30
funktsiyalaridan; uchinchidan, dastur vositasi
tuzilishidan kelib chiqib
yondashish kerakligi maqsadga muvofiq.
Didaktik talablar.
Bu ta’lim printsiplari bilan bevosita bog‘liq
bo‘lib, ularning mazmuni:
Bayon qilinayotgan o‘quv materialida asosiy va unchalik
muhim bo‘lmagan elementlarni ajratib ko‘rsatish.
Bu talab
ta’limning ko‘rgazmalilik printsipi bilan bog‘liq bo‘lib,
uni pedagogik
jihatdan, o‘quv materiali matnida asosiy g‘oyalar ajratilib, keyin ular
mohiyatining bayon qilinishi, mavzudagi yangi tushunchalarni berib, har
biridan so‘ng
ularning xususiyati, tushunchalar bilan aloqadorligi
kabilarning ochib berilishi bilan,
shuningdek, texnik jihatdan, ekranda
tasvirlanayotgan
matnda
asosiy
tushunchalar,
tushunchaning
xususiyatlari kabilarni boshqa rang, boshqa shrift, boshqacha o‘lchamda
ko‘rsatish bilan amalga oshirish mumkin.