23
interaktiv usulda taqdim etish va nazorat
qilish imkoniyatlariga ega
bo‘lgan manbadir.
Uzluksiz ta’lim tizimi o‘quv- tarbiyaviy jarayonida o‘quv
adabiyotlarining quyidagi turlari qo‘llaniladi: darslik, o‘quv qo‘llanma,
lug‘at, izohli lug‘at, ma’lumotlar to‘plami, ma’ruzalar kursi, ma’ruzalar
to‘plami, metodik ko‘rsatma, metodik qo‘llanma, sharh, dayjest,
elektron dasrlik, ma’lumotlar banki va boshqalar.
Darslik barcha ta’lim turlari va fanlar bo‘yicha eng keng tarqalgan
o‘qitish vositasi bo‘lib, o‘quv- uslubiy ta’minotning yetakchi
komponenti hisoblanadi.
Darslik
- o‘quv fani, uning biror yo‘nalishi
yoki tarkibiy qismining
davlat standartlariga va o‘quv dasturiga mos holda, yuqori ta’lim
muassasalari tomonidan tasdiqlangan sistemali ravishda bayon etilgan
o‘quv maxsulotidir.
O‘quv qo‘llanma
- darslikni qisman yoki to‘la o‘rnini
bosuvchi,
yoki to‘ldiruvchi va qo‘llanma sifatida ta’lim muassasalari tomonidan
tasdiqlangan mahsulotdir.
Ta’lim muassasalarda o‘qitiladigan har bir predmet o‘zining
didaktik tizimiga ega bo‘lib, o‘rganilayotgan fan eng zaruriy didaktik
qoidalarni hisobga oladi ya’ni noma’lumdan - ma’lumga, yengildan -
murakkabga tomon o‘rganilib boriladi.
Didaktik tizim bu har bir
o‘quvchining bilish faoliyatini boshqarish metodikasi va vositalarning
majmuasidir.