32
Taassurotni susaytirmaslik uchun ekrandagi ob’ektlarning harakati
yetarli darajada tez bo‘lishi, shuningdek, berilgan vaqt doirasida kerakli
ma’lumotni o‘quvchi anglab oladigan sur’atda bo‘lishi kerak.
O‘quvchiga ob’ekt harakatini istagan holatida to‘xtatib
kuzatish, uni
qayta- qayta takrorlash imkonini berish maqsadga muvofiq.
Ekrandagi ob’ektlarning ko‘rinishiga qo‘yiladigan talablar.
Kompyuter ekraniga chiqariladigan xabarlar o‘quvchi faoliyati
tuzulishiga mos holda mantiqan bog‘liq bo‘lishi, ularning har biri ta’lim
mazmunida nazarda tutilgan ma’lum bir muammoni hal qilishi lozim.
Katta hajmdagi ma’lumotlar kerakli sondagi bo‘laklarga bo‘lib,
namoyish qilinadigan kadrlarga joylashtiriladi.
Mazkur talabni amalga
oshirish uchun ekranni ortiqcha ma’lumot bilan to‘ldirmaslik, muhim
ma’lumotlarni ekranning o‘rtasiga qo‘yish,
bir necha marta
takrorlanadigan ma’lumotlarni ekranning ma’lum bir o‘rniga
joylashtirish kabi psixologik talablarga rioya qilish kerak.
Ob’ektlarni ekranda tasvirlashni tashkil etishga esa quyidagi
talablarni qo‘yish mumkin:
a) ma’lumotlarni ekranda tasvirlashni
tashkil etishda turli
kodlashtirish va ortiqcha qisqartirishlardan cheklanish;
b) kompyuter bilan bog‘liq atamalarni ekranda
kamroq ishlatish;
v) ma’lumotlarni ekranda tasvirlashda unga pedagogik ishlov
bergan holda muhim qismini (boshqa rangda, invers holatida)
ajratib
ko‘rsatish, alohida oynada ko‘rsatish;
g) savol- javobli xabarlarni ekranning yuqori qismi yoki o‘rtasida,
izohlarni esa ekranning yuqori yoki quyi qismiga ajratib chiqarish;
d) asosiy va yordamchi ma’lumotlar, izohlarni
bir- biridan turli
vositalar yordamida ajratib ko‘rsatish;
e)
ma’lumotlarni
tasvirlashda
grafik
ekran
holatidan,
kompyuterning grafik imkoniyatidan yetarlicha keng foydalanish lozim.