33
kiritish va ekrandagi kadrlarni o‘zgartirishda ham tugmachalar
majmuidan, ham «sichqoncha»dan foydalanish
imkoniyatini nazarda
tutish lozim. Shuningdek, dasturning oddiy bo‘lishiga, uni boshqarishda
oz sonli tugmachadan foydalanilishiga,
uni kompyuterda ishlash
malakasi yuqori bo‘lmagan o‘quvchilar ham qiyinchiliksiz ishlata
olishiga e’tiborni qaratish kerak.
Texnik talablar.
PDV qandaydir rusumli kompyuterga mo‘ljallab
yaratilar ekan, ma’lum darajada texnik talablarga javob berishi shart.
Dasturning universalligi.
Albatta, PDVni
yaratuvchi dasturchilar
imkoniyati yuqori bo‘lgan Pentium IV,
Pentium V rusumli
kompyuterlarda ishlaydi va dasturni shunday kompyuterda tuzadi. Biroq
maktablarning barchasi ham bunday kompyuterlarga ega emas. Shuning
uchun dastur tuzilayotganda uning kompyuter xususiyatiga to‘la bog‘liq
bo‘lmagan holda ishlay olishiga ahamiyat berish zarur. Zero, tezkor
kompyuterda yaratilgan dastur quyi imkoniyatli
kompyuterda kutilgan
tezlikda bajarilmaydi. Pirovardda, samaradorlikni oshirishga emas, balki
ta’lim jarayoni natijasining pasayishiga olib keladi.