• Hikoya qilish
  • I. An’anaviy dars o‘tish metodlari




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/251
    Sana06.09.2024
    Hajmi5,02 Mb.
    #270410
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   251
    Bog'liq
    Inf met

    I. An’anaviy dars o‘tish metodlari
    1) o‘quv mavzusini og‘zaki bayon qilish; 
    2) suhbat;
    3)
    darslik va kitob bilan mustaqil ishlash;
    4)
    demonstrastiya, illyustrastiya (tasvirlash, rasmlar bilan ko‘rsatish) 
    va ekskursiya;
    5)
    og‘zaki, yozma mashq hamda grafik ishlar, maktab ma’ruzasi;
    6)
    amaliy mashg‘ulotlar (laboratoriya ishi, masala ishlash).
    1.
     
    O‘quv materiallarini og‘zaki bayon qilish metodi 
    Mazkur metod bayon qilinayotgan bilimlarni to‘g‘ridan- to‘g‘ri 
    o‘qituvchining
    jonli nutqi orqali bayon qilinishi bilan tavsiflanadi: Bu metod: a) 
    hikoya qilish; b) tushuntirish; v) maktab ma’ruzasidan iborat bo‘lishi 
    mumkin.
    Hikoya qilish
    o‘qituvchi tomonidan yangi o‘tilayotgan mavzuga 
    oid faktlar, fizik hodisa va voqealarning mazmunini ifodalaydigan 
    tushuncha, qonun va qoidalarning bayon qilinishidir.
    Og‘zaki bayon qilish metodidan samarali foydalanmoq uchun 
    yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlardan tashqari quyidagi bir qancha didaktik 
    qoida va tajribalarga amal qilinishi lozim:


    49 
    1. Bayon qilinayotgan mavzular maktab ta’limi oldida turgan 
    umumiy talablarni amalga oshirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. 
    Binobarin, mavzular g‘oyaviy jihatdan puxta, nazariya bilan amaliyotni 
    bog‘lashni nazarda tutishi kerak.
    2. Mavzuda o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish usullari 
    hisobga olinishi kerak.
    3.
    O‘quvchilarni dars jarayonida mavzuga oid fan yangiliklari, yangi 
    kashfiyotlar bilan tanishtirish, ular yuzasidan mustaqil ishlashlari uchun 
    vazifalar berib borilishi lozim.
    4.
    Og‘zaki bayon qilish metodida o‘qituvchining nutqi birdan- bir 
    bilim manbai hisoblanadi. U ravon, tushunarli va emotsional (ta’sirchan) 
    bo‘lishi lozim.
    Dars davomida ishlatilgan tushuncha va yangi so‘zlarga 
    (terminlarga) izoh berish, qoida va qonunlar ta’rifini sodda, ixcham va 
    tushunarli qilib aytilishiga erishish kerak.
    5.
    Bayon qilish jarayonida ishlatilgan ta’riflar, qoida va qonunlar 
    o‘qituvchi tomonidan yozdirilishi kerak.

    Download 5,02 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   251




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish