilgan topshiriq va mustaqil o‘rganilgan ma’lumotlar
haqida suhbat o‘tkazish.
➢
Suhbat metodi o‘qituvchi faoliyatining yangi- yangi qirralarini
ochib beradi va bir maqsadga qaratilgan mustahkam harakat birligini
tug‘diradi.
3.