• Uning mavjud bo‘lish yo‘li: tartib tartibot
  • O‘quv ishini tashkillashtirish shakli
  • Fanlarni o‘qitishning tashkiliy shakllari




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/251
    Sana06.09.2024
    Hajmi5,02 Mb.
    #270410
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   251
    Bog'liq
    Inf met

    Fanlarni o‘qitishning tashkiliy shakllari. 
    Ta’lim shakllari (forma- 
    lotincha- tashqi ko‘rinish) - bu usul o‘quv jarayonini mavjudligi, uning 
    ichki mohiyati, mantiqi va mazmuni uchun qobiq. 
    Ta’lim shakli o‘quv jarayonining shunday tashqi tomonlarini 
    namoyon qiladi, ya’ni: 
    Uning mavjud bo‘lish yo‘li: tartib tartibot: 
    • t
    a’lim oluvchilar soni
    : ommaviy, kichik guruhlarda, yakka holda 
    o‘qitish; 


    40 
    • 
    o‘qitish vaqti: 
    4- 5- sinf darsi, 90- daqiqa bir juftlik dars, 
    “tanaffussiz dars”; 
    • 
    o‘qitish joyi: 
    auditoriya, laboratoriya mashg‘ulotlari. 
    O‘quv ishini tashkillashtirish shakli: 
    • ma’ruza, seminar, mustaqil ish va boshqalar. 
    Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini 
    tashkillashtirish yo‘llari umumiy (frontal), guruhli, yakka tartibli. 
    Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning hamkorlikdagi 
    faoliyatini tashkillashtirish shakllari: 
    • 
    Ommaviy ish (
    frontal) 
    -
    barcha ta’lim oluvchilar oldiga bir xil 
    topshiriq bajarish maqsadi qo‘yiladi. 
    • 
    Jamoaviy ish (
    kollektiv) - ham umumiy va guruhliga taalluqli 
    bo‘lishi mumkin: 
    1) oldinda turgan ish rejasini hamkorlikda muhokama qilish; 2) 
    majburiyatlarni bo‘lish, hisobot shaklini tanlash;
    3) xulosalarni muhokama qilish (tartib bilan alohida ta’lim 
    oluvchilar fikrlari tingladi va muhokama qilinadi);
    4) ma’qul xulosalarni shakllantirish (umumiy kelishuv bilan). 
    • 
    Guruhli 
    - kichik guruhlarda hamkorlikda bir topshiriqni bajarish. 
    • 
    Yakka tartibli (individual
    ) - o‘quv topshirig‘ini yakka o‘zi 
    bajarishi. 
    Informatika fanini o‘qitishda quyidagi asosiy o‘qish shakllaridan 
    foydalanaladi: 
    -
    ma’ruza; 
    -
    amaliy mashg‘ulot; 
    -
    laboratoriya mashg‘ulot. 
    Informatika fanidan ma’ruza mashg‘ulotlarida o‘qituvchi asosiy 
    nazariy bilimlarni o‘quvchilarga beradi. Amaliy mashg‘ulotlarda esa 
    berilgan nazariy bilimlarni mustahkamlashtiriladi. Informatika fanidan 
    laboratoriya mashg‘ulotlari individual shaklida o‘tkaziladi. 
    Ta’lim muassasalarida Informatika fanidan darslar tashkil qilish 
    shakllari guruhli, yakka tartibli va uyga vazifalardan iborat bo‘ladi. Dars 
    jarayonida mashg‘ulotlarning ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulot va 
    laboratoriya mashg‘ulotlari kabi turlaridan foydalaniladi. Darsdan 
    tashqari mashg‘ulot turlariga mustaqil ish, mustaqil ta’lim, sayohat, 
    to‘garaklar, olimpiada va hokazolarni kiritish mumkin.
    Informatika fanidan mashg‘ulotlar olib borishda kompyuter 
    texnologiyasidan unumli foydalanilsa, dars jarayoni samaraliroq bo‘lishi 
    tajribalardan ma’lum bo‘lmoqda. Nazariy mashg‘ulotlarni munozarali va 


    41 
    muammoli vaziyatlar hosil qiladigan har xil muammoli masalalar 
    asosida ko‘rgazmali vositalardan keng foydalangan holda tashkil qilish 
    hozirgi kunning talablaridan biridir. Nazariy mashg‘ulotlarni tashkil 
    qilishda 
    ta’limning zamonaviy usullaridan foydalanish, ta’lim 
    oluvchilarning bilim darajasini aniqlashda tabaqalashtirish usullaridan 
    foydalanish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
    O‘quvchilarning bilim darajasini tabaqalashtirish uchun nazariy 
    mashg‘ulotlarda topshiriqlarni 4 xil darajada berishga erishish kerak. 
    Topshiriqlarning 1- 2–darajasi davlat ta’lim standartlariga mos kelishi, 
    3- 4–darajasi esa ijodiy xarakterdagi topshiriqlar ko‘rinishida bo‘lishini 
    tavsiya qilish kerak. Har bir mavzu o‘tilganda mashg‘ulot uchun 
    tanlangan nazorat topshiriqlari 4 xil darajaga bo‘lganda 40 foizini 1–
    darajali, 30 foizini 2–darajali, 20 foizini 3–darajali va 10 foizini 4–
    darajali topshiriqlardan iborat bo‘lishi kerak. Birinchi va ikkinchi 
    darajali topshiriqlar davlat ta’lim standartlariga mos kelib, barcha 
    o‘quvchilar uchun bajarish majburiy hisoblanadi. Uchinchi va to‘rtinchi 
    darajali topshiriqlar ijodiy xarakterdagi topshiriq bo‘lgani uchun 
    yetarlicha qobiliyat va iqtidor talab qiladi. Natijada o‘quvchilar bilimi 
    tabaqalanishiga olib keladi. 
    O‘quvchilar bilimining tabaqalashishi natijasida ta’limga bo‘lgan 
    e’tibor ortib, o‘quvchilarning rivojlanishida ijobiy o‘zgarishlar 
    kuzatiladi. Bahs va munozaralar shakllanib ta’lim, rivojlanishga bo‘lgan 
    talab kuchayib boradi. 
    Nazariy mashg‘ulot yuqoridagi talab darajasida berilgandan so‘ng 
    mavzularga mos ravishda amaliy mashg‘ulotlar taklif qilinadi. 
    Informatika fanining tushunchalari va iboralarini o‘zlashtirishda amaliy 
    mashg‘ulotlarning o‘rni beqiyosdir. Amaliy mashg‘ulotlarni turli 
    ko‘rinishlarda olib borish mumkin. Amaliy mashg‘ulotlarni mavzuga 
    mos ravishda mashqlar bajarish, o‘qituvchi tomonidan berilgan 
    topshiriqlarni bajarish, o‘quvchilar tomonidan mustaqil bajariladigan 
    laboratoriya ishlaridan iborat bo‘lishi mumkin. 
    Nazariy mashg‘ulotlar o‘tishda misol uchun «EXCEL elektron 
    jadvalida ishlash» mavzusi o‘tilganda quyidagi tartibda topshiriqlar 
    tavsiya qilish mumkin: 
    1 – darajali topshiriqlar. 
    1.
    EXCEL elektron jadvali qanday vazifani bajaradi? 
    2.
    EXCEL elektron jadvali qanday ishga tushiriladi va unda ishlash 
    tartibini tushuntiring? 


    42 
    3.
    EXCEL elektron jadvalida tayyorlangan ma’lumotlarni xotiraga 
    yozish va undan chaqirish qanday bajariladi? 
    2 – darajali topshiriqlar. 
    1.
    EXCEL elektron jadvali oynasida ma’lumotlar qanday hosil 
    qilinadi va uni jadval ko‘rinishda chiqarish uchun qanday ish bajariladi? 
    2.
    EXCEL elektron jadvalida guruh o‘quvchilari haqida ma’lumot 
    tayyorlang. 
    3.
    EXCEL elektron jadvalida tayyor rasmlardan foydalanib 
    ma’lumot tayyorlash qanday bajariladi? 
    3 – darajali topshiriqlar. 
    1.
    EXCEL elektron jadvalida formulalar va funktsiyalardan qanday 
    foydalaniladi? 
    2.
    EXCEL elektron jadvalida biror korxona yoki tashkilotning bir 
    oylik daromadlari haqida ma’lumot tayyorlash va unda nimalarga e’tibor 
    berish kerak? 
    4 – darajali topshiriqlar. 
    1.
    EXCEL elektron jadvalida biror korxona iqtisodiyotining oylik 
    va yillik o‘sishi va kamayishini ko‘rsatuvchi ma’lumotni grafik va 
    diagrammalar shaklida chiqarish va bajarish tartibini ayting. 
    2.
    EXCEL elektron jadvalida biror o‘quv muassasasi tarkibiy 
    tuzilishini ko‘rsatuvchi rangli shakl tayyorlash tartibini ayting. 
    Bu kabi topshiriqlarni amaliy mashg‘ulotlar uchun ham tuzish 
    mumkin. 
    Shunda 
    nazariyada 
    berilgan 
    ma’lumotlar 
    amaliy 
    mashg‘ulotlarda mustahkamlanadi. 
    Amaliy mashg‘ulotlarning bir ko‘rinishi bo‘lgan laboratoriya 
    mashg‘ulotlarida o‘quvchilarga beriladigan mustaqil topshiriqlar ham 
    tabaqalashgan holatda oddiydan murakkabga qarab taklif qilinishi 
    maqsadga muvofiq. 
    Amaliy mashg‘ulotlarni Oliy va o‘rta maxsus o‘quv muassasalarida 
    mavjud yo‘nalishlarni e’tiborga olib o‘tkazish ijobiy natijalar berishi 
    tajribalardan ma’lum bo‘lmokda. Masalan, ijtimoiy- gumanitar 
    yo‘nalishga ega bo‘lgan o‘quv muassasalarida har xil matnli 
    ma’lumotlarni qayta ishlashga doir topshiriqlar; aniq fanlar va 
    iqtisodiyot yo‘nalishli o‘quv muassasalariga qo‘shimcha qilib hisoblash, 
    turli jarayonlarni dasturlashga doir topshiriqlar tavsiya qilish maqsadga 
    muvofiq. 
    O‘quv yurtlarida informatika fanidan laboratoriya ishlarini 
    o‘tkazish, amaliy mashg‘ulotlarning vazifasi quyidagilardan iborat: 


    43 
    1. Ta’lim oluvchilarda quyidagi amallarni bajarish ko‘nikmalarini 
    shakllantirish; 
    -
    kompyuterni ishga tayyorlash; 
    -
    kompyuterga dastur kiritish va uni rostlash; 
    -
    ixtiyoriy amaliy dastur bilan ishlash; 
    -
    kompyuterning 
    matn 
    va 
    grafik 
    muharrirlari 
    vositasidan 
    foydalanish; 
    -
    kompyuterning boshqa imkoniyatlari bilan tanishish; 
    -
    ma’lumotlar, dasturlarning nusxalarini olish va ko‘paytirish va 
    boshqalar. 
    2. O‘quvchilarda mashqlar bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish va 
    rivojlantirish; 
    -
    kompyuterda masala yechish bosqichlari; 
    -
    mashqlar bajarish jarayonida nazariy bilimlarni masala yechishga 
    tadbiq qilish; 
    -
    mashqlar bajarish jarayonida ta’lim oluvchilar ijobiy fikrlash 
    masalalarini rivojlantirish. 
    Informatikadan amaliy mashg‘ulotlar uchun tanlangan topshiriqlar 
    mazmuni ixtiyoriy kasb egasiga zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikma va 
    malakaga asoslangan bilimlar minimumi darajasida bo‘lishi kerak. 
    Laboratoriya ishlarini o‘tkazishda kompyuter texnologiyasidan 
    foydalanganda ish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: 
    1. Laboratoriya ishlari topshiriqlarini bajarish bilan tanishish – 
    bunda laboratoriya ishi mazmuni, uning nazariy qismi ekranga 
    chiqariladi, o‘quvchilar tanishib keyingi bosqichga o‘tadi. 
    2. Laboratoriya ishlari topshiriqlarining tanlanishi – bunda 
    laboratoriya ishi topshiriqlarini berishdan oldin, ularning bilim darajasini 
    aniqlash uchun oddiy va murakkab shaklda tuzilgan savollar beriladi
    o‘quvchilarning savollarga bergan javoblarini tahlil qilib keyingi 
    bosqichga o‘tadi. 
    3. Laboratoriya ishlari topshiriqlarining berilishi – bunda 
    o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga mos topshiriqlar berish 
    ta’minlanadi.
    Bu bosqichlarning bajarilish ketma- ketligi quyidagi (1- jadval) 
    jadvalda keltirilgan:


    44 

    Download 5,02 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   251




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fanlarni o‘qitishning tashkiliy shakllari

    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish