34
va bu bilan matnni qayta kiritishni talab qiladi. O‘quvchi vaqtini
tejash
maqsadida bunday holatlar bartaraf qilinishi shart.
PDV foydalanuvchi yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan barcha xato
variantlarga javob reaktsiyalarini o‘z ichiga olishi lozim. Shunda dastur
ishining uzluksizligi to‘liq ta’minlanadi.
Dastur hajmining chegaralanganligi.
Ekrandagi har bir ko‘rinish
yoki jarayonni turli yo‘llar bilan hosil qilish mumkin. Shu ma’noda
matnli, tasvirli, tovushli fayllar hajmi jihatidan bir- biridan farq qiladi.
Masalan, turli formatdagi tasvirlar turlicha sifat va hajmga ega: BMP
formatli tasvirlar yuqori sifatli bo‘lsa- da, katta hajmga ega. JPEG
formatli tasvir sifati BMP formatli tasvir sifatiga yaqin bo‘lib,
undan
qariyb 2 marta kam joy egallaydi. GIF formatli tasvir sifati ancha past
bo‘lganligi uchun juda kam hajmga ega bo‘ladi. Sababi GIF formatli
tasvir 8 razryadgacha (2
8
q256 xil), JPEG formatli tasvir 24 razryadgacha
(2
24
q16777216
xil),
BMP
formatli
tasvir
32
razryadgacha
(2
32
q4294967296 xil) rangni ishlatish imkoniga ega.
Shunday ekan PDVlarning mukammalligi
har bir jarayonni puxta
o‘ylab tashkil qilishni taqozo etadi. Aks holda dastur hajmining
kattalashishiga olib keladi. Biroq dasturchining mahorati bilan dastur
hajmini ma’lum darajada kichraytirish mumkin.
Bunday talabni
qo‘yishning muhimligi shundaki, katta hajmdagi dasturlarni nafaqat
«tashish» qiyin, balki xotira hajmi kichik
kompyuterlarda ularni
bajartirish imkonsizdir. Bu dastur hajmining mumkin qadar kichik
bo‘lishiga erishishni talab qiladi. Shuningdek,
hajmning kichraytirilishi
dastur samaradorligini pasayishi hisobidan amalga oshirilmasligi
lozimligini alohida ta’kidlash o‘rinlidir.