21
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.
Fanlarni o‘qitish metodikasi kursi va uning uzluksiz ta’limi
tizimidagi o‘rni.
2.
Fanlarni o‘qitish integratsiyasi (pedagogika va psixologiya
fanlari bilan).
3.
Didaktik tamoyillardan o‘quv
jarayonini tashkil etishda
foydalanish.
4.
Fanlarni o‘qitish metodologiyasi.
5.
Didaktik tamoyillar va ularning tasnifi.
6.
Didaktika va uning asosiy tushunchalari
7.
Onglilik tamoyili
8.
Faollik tamoyili
9.
Ko‘rgazmalilik tamoyili
10.
Tizimlilik va muntazamlik tamoyili
11.
Mustahkamlik va
tushunarlilik tamoyillari
12.
Ilmiylik, nazariya va amaliyot birligi tamoyillari
22
II- BOB. O‘QITISHNI TASHKIL ETISHDA
QO‘LLANILADIGAN TA’MINOTLAR
2.1. O‘quv- metodik ta’minot
O‘quv- metodik ta’minot va uning tasnifi. Kadrlar tayorlash milliy
dasturida ta’lim jarayoni mazmunini isloh qilish asosan meyoriy
hujjatlar majmui davlat ta’lim
standarti, o‘quv rejalari va dasturlari
asosida kadrlarga ta’lim va tarbiya berish milliy istiqlol g‘oyalariga
muvofiq amalga oshirilishi alohida ta’kidlab o‘tilgan. Shuning uchun
ham mutaxassis modelini
ishlab chiqishda shaxs, davlat va jamiyatning
quyidagi ehtiyoji belgilarini, ya’ni muayyan shaxs ta’lim oladigan
yo‘nalish bo‘yicha
standartlari, yo‘nalishlari va mutaxassisliklari
bo‘yicha tasniflovchi talablarini e’tiborga olish zarur. Albatta, ishlab
chiqilgan model bitiruvchining kasbiy va shaxsiy
sifatini nazorat qilish
tizimini va nazorat qilish texnologiyasini qamrab olishi kerak.