|
Ekrandagi tasvirlarning rangiga qo‘yiladigan talablarBog'liq Inf metEkrandagi tasvirlarning rangiga qo‘yiladigan talablar.
PDVda
turli rangdan foydalanish ma’lumot tarkibini ajratishda, uning o‘qilishini
qulaylashtirishda, muhim ma’lumotlarni ajratib ko‘rsatishda katta
imkoniyatlar yaratadi.
Ekran rangi juda yorqin bo‘lmasligi lozim, uni keragidan ortiq
«bezash» kerak emas. Undagi ma’lumotlar o‘quvchining diqqatini
asosiy qismga jalb etishga yordam berishi lozim. Masalan, ravshan,
yarqiragan yoki qizil rangdan katta hajmdagi matnlarni yozishda
foydalanish tavsiya qilinmaydi, chunki ko‘z oq va yashil rangni
toliqishsiz qabul qiladi, qizil va yorqin ranglar esa ko‘zni toliqtiradi.
Matnni ko‘rsatishda foydalaniladigan ranglar soni uchtadan ortmagani
ma’qul.
Yorqin, o‘tkir ranglar hissiy qo‘zg‘atuvchi sifatida displey fonida
qisqa vaqt ishlatilishi mumkin. Masalan, qizil rangni xatoni ko‘rsatuvchi
yoki man qiluvchi, yashil rangni esa rag‘batlantiruvchi yoki harakatga
undovchi belgi sifatida ishlatish mumkin. Ekranda qora rangli ob’ektlar
soni iloji boricha kamaytirilishi ma’qul hisoblanadi.
Ekrandagi ma’lumotlarning tuzilishiga qo‘yiladigan talablar.
Ekranda qo‘yilgan masalaga bog‘liq bo‘lmagan ob’ektlar bo‘lmasligi
kerak. Ekrandagi barcha ob’ektlar ma’lum ma’noda axborotni tashuvchi
bo‘lishi shart. Undagi tasvirlar yetarli darajada katta bo‘lishi hamda
o‘zaro o‘quv materiali mazmuniga mos holda joylashishi lozim.
Foydalanuvchiga ayni vaqtda zarur bo‘lgan matn ko‘rsatiladi.
Matnlar mazmuni tushunarli, mantiqan bog‘langan bo‘lishi, bajaradigan
vazifasiga ko‘ra guruhlarga ajratilishi zarur. Ekranda muhim va unchalik
muhim bo‘lmagan elementlar ajratib ko‘rsatiladi. Ajratib ko‘rsatish
ayrim jumlalarni katta harflar bilan yozish, ostini chizish, boshqa rangga
bo‘yash yo‘llari bilan amalga oshiriladi. Uzun jumlalar va tig‘iz
joylashgan matn o‘quvchini toliqtiradi. O‘quvchi toliqqanda matnni
o‘qimay qo‘yadi.
|
| |